116
oddiy uy harorati sharoitida ham uglevodorodlarda bemalol yaxshi eriydi. Yuqori
molekulyar to`yingan yog` kislotalari esa suyuqlanish harorati yuqori bo`lganligi
sababli uglevodorodlarda faqat qizdirilganda yaxshi eriydi.
Uglevodorod
radikalida
qo`shimcha
gidrofil
guruhlar
(masalan
gidrooksikislotalardagi gidroksil guruhi) bo`lsa, bu yog` kislotalarining
uglevodorodlarda eruvchanligiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Di- va poli-
gidroksikislotalar metanli uglevodorodlarda yanada kamroq eriydi.
Barcha yog` kislotalari benzolda, shuningdek xloroform,
uglerod xloridi,
dixlor etan kabi xlorlangan uglevodorodlarda, skipidarda juda yaxshi eriydi.
Yog` kislotalarining spirtlarda erishini kislotalarning karboksil guruhi va
spirtlarning gidroksil guruhlari orasida vodorod bog`larinng hosil bo`lishi hamda
kislotalarning uglevodorod radikallari va spirtlar
orasidagi molekulalararo
tortishuv kuchlari belgilaydi (ta`minlaydi).
Har xil to’yingan yog` kislotalarining metanol, etanol va atsetonda har xil
haroratlarda erishi 20- jadvalda keltirilgan.
Yog` kislotalarining suyuqlanish harorati qanchalik past bo`lsa,
ularning har
xil organik erituvchilarda eruvchanligi shuncha yuqori bo`ladi.
Aralashmada har xil yog` kislotalari bir birining eruvchanligiga ta`sir etishadi.
Suyuq yog` kislotalari aralashmada suyuqlanish harorati yuqori bo`lgan
kislotalarning eruvchanligini oshiradi. Aniqlanishicha yog` kislotalarining binar
aralashmalari suyuqlanish haroratining alohida komponentlarga nisbatan pastligi
ularning yuqori eruvchanligini belgilab beradi.
20-jadval
To’yingan yog` kislotalarining har xil erituvchilarda eruvchanligi
Yog`
kislo-
talari
Berilgan haroratlarda (
0
C) har xil erituvchilarda eruvchanligi
(g/100 g)
metanolda
99,4%-li etanolda
85%-li etanolda
atsetonda
20
60
20
60
20
60
20
60
C
10
510
-
-
440
407
C
12
120
105
91,2
60,5
C
14
17,3
23,9
18,9
15,9
C
16
3,7
4650
7,2
2600
4,93
2280
5,38
880
C
18
0,1
520
2,25
400
1,13
365
1,54
220
117
Odatda kislotalar aralashmasining atsetondagi 10% li eritmasini -20
0
C gacha
sovutib (muzlatib) yuqori molekulyar to`yingan yog` kislotalarini to`la ajratib olish
mumkin. Xuddi shunday eritmadan -40
0
C da deyarli toza olein kislotasi, -60
0
C da
esa linol kislotasini ajratib olish mumkin. Ushbu usulda
toza linolein kislotasini
ajratib olishning iloji bo`lmagan.
Yog` kislotalarini eritmadan past haroratlarda kristallizatsiyalab olish
usulining juda katta ilmiy-amaliy ahamiyati bor. Bunda kislotalarning izomerlari
hosil bo`lmaydi.
Yog` kislotalari benzol bilan evtektikalar hosil qiladi.
Ulardagi benzol
miqdori kislota molekulyar massasining oshishi bilan kamayadi. Masalan, laurin
kislotasi bilan bo`lgan evtektikasida (suyuqlanish harorati 4,5
0
C) benzolning
miqdori 11,2%, stearin kislotasi bilan hosil qilgan evtektikasida (suyuqlanish
harorati 5,5
0
C) benzolning miqdori bor yo`g`i 0,0015% .
Do'stlaringiz bilan baham: