I. A. Karimov "Mustaqillikka erishish ostonasida"asari 11 sinf O’zbekiston tarixi darsligi, siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter


Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi



Download 0,68 Mb.
bet34/170
Sana30.12.2021
Hajmi0,68 Mb.
#89112
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   170
Bog'liq
11-sinf O'T KONS...

Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.”Axborot vaqti”siyosiy va dunyodagi bo`lib turgan voqealar bilan tanishtirish

II.O`tilgan mavzuni takrorlash:

1. «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» shiorini izohlang.

2. «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» nechta qismdan iborat?

III.Yangi mavzu bayoni:

Reja:


  1. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li, taraqqiyotning «O‘zbek modeli»

  2. Iqtisodiy islohotlarni boshqarish tizimining barpo etilishi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi.

Mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston sovet tuzumi davridagi iqtisodiyot asosini tashkil etgan rejalashtiruvchi siyosatdan voz kechdi va bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanladi. O‘zbekiston Oliy Kengashi 1991-yil 18-noyabrda «Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi qonun qabul qildi. Dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini qamrab oldi. O‘zbekiston Respublikasida xususiylashtirish jarayonini tashkil qilish va unga rahbarlik qilish maqsadida 1992-yil fevralda Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi ta’sis qilindi. 1994-yilda u Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasiga aylantirildi. Kichik xususiylashtirish 1994-yildayoq tugallandi. Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirishga doir 20 dan ortiq me’yoriy hujjat qabul qilindi. 1995-yili xalq xo‘jaligida ommaviy xususiylashtirishlar davri bo‘ldi. 1998-yilga kelib xususiylashtirilgan korxonalar tarmog‘i keskin ko‘payganligi bilan xarakterlanadi. Davlat mulkini xususiylashtirish yuzasidan mamlakatimizda olib borilgan katta ko‘lamdagi amaliy ishlar natijasida mamlakatda ko‘p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar sinf vujudga keldi. O‘zbekiston Respublikasi bu davrda o‘z valyutasiga ega emasligi, muomalada esa 1961–1992-yillarda chiqarilgan rublning bo‘lganligi, ayrim

oziq-ovqat va sanoat mahsulotlariga o‘zining tannarxiga qaraganda arzon narx belgilanganligi uchun ularni respublikadan tashqariga olib chiqib ketish avj ola boshladi va mamlakatimizda aholini asosiy iste’mol mahsulotlari bilan ta’minlashda qiyinchiliklar yuzaga keldi. O‘zbekiston 1991–1993-yillarda sobiq Ittifoqdan qolgan rubl zonasida bo‘lib turdi. Ammo sovetlardan keyingi makonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin pasayishi natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib bordi. O‘zbekiston muomalaga yangi milliy valyuta kiritish ishiga jiddiy kirishdi. 1992-yildayoq muomalaga chiqarishga mo‘ljallangan so‘m – kupon nusxalari tayyorlanadi va 1993-yil 1-noyabrda O‘zbekistonda so‘m –kupon muomalaga kiritildi. Uning kursi oldin muomalada bo‘lib kelgan rublga tenglashtirilgan edi. O‘zbekiston rahbariyati so‘m – kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valyutani joriy qilish tadbirlarini ko‘rdi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, 1994-yil 1-iyulidan boshlab respublika hududida yagona, cheklanmagan va qonuniy to‘lov vositasi sifatida milliy valyuta – so‘m muomalaga chiqarilgan. Respublika mustaqillikka erishganidan keyin transportning iqtisodiyotga va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash va soha boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliyaviakompaniyasi (1992-yil), «O‘zbekiston avtomobil transporti» («O‘zavtotrans») davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi (1993-yil, 1998-yildan O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi), «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik kompaniyasi (1994-yil) va boshqa idoralar tashkil etildiO‘zbekistonning yagona temir yo‘l tarmog‘ini vujudga keltirish bo‘yicha 1994–2001-yillarda uzunligi 700 kilometrga yaqin Navoiy–

Uchquduq–Nukus temir yo‘li qurib bitkazildi. Temir yo‘llar qurilishida ham bir qator ishlar amalga oshirildi. 2001-yilda 341 km bo‘lgan Navoiy–Uchquduq–Sultonzoda yo‘nalishi, 2007-yilda uzunligi 220 km bo‘lgan G‘uzor–Boysun–Qumqo‘rg‘on yo‘nalishi qurilishi tamomlangan. O‘zbekiston Milliy Aviakompaniyasi Boeing –757/767, A-320 samolyotlari, vatanimizda ishlab chiqarilgan Il-114–100

zamonaviy laynerlari, Boeing – 767–300 ER yuk tashuvchi samolyotlarga ega bo‘ldi. 2016-yilda yangi avlod samolyotlari Boeing – 787 Dreamliner keltirildi. 1996-yil Andijon viloyati Asaka shahrida Markaziy Osiyo hududidagi birinchi avtomobil zavodi ishga tushirildi. Shu yildan boshlab bir qancha rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi: 1996-yil – Damas, Tico, Nexia; 2001-yil – Matiz; 2002-yil – Nexia DOHC; 2003-yil –Chevrolet Lasetti; 2004-yil – Matiz Best; 2006-yil – yangilangan Damas; 2007-yil – Chevrolet Captiva, Epica, Tacuma; 2008-yil – yangilangan Nexia; 2010-yil – Shevrolet Spark; 2012-yil – Chevrolet Malibu, Chevrolet Cobalt; 2013-yil – Lasetti II (Gentra); 2014-yil – Chevrolet Orlando. 2015-yilda esa, “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan “Ravon” milliy markasi ostida Nexia – 3 modelining taqdimotini amalga oshirdi.


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish