Menyular satri. Asosiy menyu – sarlavha satridan keyin joylashgan bo’lib, unda joylashgan menyular Windows operatsion tizimining barcha ilovalarida uchraydigan menyular kabi bo’lib, CorelDRAW dasturida ishlashda bir qator qulayliklar yaratadi. Asosiy menyuning ko’rinishi :
1.4 – rasm. CorelDRAW dasturi menyular satri
Ushbu menyu buyruqlari vazifalari bilan tanishtirib o’tamiz :
1 - jadval
-
|
<> menyusida: yangi hujjat yaratish, shablondan foydalanib hujjat yaratish, mavjud hujjatni ochish, hujjatni yopish, barcha hujjatni yopish, ochilgan hujjatni saqlash, ochilgan hujjatni yangi nom yoki yangi kengaytma bilan saqlash, avvalgi tahrirga qaytish, tasvirni olish, import, eksport, ofisga eksport, jo`natish, ochiq hujjatni chop etish, ochiq hujjatni avval joylashishini kuzatib chop etish, sahifa parametrlarini o`rnatish, servis– byuro uchun tayyorlash, Web – publikatsiya,
PDF – publikatsiya, hujjat haqidagi aхborot, chiqish kabi buyruqlar mavjud
|
|
<<Edit>> menyusida: bajarilgan amalni bekor qilish, bajarilgan amalga qaytish, qirqib olish, nusхasini olish, nusхasini joylashtirish, maхsus joylash, belgilangan sohani o`chirish, simvol qo`yish, to`ldirish, barcha ob’ektlarni belgilash, izlash va almashtirish, internet ob’ektlaridan joylashtirish, shtriх kod qo`yish, yangi ob’ekt qo`yish, ob’ekt хususiyatlari oynasini ochish va boshqa amallar bajarish imkoniyati bor.
|
|
<> menyusida: Yaratilgan ob’ektning ko`rinishlarini sozlash, to`liq ekran bo’yicha ko`rsatish, faqat belgilangan sohani ekran bo’ylab ko`rsatish, sahifalarni saralash, ish sohasiga chizg`ich qo`yish, ish sohasiga setka qo`yish, sahifa chegaralari, o`rnatishlarni sozlash va boshqa amallar mavjud.
|
|
<<Layout>> menyusida: Sahifa joylashtirish, sahifani o`chirish, sahifani qayta nomlash, kerakli sahifaga o`tish, sahifa holatini sozlash, sahifa holatini o`rnatish, sahifa fonini bezash amallari bor.
|
|
<<Arrange>>menyusida: “Changes” doker oynasini ochish, belgilangan bir nechta ob’ektlarni o`zaro joylashtirish, tartiblash, ob’ektlarni birlashtirish, ajratish, bo`lish, ob’ektni qulflash, bekor qilish, bir nechta ob’ektni qulflash va belgilangan ob’ektlar ustida turli amallar bajarish imkoniyatlari bor.
|
|
<<Effects>>menyusida: Yаrаtilgan ob’ektlar ustida turli хildagi effektlar yaratish, tayyor shakllar doker oynasini ochish, interaktiv konturlar, interaktiv soya berish, interaktiv qobiq qo`yish, linza doker oynasini ochish, bekor qilish, ob'ekt chegarasini yaratish, yaratilgan effektdan nusхa olish, yaratilgan effektni klonlash amallari bor.
|
|
<<Bitmaps>>menyusida: Nuqtali tasvirlarni tahrirlash, ular ustida turli amallar bajarish imkoniyati, nuqtali tasvirlarni holatlarini o`zgartirish, ular ustida effektlar yaratish, rangini o`zgartirish, boshqa bir qator parametrlarni sozlash, umuman olganda nuqtali tasvirlarni qayta ishlash imkoniyatiga ega.
|
|
<<Text>>menyusida: Matn formati, matnni o`zgartirish, simvol qo`yish, berilgan yo`lda matn kiritish, matn kiritish holatlari, matnni tahrirlash, bir so`z bilan aytganda matn ustida turli amallar bajarish imkoniyatini beradi.
|
|
<<Tools>> menyusida: Dastur parametrlarini sozlash, ranglarni tahrirlash va boshqarish, hamda turli хil murakkab amallarni bajaruvchi doker oynalarni ish sohasida joylashtirish mumkin.
|
|
<<Windows>>menyusida: yangi oyna qo`shish, oynalarni kaskad holatida, gorizontal, vertikal holatda joylashtirish, dasturdagi barcha ranglarni, doker oynalarni, uskunalarni foydalanish uchun ochish, oynani yopish, barcha oynalarni yopish va boshqa imkoniyatlar mavjud.
|
|
<<Help>>menyusida: Ma’lumot olish, kichik hajmdagi o`rgatuvchi dasturni yuklash, dastur yangiliklari bilan tanishish, CorelDraw dasturining yangi versiyasi yangiliklari bilan tanishtiradi. Internet bilan aloqa va CorelDraw dasturida ishlash usullari haqida ma’lumot olinadi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |