Shakarni aniqlash. 250 ml ichimlikka 2 ml 10 %li sulfatkislota qo’shiladi. So’ng 400 ml.li voronkaga 100 ml etil spirti quyilib 25 ml.dan ichimlik qo’shiladi va har gal voronka silkitiladi va ajralib chiqqan suvi to’kib tashlanadi. Efirni ajratib olib boshqa kolbaga solinadi, quritiladi va ta’mi tatib ko’riladi. Agar shirin bo’lsa tarkibida saharin mavjud. [2,6,15,28,29]
Bo’yoqning tabiiy yoki sun’iyligini aniqlash. Yaxna ichimlikdan 100 ml.li stakanga 50 ml solib olinadi va ichiga paxtadan tayyorlangan oq matoning bir uchini 3-5 daqiqa botirib qo’yiladi. Mato olinib oqar suvda 5 daqiqa davomida yuviladi, agar matodan rang ketib qolsa sun’iy, rang qolsa tabiiy yaxna ichimlik hisoblanadi.[2,5,24]
Do'stlaringiz bilan baham: |