Kurs ishning obyekti: 3-sinfdaona tili darslarida “Ertaklar olamiga sayohat” tadbirini tashkil etish usullari. metodikasini yoritish jarayoni.
Kurs ishning predmeti: 3-sinfdaona tili darslarida “Ertaklar olamiga sayohat” tadbirini tashkil etish usullari. Uslubiy asoslari
Kurs ishining maqsadi: 3-sinfdaona tili darslarida “Ertaklar olamiga sayohat” tadbirini tashkil etish metodikasi ahamiyatini o‘rganish.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida umumiy o‘rta ta‘lim boshlang‘ich sinflarida ona tili o’qitish metodikasini o‘rgatish bo‘yicha ta‘limiy topshiriqlar, dars ishlanmalar, dars modellari, ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitildi.
Kurs ishining vazifalari:
3-sinfdaona tili darslarida “Ertaklar olamiga sayohat” tadbirini tashkil etishni yoritib berish;
3-sinfdaona tili darslarida “Ertaklar olamiga sayohat” tadbirini tashkil etish usullarini tahlil qilish.
3-sinfdaona tili darslarida “Ertaklar olamiga sayohat” tadbirini tashkil etish usullarini yoritib berish.
Kurs ishining tuzilishi: kirish, ikki bob, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. 3-sinfdaona tili darslarida “Ertaklar olamiga sayohat” tadbirini tashkil etishNING NAZARIY ASOSI.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari rivojlanishida kitobxonlikning ahamiyati
Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar eiviojlanib borayotgan davrda kitobning ahamiyatini oshirish muhumdir. O’quvchilarni kitob mutoalasiga qiziqtirish yo’llari haqida kitobxonlik ko’nikmalarini shakllantirish orqali o’quvchilarni tarbiyalash omillarini oshirish lozim/ Boshlang’ich sinflarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash, yangi bosqichga olib chiqib ustuvor vazifadir. Oquvchilarda kitob o’qish ishtiyoqini hosil qilishda ma’naviy yuksalishida kitob mutoalasining ahamiyati juda katta.
Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda predmetga nisbatan qiziqishni uyg‘otadi, har bir o‘quvchini individual qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatini beradi, bilish faolligini tarbiyalaydi. Didaktik o‘yinning muhimligi, u bolalar tomonidan qanday reaksiya qilinishi bilan emas, balki u yoki bu masalani yechish har bir o‘quvchi uchun tadbiq qilinishining samaraliligi bilan aniqlanadi.
Didaktik o‘yinlarning natijaviyligi, birinchidan, ulardan tizimli ravishda foydalanishga, ikkinchidan, o‘yinlar dasturining oddiy didaktik mashqlar bilan birgalikda maqsad sari yo‘naltirilganligiga bog‘liq. Masalan, bilish faolligini rivojlantirish muammosini hal etishda, o‘quvchining mustaqil tafakkurini rivojlantirish asosiy masala deb hisoblanishi zarur.
Demak, kichik maktab yoshida, o‘yinlardan bolalarning o‘quv va mehnat faoliyatini yengillashtiruvchi va tashkil etuvchi vosita sifatida foydalanish mumkin. Ta’lim jarayonida o‘yin elemenlari o‘quvchilarda ijobiy emotsiyalarni yuzaga keltirib, ularning faolligini oshiradi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar, o‘yin tavsifiga ega, mehnatga taaluqli topshiriqlarni qiziqish bilan bajaradilar. O‘yin faoliyati bolalarni ruhiy hayotining barcha tomonlarini shakllanishida, masalani qo‘yilishida va harakatlanish usullarini tanlashda yordam beradi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida har bir o‘quvchining darslarda faol qatnashishini ta’minlovchi mashg‘ulot shakllari alohida o‘rinni egallaydi. Bu masalalarni ta’limning o‘yinli shakllari texnologiyasi orqali muvaffaqiyatli hal etish mumkin.
O‘yin tashqi tomondan tashvissiz va yengil ko‘rinadi. Aslida esa, u o‘yinchidan maksimum energiya sarflashini, fikrlashni, o‘zini tuta bilishni, mustaqil harakat qila olishni talab etadi.
Ta’limning o‘yinli shakllari bilim o‘zlashtirilishini barcha darajalaridan foydalanishga imkon beradi, masalan, ijodiy-izlanish faoliyati. Ijodiy-izlanish faoliyati juda samarali hisoblanib, unda o‘quvchi ta’lim olishning usullarini o‘zlashtiradi.
O‘yin ko‘pfunksionaldir. Biz o‘yinlarning faqat didaktik, ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi funksiyalariga to‘xtalib o‘tamiz.
Didaktik o‘yinlar – bu atamani bevosita o‘yinlarga nisbatan ishlatish mumkin, chunki u maqsadli ravishda didaktikaning bo‘limiga kiradi.
Hozirgi vaqtda metodik adabiyotlarda yetarli miqdordagi, u yoki bu tasnifiy mezonlariga mos keladigan ta’limiy o‘yinlarning tasnifiy va tizimlashtiruvchi ko‘rinishlari mavjud. Masalan, ular quyidagilarga bog‘liq bo‘lishi mumkin:
-ta’limiy o‘yinlarning maqsad va vazifalari;
- o‘tkazilish shakllari;
- tashkillashtirilish usullari;
- murakkablilik darajasi;
- ishtirokchilar sonining tarkibi.
O‘tkazilish shakliga ko‘ra o‘yinlar quyidagilarga bo‘linadi: predmetli, harakatlanuvchan, syujetli yoki holatli, rolli, musoboqa-o‘yin, intellektual o‘yinlar (rebuslar, krossvordlar, viktorinalar), o‘zaro ta’sir qiluvchi (kommunikativ, interfaol) o‘yinlar.
Tashkil qilinishiga ko‘ra o‘yinlar kompyuterli va kompyutersiz, yozma va og‘zaki, tayanchli va tanchsiz, immitatsion-modellashtiriluvchi va kreativ hamda boshqalar.
Barcha o‘quv o‘yinlari, amallarining bajarilishidagi murakkablik darajasiga qarab, oddiy (yakka) va murakkab (ko‘p) holatlilarga, o‘tkazilish vaqtiga qarab, ular davomli va davomli bo‘lmaganlarga bo‘linadi.
Sinfdan tashqari ishlar — umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquv tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri. Sinfdan tashqari ishlar oʻquvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarga oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli xil mashgʻulotlar tizimi kiradi.
Bunday mashgʻulotlar pedagogik jamoa, sinf rahbari, yoshlar tashkilotlari rahbarligi va bolalarning oʻz-oʻzini boshqarish tashkilotlari tomonidan darsdan tashqari vaqtda uyushtiriladi. Oʻquvchilarning sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda oʻquvchilar saroylari, yosh texniklar, yosh tabiatshunoslar, yosh sayyohlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam beradi.
Ishtirokchilarning tarkibiy soniga qarab, o‘yinlar yakka tartibdagi, juftliklardagi, gruhlardagi, komandali va jamoalilarga bo‘linadi. Ma’lumki, qayd etilganlardan birinchisi, ya’ni yakkatartibdagi o‘yinlar o‘quvchilarga nisbatan yakkatartibdagi yondashuvni amalga oshirilishini va ta’lim oluvchini ma’lumot manbasi bilan “muloqotini” nomoyon etadi. Qolgan o‘yinlarda esa, sheriklarni bir-birlari bilan muloqot qilishi, masalan, xorijiy tillarni o‘rganish jarayonida yakka tartibdagi kabi tabaqalashtirilgan yondashuvning amalga oshishi mumkin.
Lekin, o‘qituvchi va sardor musoboqalar bolalarning o‘yin faoliyatini tashkillashtirishda samarali vosita ekanligi unutmagan holda uning mahsuldorligini oshirish uchun alohida tayyorgarlik ko‘rishni talab qilishligini esda saqlashlari zarur. Hech qachon musoboqalar maqsad bo‘lib qolishligiga yo‘l qo‘ymaslik, ular faqat bir istak uchun – birinchi o‘rinni egallash, sovg‘a olish harakatida bo‘lmasliklari lozim. Bu holda u salbiy jihatlarni: man-manlikni, hasadni va boshqalarni shakllantiradi. O‘quvchilar musoboqalarini samarali o‘tkazilishini muhim shartalari bo‘lib quyidagilar:
Ularni jamoaviy faoliyat sifatida tashkillashtirilishi; buning uchun musoboqa shartlari alohida bolalarga emas, balki barcha ishtirokchilar oldiga qo‘yilishi lozim;
Erishilgan natijalarni to‘g‘ri hisob-kitobini olib borilishi: o‘z natijalarini nisbatan yaxshilab borayotgan bolalarni rag‘batlantirib, ularni muvaffaqiyatlarini baholab borish;
Tarbiyaviy samarani baholash – musoboqa jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirgan munosobatlar shakllari va ko‘nikmalari; bunday baholashda o‘yindagi barcha ishtirokchilar g‘olib bo‘lishi mumkin;
O‘yin faoliyatining barcha oltita ko‘rinishidan foydalana olgan o‘qituvchi, o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini tashkillashtirishda juda katta miqdordagi usullariga ega bo‘lgan bo‘ladi.
Kitobdan foydalanish qoidalari
Birinchi sinf o`quvchilari bilan olib boriladigan ikkinchi mashg`ulot, bu - bolalarni kitobdan foydalanish qoidalari bilan tanishtirishdir. Amaliyot shuni ko`rsatadiki, bu yoshdagi bolalarning ko`pchiligi kitobdan foydalanish qoidalari bilan qisman bo`lsa-da tanish bo`ladilar. Mashg`ulotning maqsadi – kitobga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish, kitobdan to`g`ri foydalanish borasidagi mavjud malakalarni mustahkamlash va rivojlantarishdan iboratdir. Bu mashg`ulot uchun «Kitoblar bizdan xursand» yoki «Kitoblarni asrang, bolalar» sarlavhalari ostida ko`rgazma tayyorlanadi. Ko`rgazmaga bir vaqtda nashr etilgan va turli xil holatda foydalanilgan kitoblar: yaxshi, ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lingan kitoblar bilan bir qatorda, bolalar tomonidan muqovalari ifloslangan, varaqlari titilib kеtgan kitoblar ham qo`yiladi. Shuningdеk, ko`p yillar ilgari nashr qilinib, bugunga qadar yaxshi saqlanib, kitobxonlarga xizmat qilayotgan kitoblar bilan bir qatorda ulardan ancha «yosh», lеkin kitobdan foydalanish qoidalariga amal qilinmaganligi uchun yomon ahvolga kеlib qolgan «bеmor» kitoblarning ko`rgazmasini ham tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Shunda bu kitoblarning yoshlarini ham ko`rsatib o`tish yaxshi natija bеradi. Bolalarga kitobdan to`g`ri foydalanish uchun qanday qoidalarga amal qilish kеrakligi tushuntiriladi. Kitob o`qish gigiеnasi haqida tushuncha bеriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |