184
- katalizatorlar ishtirokidagi kontakt usuli (Petrov kontakti va sul'fat
kislotasi ishtirokida 100
0
C harorat va normal atmosfera bosimi ostida).
Yog’larni gidrolizlash natijasida olinadigan glitserinli suvlar tozalanib,
xomaki (texnik) glitserin olish maqsadida vakuum-apparatlarida bug’latib
kontsentrlantiriladi. Xomaki glitserin vakuum ostida o`tkir bug’
yuborilib
distilyatsiyalash usulida tozalanadi.
3.1.1.
Glitserinning fizik xossalari.
Glitserinning kristallizatsiyalanishi uchun optimal harorat -7
0
C hisoblanadi.
Glitserin kristallari 17 – 20
0
C da suyuladi. Kimyoviy toza glitserin tiniq, rangsiz,
quyuq suyuqlik. Ta`mi shirinroq. Glitserin juda ham gigroskopik va havodan 40%
ga yaqin namlikni yutishi mumkin. Suv bilan cheksiz nisbatlarda qo`shiladi va
bunda aralashmaning qizishi va hajmining kamayishi kuzatiladi.
15
0
C da 100%-li glitserinning zichligi 1265,57 kg/m
3
. 15-30
0
C
intervalda
haroratning har 1
0
C ga o`zgarishi glitserin zichligining
6,7 kg/m
3
ga
o`zgarishiga olib keladi.
Glitserin metil va etil efirlari bilan aralashadi, atsetonda, xloroform – metanol
(1:1), spirt – dietil efir (2:1) aralashmalarida eriydi.
Ko`pgina noorganik moddalar – KON, Na Cl, Na
2
SO
4
, Ca(OH)
2
, og`ir
metallar tuzi va h. k. lar glitserinda eriydi.
Glitserinda normal atmosfera bosimi sharoitida
turli gazlar turli miqdorda
erishi mumkin. Bu glitserinning kontsentratsiyasi va haroratiga bog`liq. Gazlarning
maksimal eruvchanligi glitserinning 80%-li suvli eritmasida kuzatiladi.
Glitserinda qator organik moddalar, yuqori haroratda esa shu jumladan yog`
kislotalari va glitseridlar ham eriydi. Bunday eritmalar
sovutilganda ulardagi
glitseridlar deyarli to`la ajralib chiqadi, yog` kislotalari
esa molekulyar massasiga
bog`liq ravishda juda kam miqdorda erigan holda ham qolishi mumkin.
Glitserinning suvli eritmalari sovutilganda 0
0
C dan past haroratda muzlaydi.
Bunday eritmalarning muzlash harorati ularning kontsentratsiyasiga bog`liq.
Glitserining 66,7%- li eritmasi eng past muzlash haroratiga (-46,5
0
C) ega.
185
Toza glitserin odatda 150-160
0
C da qizdirilganda asta–sekinlik bilan
bug`lana boshlaydi. Agar glitserin yoqilsa, u dudlamaydigan alanga bo`lib yonadi.
Glitserinning alangalanish harorati 187
0
C, o`z-o`zidan alangalanish harorati esa
393
0
C. Toza glitserin bug`larining solishtirma bosimi 28,75
0
C
dan past
haroratda nol’ga teng. Shu sababli xona harorati sharoitida glitserin bug`lanib
uchib keta olmaydi.
Toza glitserin normal atmosfera bosimi sharoitida 290
0
C harorat ostida
qaynab, parchalanmasdan haydalishi mumkin. Ammo glitserinda mineral moddalar
aralashmasi bo`lsa, bu haydash davomida glitserinning ma`lum
darajada
parchalanishiga sabab bo`la oladi.
Glitserinning distillangan suvdagi eritmalari nisbatan pastroq haroratlarda
qaynaydi. Qaynash haroratiga qarab, ma`lum ma`lumotnomalar asosida eritmaning
kontsentratsiyasini aniqlash mumkin.
Glitserinning suvli eritmalari bug`latilganda uning ma`lum
qismi suv bilan
birga bug`lanadi. Glitserinning suvli eritmalarini 100
0
C da bug`latilganda bug`
tarkibidagi glitserin miqdori quyidagi ko`rsatgichlar orqali xarakterlanadi (%
hisobida):
Glitserin va uning suvli eritmalari issiqlik sig`imi quyidagicha:
Glitserinning suvli eritmalari issiqlik sig`imi quyidagi formulaga asosan
hisoblanishi mumkin:
m
M
m
С
М
С
С
Р
2
1
Bunda:
C
3
– aralashmaning doimiy bosim ostidagi issiqlik sig`imi;
M
– erituvchining massasi;
m
– glitserin massasi;
C
1
– erituvchining issiqlik sig`imi;
C
2
– glitserinning issiqlik sig`imi.
186
Glitserin va uning suvli eritmalari qovushqoqligi haqidagi ma`lumotlar 26-
jadvalda da keltirilgan.
26-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: