Don sifatining buzilishi
1. bakteriya,zamburug’ kabi mikroorganizmlar tufayli
2. begona o’simliklar urug’lari
3. ombor zararkunandalaridan kelib chiqishi mumkin.
Don mikroflorasi. Don yuzasida ma’lum miqdorda mikroorganizmlar tushadi. Bular asosan spora hosil qiluvchi bakteriyalar bo’lib, sut kislotasi bakteriyalari, mog’or zamburug’lari, ichak tayoqchalaridan iborat. Donda mikroflora ko’payishi uchun asosiy muhit dondagi namlikning 15 % yoki undan oshib ketishi hisoblanadi. Bu sharoitda ko’paygan mikroflora biokimyoviy jarayonni tezlashtiradi va issiklikni ko’p miqdorda ajratib, donni 70 0Sgacha qizdirib, uni buzilishiga olib keladi. Donning odamlarda kasallik chaqiruvchi toksik xususiyati fitopatogen mikroflora ta’sirida zararlanishi gigienik ahamiyat kasb etadi. Fitopatogen mikrofloraga mog’or, qorakuya zamburug’i, fuzarium kabi turli zamburug’lar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |