I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot


Bozorga asoslangan siyosat 2: sotiladigan ifloslanishga ruxsatlar



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet336/384
Sana30.12.2021
Hajmi3,77 Mb.
#98806
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   384
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24-1-427

Bozorga asoslangan siyosat 2: sotiladigan ifloslanishga ruxsatlar 

Qog`oz zavodi va po`lat zavodi misoliga qaytadigan bo`lsak, keling  tasavvur  

qilaylik,  iqtisodchilar  maslahatiga  qaramay, EPA tartibga solishni joriy qiladi va 

har  bir  zavoddan  yiliga  300  tonna  chiqindi  miqdorida  ifloslanishni  kamaytirishni 

talab  qiladi.  Keyin  bir  kuni,  tartibga  solish  amalda  va  har  ikki  zavod  unga  rioya 

qilgan  paytda,  ikkala  firma  EPAga  taklif  bilan  murojaat  qiladi.  Po`lat  zavod  100 

tonna  chiqindi  miqdorida  chiqindi  chiqarishni  oshirishni  istaydi.  Qog`oz  zavodi 

po`lat  zavodi  unga  5  million  dollar  to`lasa,  o`sha  miqdorda  o`z  chiqindi 

chiqarishini kamaytirishga rozi bo`ladi. EPA bu ikki fabrikalar ushbu shartnomani 

amalga oshirishiga ruxsat berishi kerakmi? 

Iqtisodiy  samaradorlik  nuqtai  nazaridan,  shartnomaga  ruxsat  berish  yaxshi 

siyosat.  Ular  ixtiyoriy  ravishda  rozi  bo`layotgani  bois,  shartnoma  ikkala  zavod 

egalariga  foydali  bo`lishi  kerak.  Bundan  tashqari,  shartnoma  hech  qanday  tashqi 

ta'sirga  ega  emas,  chunki  ifloslanish  umumiy  miqdori  bir  xil  bo`lib  qolmoqda. 

Shunday  qilib,  qog`oz  zavodining  po`lat  zavodiga  ifloslantirish  huquqini  sotish 

uchun ruxsat berish orqali ijtimoiy farovonlik kelib chiqadi. 

Ushbu mantiq bir firma tomonidan ifloslantirish huquqini boshqa firmaga har 

qanday  ixtiyoriy  o`tkazish  uchun  amal  qiladi.  Agar  EPA  firmalarga  bunday 

shartnomalar  qilish  imkonini  beradigan  bo`lsa,  u,  o`z  mohiyatiga  ko`ra,  yangi 



 

390 


noyob  resurs,  ya’ni  ifloslantirishga  ruxsatnoma,  yaratadigan  bo`ldi.  Bu 

ruxsatnomalar savdosini oxir-oqibat amalga oshiradigan bozor paydo bo`ladi va bu 

bozor  talab  va  taklif  kuchlari  tomonidan  boshqariladigan  bo`ladi.  Ko`rinmas  qo`l 

bu yangi bozor ifloslantirish huquqini samarali taqsimlashiga ishonch hosil qiladi. 

Ya'ni,  to`lashga  o`z  tayyorligi  bilan  aniqlanadigan  ruxsatni  eng  yuksak 

baholaydigan firma qo`lga kiritadi. 

Firmaning  to`lash  uchun  xohishi,  o`z  navbatida,  ifloslanishni  kamaytirish 

harajatiga  bog`liq  bo`ladi:  Ifloslanishni  kamaytirish  firma  uchun  qanchalik  ko`p 

harajatli bo`lsa, ruxsatnoma uchun to`lashga shunchalik ko`p tayyor bo`ladi. 

Bozorlar  uchun  ifloslantirish  ruxsatnomalariga  yo`l  qo`yish  afzalligi 

shundaki,  firmalar  o`rtasida  ifloslantirish  ruxsatnomalari  boshlang`ich  taqsimoti 

iqtisodiy  samaradorlik  nuqtai  nazaridan  muhim  emas  deb  hisoblanadi.  Faqat 

ifloslanishni  arzon  harajatlar  bilan kamaytirishi  mumkin  firmalar  ruxsatnomalarni 

sotadi va yuqori harajat bilan ifloslanishni kamaytirishi mumkin firmalar o`zlariga 

kerak  miqdorda  ruxsat  sotib  oladi.  Ifloslantirish  huquqlari  uchun  erkin  bozor  bor 

bo`lgani  tufayli,  boshlang`ich  taqsimotdan  qat'iy  nazar  so`nggi  taqsimot  samarali 

bo`ladi. 

Ifloslantirish  ruxsati  yordamida  ifloslanishni  kamaytirish  tuzatuvchi  

soliqlardan    farqli  ko`rinsa-da,  ikki  siyosat  ko`p  umumiy  jihatlarga  ega.  Har  ikki 

holatda  ham,  firmalar  ifloslanish  uchun  to`laydi.  Tuzatuvchi  soliqlar  bilan  atrof-

muhitni  ifloslantiruvchi  firmalar  hukumatga  soliq  to`lashi  kerak.  Ifloslantirish 

ruxsati bilan atrof-muhitni ifloslantiruvchi firmalar ruxsat sotib olish uchun to`lashi 

kerak.  (Hatto  allaqachon  o`z  ruxsatnomasiga  ega  firmalar  ham  ifloslanish  uchun 

to`lashi  shart:  ular  ochiq  bozorda  o`z  ruxsatnomalarini  sotishdan  olgan  miqdor 

ifloslantirish  imkoniyati  harajatidir.)  Tuzatuvchi  soliqlar  va  ifloslantirish 

ruxsatnomalari  ikkalasi  ham  firma  uchun  ifloslantirishni  harajatli  qilish  orqali 

tashqi ta'sirni o`zlashtiradi. 

Ikki  siyosat  o`xshashligini  ifloslantirish  bozorini  tahlil  qilish  orqali  kor’rish 

mumkin.  4-rasmdagi  ikkala  chizmalar  ifloslantirish  huquqi  uchun  talab  chizig`ini 

ko`rsatadi.  Bu  chiziq  ifloslantish  narxlari  qanchalik  past  bo`lsa,  firmalar 




 

391 


ifloslantirishni  shunchalik  ko`proq  tanlashini  ko`rsatadi.  (a)  chizmada  EPA 

ifloslantirish  uchun  narx  belgilash  uchun  tuzatuvchi  soliqdan  foydalanadi.  Bu 

holda, ifloslantirish huquqlari uchun taklif egri chizig`i mukammal elastik (chunki 

firma  soliq  to`lash  orqali  ular  istaganicha  ko`p  ifloslantirishi  mumkin)  va  talab 

chizig`i vaziyati ifloslanish miqdorini belgilaydi. (b) chizmada, EPK ifloslantirish 

ruxsatini  joriy  etish  orqali  ifloslanish  miqdorini  belgilab  beradi.  Bu  holda, 

ifloslantirish  huquqlari  uchun  taklif  egri  chizig`i  mukammal  noelastik  (chunki 

ifloslantirish  miqdori  ruxsatnomalar  soni  bilan  belgilanadi),  va  talab  egri  chizig`i 

vaziyati  ifloslanish  narxini  belgilaydi.  Demak,  EPA  tuzatuvchi  soliq  bilan  narx 

belgilash  orqali,  yoki  ifloslantirish  ruxsatnomalari  bilan  miqdorni  o`rnatish  orqali 

berilgan talab egri chizig`ining har qanday qismiga erishishi mumkin. 

Ba'zi  hollarda  esa,  ifloslantirish  ruxsatini  sotish  tuzatuvchi  soliq  undirishdan 

ko`ra  yaxshiroq  bo`lishi  mumkin.  EPA  daryoga  600  tonna  dan  kam  chiqindi 

tashlanishini  istaydi.  Lekin  EPK  ifloslanish  talab  chizig`ini  bilmasligi  tufayli,  bu 

maqsadga erishish uchun qanday hajmda soliq joriy etishni bilmaydi. Bu holda, u 

shunchaki 600 ifloslantirish ruxsatini kim  oshdi savdosiga qo`yishi mumkin. Kim 

oshdi savdosi narxi tuzatuvchi soliq tegishli hajmini hosil qiladi. 

 


Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   384




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish