4. Sikloalkan galogenli xosilalari.
1. Sikloparafinlar – CnH2n xlor bilan reaksiyaga kirishganda ikki xil maxsulot CnH2nCl2 yoki CnH2n-1Cl xosil bo’ladi. n qiymati qanday bo’lganda birinchi maxsulot xosil bo’ladi?
1) 3 2) 4 3) 5 4) 6
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 E) 1 va 2
2. CnH2n tarkibida 62,83 % xlor bor bo`lsa, n – qiymatini toping.
A) 3 B) 2 C) 1 D) 4 E) 5
3. CnC2nCl2 tarkibida 55,9 % xlor bo`lsa, n – qiymatini toping.
A) 3 B) 4 C) 6 D) 5 E) bunday modda yo`q
4. CnH2n-1Cl tarkibida 33,97 % xlor bo`lsa, n – qiymatini toping.
A) 6 B) 5 C) 4 D) 3
5. 7 gr CnH2n tarkibli sikloalkan xlorlanganda hosil bo`lgan vodorod xloridni neytrallash uchun 0,1 mol o’yuvchi natriy sarflandi, n – toping.
A) 5 B) 4 C) 6 D) 7 E) 3
6. CnH2n-1Cl tarkibida 26,79 % xlor bo`lsa, n – qiymatini toping.
A) 7 B) 6 C) 5 D) 4 E) 3
7. 21 gr propenni xlorlash uchun n.sh.da o`lchangan qancha hajm (litr) xlor kerak bo`ladi?
A) 21,41 B) 11,2 C) 5,6 D) 2,8 E) 16,8
8. 14 gr butenni to`la xlorlash uchun kerak bo`ladigan xlorni hosil qilish uchun qancha gramm MnO2 zarur?
A) 22,75 B) 21,75 C) 20,75 D) 23,75 E) 24,75
9. 7 g siklopentanni xlorlashda hosil bo`lgan gazni 6,35 ml (H2O) havoda eritib necha fazali xlorid kislota olish mumkin.
A) 3,65 B) 36,5 C) 0,365 D) 7,3 E) 0,72
10. 14 gr siklopentanni xlorlashda sarf bo`lgan xlorning hajmga teng bo`lgan vadorod bilan qaytarilgan mis (II) oksidning massasiga teng bo`lgan kalsiydagi atomlar sonini toping.
A) 2,408·1023 B) 2,408·1022
C) 2,408·1024 D) 2,408·1021
5. Sikloalkanga xos xususiyatlar.
1. Nima uchun siklopropan va siklopentan turli kimyoviy xossaga ega?
A) sikllarni barqarorligi xar xil B) turli agregat xolatiga ega
C) metilen guruxining xossalari xar xil D) turli zichlikka ega
E) to’yingan siklik birikmalilar bulgani uchun
2. Siklobutan qaysi modda bilan reaksiyaga kirishadi?
1. HBr; 2. Br2 ; 3. H2O; 4.O2.
A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 2,3,4 D) 1,2,4 E) 1,2,3,4
3. Siklobutan uchun qaysi reaksiya xarakterliroq?
A) ajralish B) o’rin olish C) gidroxloridlash
D) degidratasiya E) birikish
4. Sikloparafinlar qanday reaksiyalarga kirishadi?
A) birikish
B) kichik xalqali sikloparafinlar birikish, katta halqali sikloparafin o’rin olish
C) o’rin olish D) degidrogenlash E) birikish va degidrogenlash
5. Sikloparafinlarga qaysi reaksiya xos?
A) polikondensatlanish,gidratlanish,gidrogenlanish
B) gidrogenlanish, degidrogenlanish, galogenlash
C) eterifikasiya,polikondensatlanish, oksidlanish
D) polimerlanish,polikondensatlanish
E) gidrogenlanish, gidratlanish, degidratlanish
6. Siklogeksandan qanday reaksiya yordamida benzol olish mumkin?
A) izomerlanish B) gidrogenlash
C) gidratlanish D) degidratlanish E) degidrogenlash
7. Siklogeksan qanday reaksiyalarga kirishadi?
1) birikish; 2) o’rin olish; 3) oksidlanish; 4) polimerlanish; 5) degidrogenlanish;
6) polikondensatlanish
A) 1 va 2 B) 2va5 C) 2,3 va 5 D) 4,6 E) 3,4 va 5
8. Siklopropan uchun qanday reaksiya xos?
A) ajralish B) o`rin olish C) gidroxloridlash
D) degidrotatsiya E) birikish
9. Avval narkoz sifatida ishlatilgan moddani nomini toping.
A) siklobutan B) siklopropan C) siklopentan
D) siklogeksan E) siklogeptan
10. Siklopropan, siklobutan, siklopentan bular bir – biriga nisbatan …….. moddalardir?
A) izomer B) gamolog
C) tarkibi bir xil D) tarkibida uglerod va vodorodning foizi bir xil
Do'stlaringiz bilan baham: |