Qonun hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash metodikasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
qonun hujjatlariga raqobat va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, axborot bermaslik yoki bila turib notoʻgʻri axborot berish, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi taqdimnomalarini bajarmaslik, shuningdek, uning xodimlari faoliyatiga aralashganlik hamda ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni qonuniy bajarishlariga toʻsqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda taʼsir oʻtkazganlik uchun yuridik shaxslarga jarimalar qoʻllash va maʼmuriy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida yagona davlat organi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzurida Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish agentligini tashkil etish hamda tegishli davlat organlari va muassasalarining shtat birliklarini hamda isteʼmolchilar huquqini himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshirish borasidagi vakolatlarini unga oʻtkazish boʻyicha takliflar kiritsin;
v) 2019-2023 yillarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin, unda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilsin:
raqobatni himoya qilish va rivojlantirish tizimini transformatsiya qilish hamda monopoliyaga qarshi tartibga solishning milliy iqtisodiyotda va jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan tarkibiy oʻzgarishlar va jarayonlarning yuksak talablariga javob beradigan mutlaqo yangi ilgʻor modelini yaratish;
tovar va moliya bozorlarini tahlil qilishning moslashuvchan, shu jumladan, xulq-atvor iqtisodiyoti (behavioral economics) tamoyillariga asoslangan vositalari va usullarini joriy etish;
raqobatni himoya qilish boʻyicha oldini oluvchi vositalarni, shu jumladan, monopoliyaga qarshi komplayens mexanizmi – birinchi navbatda tovar va moliya bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar ichida raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqlikni taʼminlash tizimini joriy etish;
ragʻbatlantiruvchi tariflar shakllantirishning raqobatni kuchaytiruvchi taʼsir koʻrsatadigan yangi yuqori samarali usullari va ularni qoʻllashni nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish hisobiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlari (tariflari)ni davlat tomonidan tartibga solish tizimini tubdan takomillashtirish;
raqamli iqtisodiyotni monopoliyaga qarshi tartibga solishning samarali vositalarini, shu jumladan, raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari transchegaraviy shakllarining oldini olish maqsadida yaratish;
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun huquqiy taʼsir koʻrsatish choralarini kuchaytirish va bir vaqtning oʻzida huquqni qoʻllashda keng ixtiyor beradigan vakolatlarni bekor qilish;
“kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qoʻyish maqsadida huquq-tartibot organlari bilan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish;
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti metodikasi boʻyicha tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirish indikatorlaridan foydalangan holda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) joriy etish;
raqobatni cheklash holatlarini aniqlash va ularga nisbatan taʼsir choralarini koʻrish tezkorligini oshirish uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatiga innovatsion ishlanmalar va axborot texnologiyalarini joriy etish;
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining kadrlar salohiyatini tizimli ravishda oshirish, oliy oʻquv yurtlari oʻquv dasturlariga raqobat siyosati va raqobat huquqi sohasida kadrlarni tayyorlash boʻyicha maxsus yoʻnalishlarni joriy etish;
munosib moddiy taʼminot va ijtimoiy sharoitlar borasida ijtimoiy kafolatlarni nazarda tutgan holda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyati samaradorligini oshirish hamda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi turli omillarning oldini olish.
9. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining statistik axboroti majburiy tarqatiladigan tashkilotlar roʻyxatiga;
Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 7 oktyabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlari doirasida ushbu qarorni 2019 yilda amalga oshirish boʻyicha Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi xarajatlari uchun mablagʻlar ajratsin va 2020 yildan boshlab har yili zarur byudjet mablagʻlarini nazarda tutsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2019 yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga xizmat avtotransport vositalarini sotib olish uchun zarur pul mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin va 5 ta xizmat, shu jumladan, 4 ta shaxsiy biriktirilgan xizmat yengil avtomobillarini saqlash uchun limit belgilasin;
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining asoslantirilgan hisob-kitoblariga binoan maʼmuriy binolarini taʼmirlash hamda moddiy-texnika bazasini shakllantirish maqsadida zarur mebel, uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olish uchun zarur pul mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasini telefon aloqasi, shu jumladan, hukumat telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
13. Ichki ishlar vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari qayta tashkil etilishi munosabati bilan yigʻimlar va boshqa toʻlovlarni undirmagan holda tegishliligi boʻyicha:
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tasarrufiga oʻtadigan avtotransport vositalarini ichki ishlar organlarida qayta roʻyxatdan oʻtkazishni;
koʻchmas mulk obyektlariga va boshqa mol-mulkka boʻlgan huquqlarni Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga qayta rasmiylashtirishni amalga oshirsin.
14. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy organlari oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan daʼvolar boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
15. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Toshkent shahri, Labzak koʻchasi, 3-uy manziliga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi hududiy boshqarmalarini qayta tashkil etilgan Davlat raqobat qoʻmitasi hududiy organlarining hozirgi joylashgan binolarida joylashtirilishini, zarur hollarda, yangi bino ajratilishini taʼminlasin.
16. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin18.
Xulosa.
Dеmоkrаtik jаmiyatni bаrpо etishning аsоsiy shаrtlаridаn biri, nоmаrkаzlаshgаn tаrtibdа iqtisоdiy qаrоrlаrni qаbul qilish bilаn bоg’liq shаrоitlаrning mаvjudligi hisоblаnаdi.Erkin rаqоbаt - tаnlаsh erkinligi, tаdbirkоrlik erkinligi, bоzоrgа kirish erkinligi kаbi tаlаblаrning sinоnimidir, u fuqаrоlik jаmiyatidа kishilаrning kоnstitutsiyadа bеlgilаngаn iqtisоdiy erkinligining muhim tаrkibiy qismi hisоblаnаdi.
Iqtisоdiyotdа mоnоpоllаshuv tеndеnsiyalаri pаydо bo`lishi munоsаbаti bilаn erkin rаqоbаt chеklаnаdi, shu sаbаbdаn sоg`lоm rаqоbаtchilik muhitini yarаtishdа dаvlаt hаm qаtnаshаdi. Bu dаvlаtning аntimоnоpоl siyosаti оrqаli аmаlgа оshirilаdi. Bu siyosаt erkin rаqоbаt muhitini yangidаn yarаtishgа emаs, bаlki uni sаqlаb qоlishgа, qаytаdаn tiklаshgа, rаqоbаtning mаdаniylаshgаn usullаrini qаrоr tоptirishgа qаrаtilаdi.
O`zbеkistоndа ham bоshqа sоbiq ittifоqdоsh rеspublikаlаri kаbi, rаqоbаtni umumаn inkоr etuvchi dаvlаt mоnоpоliyasidаn dаvlаtlаshmаgаn, turli хo`jаlik shаkllаrining muvоzаnаtigа аsоslаngаn vа erkin rаqоbаtni tаqоzо etuvchi bоzоr tizimigа o’tish yuz bеrmоqdа. Bu yеrdа аvvаllо rаqоbаtchilik munоsаbаtlаrini shаkllаntirish vа shu bilаn bir qаtоrdа uni tаkоmillаshtirish vаzifаsi turibdi. Har qanday iqtisodi rivojlangan davlatni qarasak, eng avvalo ichki iqtisodiyotini rivojlantirganligiga guvoh bo`lamiz. Buning uchun esa u eng avvalo erkin raqobatni vujudga keltirishga harakat qilgan. Bunday erkin raqobat bozorlarini yuzaga keltirish qiyin bo`lsada, lekin iloji boricha shu bozorga yaqin raqobatlashgan monopol bozorni yuzaga keltirishimiz kerak.
Аntimоnоpоl qоnunlаrni qаbul qilish vа hаyotgа tаtbiq qilish bоzоr munоsаbаtlаrigа o`tаyotgаn hаr bir mаmlаkаt uchun hаyotiy zаrurаtdir, erkin rаqоbаtgа yo`l bеrmаy turib bоzоr iqtisоdiyotini shаkllаntirib bo`lmаydi. Buning sababi esa har bir bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davlatda korxonalarning monopol faoliyat olib borishga intilishidadir. Ular aynan ushbu maqsadga erishish uchun o’sha davlatning iqtisodiyotiga turli usullar bilan ta’sir etadilar. Monopol mav’qega ega bo’lgandan keyin esa o’sha tovarning narxini oshib yuborgan holda inflatsiyaning yuqori darajasida bo’lishiga yoki bozorga aynan o’sha tovarni olib kirib sohani rivojlantirmoqchi bo’lgan boshqa tadbirkorlik subyektlariga o’zlarining salbiy tasirlarini o’tkazishga harakat qladilar va buning natijasida mamlakat iqtisodiyotida o’sha tovar bo’yicha oqsashga sabab bo’ladilar. Bizlardan talab etiladigan narsa antimonopol qonunchilik tizimini yanada isloh qilish va iloji boricha har qanday monopol korxonalarni qisqartirish uchun, o’sha sohada o’z faoliyatni olib bormoqchi bo’lgan tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlagan holda, ularga turli xil imtiyozlar berishimiz kerak.
Yurtimizda esa birinchi galda davlat ulushi yuqori bo’lgan monopol korxonalarni davlat ro’yxatidan chiqarish va xususiyashtirish ishlarini jadallashtirishimiz kerak. Buning natijasida esa iqtisodiyotimiz ham turli xavf – xatarlardan himoyalangan bo’ladi. Bundan tashqari faqatgina tadbirkorlik faoliyati subyektlarini yashirin ravishta birlashgan holda monopol faoliyat olib bormasliklarinigina nazorat qilishimiz kerak. Ularning ustidan boshqa turdagi nazoratlarni olib tashlagan holda, erkin raqobat muhitini taminlashimiz kerak. Faqat shundagina iqtisodiyotimizni monopol ko’rinishdagi birlashishlardan va shu tarmoqdagi xavflardan xoli tarzda yuksaltirishimiz va mamlakatda tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirishimiz mumkin.