I. A. Karimov "Mustaqillikka erishish ostonasida"asari 11 sinf O’zbekiston tarixi darsligi, siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter



Download 0,68 Mb.
bet25/170
Sana30.12.2021
Hajmi0,68 Mb.
#89112
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   170
Bog'liq
11-sinf O'T KONS...

IV.Mustahkamlash:

Faol o`quvchilar baholanadi.
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.

VI.Uyga vazifa:

“Toifali jadval”ni to´ldiring.




Sana

Asosiy voqеalar

Mamlakat uchun ahamiyati




























O O’.T.I.B.D.O`: __________________ O.Shoimov



Sinf

11-A

11-B

Sana







5 - Mavzu O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy bosqichlari va istiqbollari

Mavzu: O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy bosqichlari va istiqbollari

Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Mahalla, Fuqarolar yig’ini, Saylov huquqi, Partiya

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar : Mahalla va uning tarixiy ildizlari va o´zini o´zi boshqarishning huquqiy asoslari haqida ma`lumot berish;

Tarbiyaviy maqsad: - Ozini o´zi boshqarish organlarining vakolatlari va faoliyati ekanligi hislarini yanada kuchaytirish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.

Tayanch kompetentsiyalar:

Kommunikativlik

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, mavzu:dan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya olish va javob berish;



Milliy va umummadaniy

umumbashariy ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlarini (urf odatlar, marosimlar, milliy madaniy an’analar va.h.k.) hurmat qilish;

o‘zgalarga nisbatan mehrmuruvvat, saxiylik, diniy e’tiqodi, milliy hususiyatlari, an’ana va marosimlarini hurmat qilish; jamiyatda o‘rnatilgan odobaxloq qidalariga rioya qilish

O‘z-o‘zini rivojlantirish

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘zo‘zini rivojlantirish, ma’naviy va intellektual kamolotga intilish;



o‘z hatti-harakatini adekvat baholash, o‘zini nazorat qila bilish, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish

tarixda yil xisobini o‘qiy olish, tarixiy darvlarga oid chizmalarni o‘qiy olish, rim raqamida yozilgan raqamlarni o‘qiy oladi.

miloddan avvalgi, era, milodiy yillar o‘rtasidagi farqalarni matematik amallar bilan yecha oladi.

Fanga oid kompetensiyalar:

  • Tarixiy voqeilikni tushunishvauni mantiqiy izchillikda tushuntira olish kompetensiyasi.

tarixiy davrlar va -yillarni ajrata oladi, tarixiy hisobini tushuntira oladi;

mazkur davrni o‘rganish orqali o‘quvchilar tarix fanining o‘rganilayot- gan davriga oid tarixiy atamalar mazmunini biladi;

Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi,tarixiy sanalarda ro‘y bergan voqealar haqida ma’lumot bera oladi

  • Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompetensiyasi.

Tarixiy illustrasiyalar asosida kichik hikoyalar tuza oladi, tarixiy joylarni xaritadan ko‘rsata oladi

Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.”Axborot vaqti”siyosiy va dunyodagi bo`lib turgan voqealar bilan tanishtirish

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarga toifalash jadvali asosida to’ldirib kelganlari tahlil qilinadi?

  1. 1990 – yil 24 – mart - ?

  2. 1991 yil 29-dekabr - ?

  3. 2000 yil 9-yanvar - ?

  4. 2007 yil 22-dekabr - ?

III.Yangi mavzu bayoni:

Reja:


1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari..

2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari.

3. Saylov tizimi. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining yuzaga kelishi
O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat barpo etish jarayonida ko‘plab vazifalar belgilangan edi. Eng muhim vazifalardan biri respublikada davlat hokimiyatining vakillik va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini yangi sharoitlarga mos keladigan tizimini yaratish edi. Hozirgi amalda bo‘lgan mahalliy vakillik organlari yangi organlar bo‘lmasdan, xalq deputatlari Sovetlari negizida tashkil qilingan.1992-yil 4-yanvarda «O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Bu qonun mamlakatimizda mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organi – vakillik va ijro organlari tizimiga boshchilik qiladigan hokimlik va hokimlar lavozimi joriy etildi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinguncha mahalliy vakillik organlarining uch bo‘g‘inli tizimi mavjud bo‘lib, ular:

1) viloyatlar hamda Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari (Sovetlari) – yuqori bo‘g‘in hisoblanardi

2) tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari – o‘rta bo‘g‘in;

3) qishloq, posyolka, ovul xalq deputatlari Kengashlari – quyi bo‘g‘in.

Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining ikki bo‘g‘inli tizimini mustahkamladi, ya’ni quyi bo‘g‘in olib tashlandi. Ular o‘rniga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tuziladigan bo‘ldi. Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvifiq, mahalliy davlat hokimiyati, hokimiyat organlari ikki mustaqil organlarga – vakillik va ijroiya hokimiyatiga bo‘lindi.



Mahalliy vakillik organlariga – xalq deputatlari Kengashlari kiradi. Ular o‘z faoliyatini jamoaviy (kollegial) asosda olib boradi. Xalq deputatlari Kengashlari ishining asosiy tashkiliy – huquqiy shakli sessiya hisoblanadi. «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi Qonunda vakillik organlariga 21 yoshga to‘lgan fuqarolar saylanadi. Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 60 tadan ko‘p bo‘lmagan, tuman va shahar Kengashlariga esa 30 tadan ko‘p bo‘lmagan deputatlar 5 yil muddatga saylanadi.Ijroiya hokimiyatiga – hokim va uning ijroiya apparati kiradi. Hokim tegishli hududda oliy mansabdor shaxs hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasining 101-moddasiga ko‘ra hokimlarning vakolat muddati – besh yil. Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi. Tuman va shaharlarning hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Shaharlardagi tumanlarning hokimlari Mahalliy davlat hokimiyat organlari Mahalliy vakillik organlari Ijroiya hokimiyatiViloyatlar xalq deputatlari Kengashlari Viloyatlar hokimiyati Shahar, tuman xalq deputatlari KengashlariShahar, tuman hokimiyatlari tegishli shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 1999-yil «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida», 2004- yilda esa “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi. 2017-yilda O‘zbekiston Prezidenti “Mahalla institutini yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgach, O‘zbekistonga xos va mos fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vujudga keldi. Xususan,hozirda deyarli jahonning barcha mamlakatlarida bu institut mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish deb atalsa, O‘zbekistonda esa fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi deb ataladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingach fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimining huquqiy zamini mustahkamlandi. Konstitutsiyaning 105-moddasiga ko‘ra, «Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi».ezidentning 2017-yildagi farmoni asosida fuqarolar yig‘inlarining uyushmasi sifatida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi. «O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida» (1991-yil 18-noyabr) qonun qabul qilindi.


Mahalliy davlat hokimiyat organlari





IV.Mustahkamlash:

1. Mahalla deganda nimani tushunasiz?

2. Mahalla yig´ini nima?

3. Qanday joylarda fuqarolarning o´zini-o´zi boshqarish organlari tuziladi?

4. “Mahalla” xayriya jamg´armasi qachon va nima maqsadda tuzildi?

5. Fuqarolarning o´zini o´zi boshqarish organlariga kimlar rahbarlik qiladi,ular qanday tartibda va necha yilga saylanadi?

6. Muhtoj, kam ta´minlangan oilalarga o´zini o´zi boshqarish organlarining g´amxo´rligi haqida nimalarni bilasiz?

7. “Obod mahalla yili” dasturida qanday vazifalar qo´yilgan?

8. Mahallangiz tarixi to´g´risida referat yozing

9. O´zingiz yashayotgan mahallaning nomi nima, uning rahbarlarini bilasizmi?


Faol o`quvchilar baholanadi.
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa:
Siyosiy Partiyalar faoliyati bo’yicha jadvalni to’ldirib kkeling?


Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish