II.O`tilgan mavzuni takrorlash:. Bo’lim yuzasidan savollar beriladi .
“Mustaqillik Deklaratsiyasi” necha moddadan iborat?
Konstitusiya tarkibini ayting?
Prezident boshqaruvi qachon joriy etildi?
III.Yangi mavzu bayoni:
O’quvchilarga 2 variantda test tarqatiladi.
Test I – variant Quyidagi qaysi hujjatda deputatlar tomonidan moddama-modda, har bir millat o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, Deklaratsiya qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayta ta’kidlandi? A) “Mustaqillik Deklaratsiyasi” B) “O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi” Qonun C) «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida» Oliy Kengash qarorida D) «O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini tuzish to‘g‘risida»gi Prezident farmon
O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini tayyorlash g‘oyasi dastlab kim tomonidan qachon ilgari surildi? A)Islom Karimov 1991 – yil sentyabr B) Islom Karimov 1990 – yil iyun C) Islom Karimov 1990 – yil mart D) Oliy Kengash deputatlari, 1991-yil avgust
“O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida”gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomi berilgan sanani aniqlang A) 1991-yil 31-avgust B) 1991-yil 30-sentabr C) 1990-yil 20-iyun D) 1991-yil 28-avgust
Konstitutsiyaviy komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini yaratish ustida ….. ishladi. A) 2 yil B) 3 yilu 6 oy C) 1 yarim yil D) 2, 5 yil
Qachon O‘zbekiston Oliy Kengashi «O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qildi? A) 1991 – yil 18-noyabrda B) 1991 – yil 24 martda C) 1991 – yil 29-dekabrda D) 1991-yil 15-fevralda
Lotinchadan tarjimasi “vakil qilingan, yuborilgan” degan ma’nolani anglatuvchi so’zni aniqlang? A) Deputat B) Komissiya C) Senator D) Ministr
1991-yil 29-dekabrda bo’lib o’tgan Prezident saylovida qaysi partiyadan nomzodlar qo’yilgan edi? A) Xalq Demokratik Partiyasi va sobiq KPSS B) Adolat Sotsial Demokratik Partiyasi va Xalq Demokratik Partiyasi C) Xalq Demokratik Partiyasi va “Erk” Demokratik Partiyasi D) Adolat MilliyPartiyasi va Vatan taraqqiyoti Partiyasi
Oliy Majlis nomi bilan atalgan 250 deputatdan iborat bir palatali parlament nechanchi yillarda shakllantirildi? A) 1991 – 1995 yillarda B) 1992 – 2000 yillarda C) 1999 – 2007 yillarda D) 1995 – 2004 yillarda
1992-yil 4-yanvarda…………. A) Vitse-Prezident lavozimi tugatildi B) Birinchi marotaba O’zbekiston Prezidenti lavozimi joriy etildi C) Bosh Vazir Lavozimi joriy etildi D) A va C
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasiga ko‘ra, O‘z-bekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. A) 93 B) 106 C) 108 D) 115
Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan va ba’zan qonun qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan umumxalq so‘rovi, ovoz berish yo‘li bilan xalq fikrini aniqlash nima deyiladi? A) Seminariya B) Konferensiya C) Respublika D) Referendum
«Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi Qonunda vakillik organlariga necha yoshga to‘lgan fuqarolar saylanadi. A) 31 B) 20 C) 25 D) 30
…. yoshdan kam bo‘lmagan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, …… yoshga to‘lganlar Oliy Majlisga, …… yoshga to‘lganlar viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputat etib saylanish huquqiga ega. Nuqtalar o’rnini to’ldiring? A) 30, 21, 19 B) 40, 25, 30 C) 35, 25, 21 D) 24, 30, 36
Ushbu partiya 1992-yil tashkil topgan. Lekin besh yillik faoliyati o‘z vazifalari doirasida faoliyat yurita olmadi, deb topildi. Qaysi partiya?
A) Fidokorlar Milliy Demokratik Partiyasi B) Vatan taraqqiyoti partiyasi C) Erk Demokratik Partiyasi D) Adolat Sotsial Partiyasi
Bosh Vazirning virtual qabulxonasini aniqlang?
A) gov. uz. B) pm. gov. uz. C) lex. uz. D) port. uz.