O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O ‘RTA
MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
O ‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
ADABIYOT
(Majmua)
Akademik litseylarning birinchi bosqich
o‘quvchilari uchun
Ikkinchi nashri
Choi lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi
Toshkent — 2010
B B K 83.3(0)9
A 29
O liy va o‘rta maxsus, kasb-hunar talim i o‘quv metodik
birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi
kengash nashrga tavsiya etgan
Tuzuvchilar:
Boqijon T o ‘x liyev
—
filologiya fanlari doktori, professor,
Barno Abdurahm onova
—
katta o'qituvchi
Taqrizchilar:
Nasim xon Rahm onov
—
filologiya fanlari doktori, professor,
H oshim jon A hm edov
—
filologiya fanlari nomzodi
Ushbu majmua eng qadimgi davrlardan boshlab X V asming birinchi
yarmigacha bo‘lgan davrdagi adabiy yodgorliklarni qamrab olgan. Unda
«Avesto», O ‘rxun-Enasoy
yozma yodgorliklari, Mahmud Koshg‘ariyning
«Devoni lug‘at it-turk», Abu Mansur as-Saolibiyning «Yatimat ad-dahr»,
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibat ul-
haqoyiq», Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar», Nosiriddin Rabg‘uziyning «Qissasi
Rabg‘uziy» asarlari, Pahlavon Mahmud ruboiylari, Sayfi Saroyi g‘azallari va
«Gulistoni bit-turkiy» asari hamda «Suhayl va Guldursun» dostoni,
Xorazmiyning «Muhabbatnoma», X o ‘jandiyning «Latofatnoma» asari, Sakkokiy,
Atoiy, Gadoiy, Lutfiy ijodidan namunalar kiritilgan. Jahon
adabiyoti durdonalari
hisoblangan Rudakiy ijodi namunalari va Firdavsiyning «Shohnoma»sidan
parcha o‘rin olgan.
Majmua akademik litseylarning birinchi bosqich o‘quvchilari uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, birinchi marotaba yaratilmoqda.
. 4306020400-64
A ------------------------ 2010
360/04/-2010
ISBN 978-9943-05-019-7
© Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007- y.
© Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2010- y.
AVESTO
«Avesto»1 — O ‘rta Osiyo xalqlarining eng qadimiy mushtarak
yozma yodgorligidir. U zardushtiylik
dinining muqaddas kitobi
bo‘lib, O ‘rta Osiyoda yashagan qadimgi aholining asosiy qismi
shu dinga e’tiqod qilgan.
«Avesto»dagi ma’lumotlarning qadimgi qismlari miloddan
avvalgi 3000—2000 yillarga taalluqlidir. Ular «Gotlar» va
«Yashtlar» deb nomlangan. Beruniy (973—1048) «Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida «Avesto» haqida bunday
ma’lumotlarni beradi:
«Podsho Doro ibn Doro xazinasida «Avesto»ning o‘n ikki
ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan bir nusxasi bor edi.
Iskandar
otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni
o‘ldirgan vaqtda uni yondirib yubordi. Shuning uchun o‘sha
vaqtdan beri «Avesto»ning beshdan uch qismi yo‘qolib ketdi.
«Avesto» o‘ttiz «nask» edi. Majusiylar qo‘lida o‘n ikki nask
chamasi qoldi. Biz «Q ur’on» bo‘laklarini haftiyaklar deganimizdek,
nask «Avesto» bo‘laklaridan har bir bo‘lakning nomidir».
«Avesto» o‘sha
davrlar tarixi, fani, madaniyati haqida
ma’lumot beruvchi qomusiy asardir. U pahlaviy tiliga tarjima
qilingan va unga sharhlar yozilgan.
Bu buyuk asar hozir
dunyodagi ko‘plab xalqlarning tillariga o‘girilgan. Mustaqillik
sharofati bilan u o‘zbek tiliga ham (Asqar Mahkam va Mirsodiq
Is’hoqov) tarjima qilindi.
1 «Avesto» so‘zi «o‘rnatilgan, muqarrar qilingan hayotning asosiy yo‘riq-
nomasi» ma’nosini beradi.
3