Corel DRAW grafik muharririni ishga tushirish
Corel DRAW dasturini ishga tushirgandan so`ng uning oynasi 1-rasmdagidek ko`zga tashlanadi. Grafika ustida ishlash uchun Welcom to Corel DRAW (Corel DRAWga xush kelibsiz) dialog oynasidagi variantlardan birini tanlash lozim.
Dasturni ishga tushirganimizdan so’ng quyidagi oyna ochiladi:
1.1 – rasm.
Bu oynadan biz o`zimizning maqsadimizga ko`ra holatni tanlashimiz mumkin:
New – «by default» holatida belgilangan parametrlar bo`yicha bo`sh hujjat yaratiladi;
Recently Used − CorelDraw dasturida avvalgi foydalanishda ishlatilgan hujjatlar ochiladi;
Open − muloqot oynasi ochilib undan tahrirlanuvchi fayl tanlanadi;
New From Template− tayyor qoliplar tavsiya etiladi;
CorelTUTOR − CorelDraw dasturi haqida kichik hajmdagi o`rgatuvchi
dastur yuklanadi;
6. What’s you − CorelDraw dasturining yangi versiyasi yangiliklari bilan tanishtiradi.
CorelDRAW X3 dastur oynasidan New (yangi) list ochamiz va u quyidagicha bo’ladi.
1.2 – rasm. Dastur oynasi
Do'stlaringiz bilan baham: |