I biomexanika va bioakustika



Download 191,5 Kb.
bet1/8
Sana11.06.2022
Hajmi191,5 Kb.
#653672
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-ma\'ruza


I. BIOMEXANIKA VA BIOAKUSTIKA
REJA

    1. Biofizika fani va uning ahamiyati.

    2. Qattiq jismlar deformasiyasi. Tirik organizmda deformasiya turlari. Elastiklik moduli. Muskul mexanikasi.

    3. Tovush va uning ahamiyati. Tovushning fizik va fiziologik xossalari. Tibbiyot va veterinariyada tovush usullaridan foydalanish.

    4. Ultra- va infrotovushlar, ularning tirik organizmga ta’siri. Ultratovushdan amalda foydalanish..

    1. Shovqin va undan himoyalanish. Tovush eshitish va chiqarish organlari

haqida tushuncha.


Tayanch iboralar: kuchlanish, elastiklik, chastota, intensivlik, qattiqlik, tovush balandligi, tembr, yuksaklik, Bell, shovqin, auskultasiya, perkussiya, spektr.

    1. Biofizika fani va uning ahamiyati.

Biofizika fani fizik va fizik-kimyoviy jarayonlarni, biologik tizimlar ultrastrukturasini tashkil qilishning hamma sohalarida submolekulyar va molekulalardan to to’qima va to’liq organizmgacha o’rganadi. Tirik organizmda sodir bo’ladigan turli jarayonlarning murakkabligiga va o’zaro bog’liqligiga qaramasdan, ular ichidan fizik jarayonga yaqinlarini ajratib olish mumkin. Masalan: qon aylanishi, bu jarayon suyuqlikning oqimi (gidrodinamika), tomirlar bo’ylab elastik to’lqinlarning tarqalishi (akustika), yurakning ishi va quvvati (mexanika), biopotensiallar generasiyasi (elektr), nafas olishda gaz harakati (aerodinamika), issiqlik uzatish (termodinamika), bug’lanish (fazoviy o’tishlar) va hokozo bo’limlarda o’rganiladi.
Biofizika qo’yidagi maqsad va yo’nalishlarga ega:

- kasallik diagnostikasi va biologik tizimlarni tadqiq qilish;


- davolash maqsadida organizmga turli fizik omillar bilan ta’sir qilish;
- tibbiyot va veterinariyada foydalaniladigan materiallarning fizik xossalari;
- atrof muxitning fizik xossalari va xarakteristikasi; tibbiyot, texnika, hisoblash mashinalari va matematika.
Davolash sohasida ishlovchilarga fizik-matematik bilimlar yana shuning uchun zarurki, ular tirik organizmga va unda sodir bo’layotgan jarayonlarga materialistik nuqtai nazardan yondoshishga o’rgatadi.
Moddalar molekulalarining joylashishiga qarab uch xil agregat holatida bo’lishi mumkin; qattiq, suyuq va gaz holatlarida. Qattiq jismlarning o’zi ham ikki turga bo’linadi: kristall va amorf jismlar. Kristall holati anizatropiya, ya’ni fizik (mexanik, issiqlik, elektr, optik) xossalarining yo’nalishga bog’liq bo’lishidir. Kristallar anizatropiyasining sababi ularni tashkil etgan atom va molekulalarning tartibli joylashishidir. Odatda kristall jismlarning polikristallari bir-biri bilan tutashib, tartibsiz joylashgan, ayrim kichkina kristallchalar shaklida uchraydi. Bu holda anizatropiya xossasi shu kristallchalar chegarasida kuzatiladi.
Kristallar atom va ionlari bir-biridan bir xil masofada joylashib, panjara hosil qiladi va panjara tugunlarida tebranma harakatda bo’ladi. Har bir kristall modda uchun aniq erish va qotish harorati mavjuddir.
Jism harorati oshishi bilan atom va ionlar tebranma harakati osha boradi va har bir qattiq jism uchun aniq bir haroratda kristall panjara buzila boshlaydi. Tashqi berilayotgan issiqlik energiyasi shu panjarani buzishga sarflanadi. Toki hamma panjaralar buzilguncha kristall harorati o’zgarmaydi. Bu haroratga erish harorati deyiladi. Shunday jismlar borki, ularning na aniq shakli, na aniq erish nuqtasi bor. Bunday jismlarga amorf jismlar deyiladi. Ular izotrop xossaga ega, ya’ni fizik xossalari yo’nalishga bog’liq emas. Amorf jismlarning har qanday haroratda suyuq qismi ham, qattiq qismi ham bo’lishi mumkin. Bunday jismlarga parafin, mum, shisha kiradi. Kristallarda uzoq tartibli joylashuvi o’rinli bo’lsa, suyuq va amorf jismlarda atom va molekulalarning yaqin tartibli joylashuvi o’rinlidir.




    1. Download 191,5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish