Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.
tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;
mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;
Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi
Darsning blok sxemasi:
№
Darsning qismlari
Belgilangan vaqt.
1.
Tashkiliy qism
3 daqiqa
2.
O`tilgan mavzuni takrorlash
12 daqiqa
3.
Yangi mavzu bayoni
14 daqiqa
4.
Mustahkamlash
12 daqiqa
5.
Baholash
2 daqiqa
6.
Uyga vazifa
2 daqiqa
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.”Axborot vaqti”siyosiy va dunyodagi bo`lib turgan voqealar bilan tanishtirish
II.O`tilgan mavzuni takrorlash:
1. Taraqqiyotning o‘zbek modeli va uning asosiy tamoyillari nimalardan iborat?
2. 2010-yildan keyingi davrda avtomobil va temir yo‘llarini barpo etishda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi?
III.Yangi mavzu bayoni:
Reja:
Iqtisodiy islohotlarni boshqarish tizimining barpo etilishi.
Bozor infratuzilmasining shakllanishi.
2000-yilda boshlangan iqtisodiy islohotlarning keyingi bosqichida iqtisodiyotga davlat aralashuvi darajasining pasayishi hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyati kafolatlarini kuchaytirish va ularga nazorat qiluvchi organlarning noqonuniy aralashuvidan himoya qilish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi. 2002-yildan boshlab import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi amalga oshirila boshlandi. ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yildagi «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish tavsiya etildi. 2001-yildan boshlab xu-susiy tadbirkorlikni, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes korxonalarini rivojlantirish orqali iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish amalga oshirildi. 2000-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun kichik va xususiy tadbirkorlikning rivoji uchun yanada keng imkoniyatlarni ochib berdi. timizda sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat qilmoqda 2002-yil «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi va Prezident farmoni asosida 2002-yil fevraldan boshlab sug‘urta tashki-lotlarining 3 yil muddatga daromad solig‘idan ozod qilinishi mamlakaKichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bir necha bosqichlarda olib borildi.Birinchi bosqich – 1991–1996-yillar. Bu bosqichda mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish hamda bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosi bo‘lgan kichik mulkdorlar sinfning shakllantirilishidan boshlandi. Shu bilan birga, bu bosqichda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit, xususiy mulkni himoya qilishning konstitutsiyaviy huquqlari va kafolatlarini ta’minlovchi qonunlar qabul qilindi. Ikkinchi bosqich – 1996–2000-yillar. Ushbu bosqichda keng qamrovli xususiylashtirish amalga oshirildi, iqtisodiyot sohalariga xususiy kapitalni jalb qilish imkoniyatlari kengaytirildi, dastlabki xususiy tijorat banklari va bankdan tashqari moliya institutlari (kredit uyushmalari) o‘z faoliyatlarini boshladi. 1996-yilda xalqaro iqtisodiy makonda yuz bergan paxta inqirozi uning narxini pasayib ketishiga, ayni vaqtda respublika iqtisodiga valyuta tushumini ta’minlab turgan ushbu xomashyoning eksportidan tushadigan daromad shu yilning o‘zida 15% qisqarishiga sabab bo‘ldi. Boz ustiga, 1998–1999-yillardagi noqulay ob-havo sharoiti paxta hosildorligiga jiddiy zarar yetkazdi, natijada uning eksporti 25% ga qisqardi. Bunga javoban mamlakat hukumati e’tibori import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va bu davrda katta qiyinchilik bilan topilayotgan valyuta zaxirasini saqlab turishga, undan unumliroq foydalanishga qaratildi. Uchinchi bosqich – 2000–2016-yillar. Mazkur bosqichda xususiy tadbirkorlikni keng ko‘lamda rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish va uni kafolatlashga qaratilgan qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 2000-yilda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonun bilan tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmi soddalashtirildi, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar taqdim etildi, tadbirkorlarning imtiyozli kredit olish uchun huquqlari mustahkamlandi. 2008-yilda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan kichik biznes sub’yektlarining tijorat banklari kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi, ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi yanada pasaytirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011–2015-yillarda O‘zbekis-tonda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish choralari to‘g‘risida»gi va «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» davlat dasturi to‘g‘risida»gi qarorlariga muvof q, iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va modernizatsiyalash hamda mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi. To‘rtinchi bosqich – 2016-yildan boshlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvof q, tadbirkorlikni yanada jadal rivojlantirishga e’tibor kuchaytirildi. 2018-yil tasdiqlangan «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili – davlat dasturi»da tadbirkorlik sub’yektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga ikki yil muddatga moratoriy (to‘xtab turish) e’lon qilindi.