Qora bosh yovi bu qizil til turur.
Necha bosh yedi u, yana ham yeyur,
Boshing sog‘lig‘i-chun tiyib yur tiling,
Tiling istagan kun boshingga yetur.
♦ ♦♦
Atang pandini san qatig‘ tut, qatig‘,
Qutadg‘a, kunung bo‘lg‘a kundin tatig‘3.
Atangni, anangni sevundur tushi,
Yanut berga tapg‘ung tuman ming asig‘4.
Ota pandiga sen tugal qil amal,
Yurarsan bo‘lib baxtiyor har mahal.
Otangni, onangni sevintir tamom,
Bu xizmat yetirgay tilakka tugal.
1 ko‘daz — asra, avayla
2 tegma — har doim
3 tatig‘— totli
4 asig‘— naf, foyda
75
♦ ♦♦
Sevugli kishining yuzi belgulug,
Tili achsa ma’ni, so‘zi belgulug,
Sevar, sevmazin o‘z bilayin tesa,
Senga tetru1 baqsa, ko‘zi belgulug.
Sevuvchi kishining yuzi belgili,
Gap ochganda m a’ni, so‘zi belgili,
Sevar, sevmasini bilayin desang,
Senga o‘tru boqsa, ko‘zi belgili.
♦ ♦♦
Qayu erda bo‘lsa uqush birla o‘g2,
Ani er atag‘il, necha o‘gsa o‘g.
Uqush, o‘g, bilig kimda bo‘lsa tugal,
Yavuz ersa kaz te, kichig ersa o‘g.
Agar kimda bo‘lsa aql, ilm, zehn
Uni madh etib sen, tugal er degin.
Ziyod bo‘lsa kimda uquv, aql, bilim,
Yomon bo‘lsa yaxshi de, kichik bo‘lsa ulug‘la.
♦ ♦♦
Tili yalg‘an erning jafa qilqi3 ul,
Jafa kimda ersa o‘shul yilqi ul.
Kishi yalg‘anindan tilama vafa,
Bu bir so‘z sinamish o‘gush yilqi ul.
Tili yolg‘on erning jafo xulqidur,
Jafo kimda ersa o‘sha yilqidir.
1 tetru — ro‘para, tik
2 o‘g so‘zi uch xil ma’noda qo‘llangan: 1) aql; 2) maqta; 3) ulug‘la
3 qilqi — qiligi, keyingi misrada u hayvon, oxirgisida yilqi ma’nolarini
bildiradi
76
Kishi yolg‘ onidan vafo kutmagin,
Bu so‘z ko‘p sinalgan talay yilgidir.
♦ ♦♦
Uqushlug‘, vafolig‘, kishi tuzuni,
Yulug‘lar1 kishika qamug‘ o‘zini.
Arig‘siz2, jafalig‘ qilinchi o‘tun3,
Qali aydi ersa qiyar so‘zini.
Zehnli, vafoli, kishi afzuni,
Qiladi kishiga fido o‘zini.
Yuvuqsiz, jafoli, qilig i tuban,
Tonar, hech tan olmas degan so‘zini.
♦ ♦♦
Qayu nangga kirsa kishi emgaki,
Sevug bo‘ldi ul nang sevug jan ko‘ki4.
Kishi emgak idsa tiriglik idib,
Ani sevgu, yudgu5, yudursa yuki.
Agar singsa mehnat biror narsaga,
Shu narsa sevik jon kabi barchaga,
Kishi cheksa zahmat hayot sarf etib,
Uni sevsin, olsin yukin yelkaga.
♦ ♦♦
Biro‘k dushman ersa, ming ul yasliqi6,
Mingin do‘stung ersa bir ul azliqi.
1 yulug‘la — bag‘ishlamoq, fido qilmoq
2 arig‘siz — toza bo‘lmagan, nopokiza
3 o‘tun — tuban, pastkash
4 ko‘k — ildiz, tomir
5 yud — ko‘tarmoq, chidamoq
6 yas — zarar
77
Kishi dushmanindan asig‘ qilmadi,
Qali qildi ersa, o‘zi uzliqi1.
Yoving bir esa ham mingdir yovligi,
Mingta do‘sting bo‘lsin, ayon ozligi.
Kishi dushmandan foyda ko‘rmagan,
Agar ko‘rgan bo‘lsa — bu hushyorligi.
♦ ♦♦
Atim ezgu bo‘lsun, o‘zum o‘lsuni,
Tirig qalg‘u axir, atim qalsuni.
O ‘ sa2, edgulik qil, at edgu tila,
O ‘zung mangu ating tirig bo‘lsuni.
O ‘zim o‘lsam, ezgu otim qolsa bas,
Qolib mangu otim, tirik bo‘lsa bas.
Faqat yaxshilik qil, tila yaxshi nom,
Noming mangulik-la yashab yursa bas.
♦ ♦♦
Kishilar ara ko‘r kishi ul bo‘lur,
Aningdin kishilar asig‘lar bulur3.
Asig‘siz kishilar kishida qo‘ri,
Asig‘liq kishi asg‘i elka to‘lur.
Do'stlaringiz bilan baham: |