I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet328/384
Sana30.12.2021
Hajmi3,77 Mb.
#98806
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   384
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24-1-427

Alyuminiy 

bahosi 

Rasm 

Alyuminiy miqdori 

Muvozanat 

Taklif  

(xususiy xarajat) 

BOZOR 

Talab  


(xususiy qiymat) 

Alyuminiy bozori 

 

Talab chizig’i xaridorlar uchun 

qiymat va taklif chizig’i sotuvchilar 

uchun xarajatni aks ettiradi. 

Muvozanat miqdor, ya’ni Q

BOZOR


xaridorlar uchun to’liq qiymat 

ayrilgan sotuvchilar to’liq xarajatini 

oshiradi. Tashqi ta’sirlar 

bo’lmaganda, shuning uchun, bozor 

muvozanati samaralidir.

 



 

380 


harajatlaridan  tashqari  ifloslanishdan  zarar  ko`rgan  kishilar  harajatini  ham  o`z 

ichiga  oladi.  2-rasm  alyuminiy  ishlab  chiqarishning  ijtimoiy  harajatini  ko`rsatadi. 

Ijtimoiy  harajat  chizig`i  taklif  chizig`idan  yuqori,  chunki  u  alyuminiy  ishlab 

chiqaruvchilar  tomonidan  keltirilgan  jamiyatdagi  tashqi  harajatlarni  ham  hisobga 

oladi.  Ushbu  ikki  chiziq  o`rtasidagi  farq  chiqarilgan  ifloslantirish  harajatini  aks 

ettiradi.  

Alyuminiy  qancha  miqdorda  ishlab  chiqarilishi  kerak?  Ushbu  savolga  javob 

berish  uchun  biz  yana  bir  marotaba  ko`ngli  keng  ijtimoiy  reja  tuzuvchi  (planner) 

nima  qilishini  ko`rib  chiqamiz.  Reja  tuzuvchi  bozordan  keladigan  umumiy 

ortiqchalikni  ya’ni  iste’molchilar  uchun  alyuminiy  qiymatidan  alyuminiy  ishlab 

chiqarish  harajati  ayrilganini  oshirishni  xohlaydi.  Shu  bilan  birga,  reja  tuzuvchi 

alyuminiy  ishlab  chiqarish  harajati  ifloslanish  tashqi  harajatlarini  ham  o`z  ichiga 

olishini tushunadi. 

Reja  tuzuvchi  talab  chizig`i  bilan  ijtimoiy  harajat  chizig`i  kesishgan 

darajadagi  alyuminiy  ishlab  chiqarilishini  tanlaydi.  Bu  oraliq  jamiyat  umumiy 

vaziyatdan  kelib  chiqib  maqbul  alyuminiy  miqdorini  belgilaydi.  Ushbu  ishlab 

chiqarish darajasidan pastda iste’molchilar uchun alyuminiy qiymati (talab chizig`i 

balandligi  bilan  o`lchangan  holda)  uni  ishlab  chiqarish  ijtimoiy  harajatidan 

(ijtimoiy  harajat  chizig`i  balandligi  bilan  o`lchangan  holda)  oshib  ketadi.      Reja   

tuzuvchi      bu    miqdordan    ortiq    ishlab      chiqarmaydi,  chunki  qo`shimcha 

alyuminiy ishlab chiqarish ijtimoiy harajati iste’molchilar uchun qiymatni oshirib 

yuboradi.  

E’tibor  bering,  alyuminiyning  muvozanatli  miqdori  –  Q

bozor 


ijtimoiy  maqbul 

miqdor  –  Q

maqbul

  dan  yuqori.  Bozor  muvozanati  faqat  ishlab  chiqarish  xususiy 



harajatini  aks  ettirgani  sabab  samarasizlik  kelib  chiqadi.  Bozor  muvozanatida 

chekli iste’molchi alyuminiyga uni ishlab chiqarish ijtimoiy harajatidan past narx 

beradi.  Bu  esa,  ya’ni  Q

bozor 


da,  talab  chizig`i  ijtimoiy  harajat  chizig`idan  past 

bo`ladi. Shunday ekan, alyuminiy ishlab chiqarish va iste’molini bozor muvozanati 

darajasidan pasaytirish umumiy iqtisodiy farovonlikni oshiradi. 



 

381 


Ijtimoiy  reja  tuzuvchi  qanday  qilib  maqbul  natijaga  erishishi  mumkin?  Bir 

yo`li  sotilgan  har  bir  alyuminiy  tonnasi  uchun  alyuminiy  ishlab  chiqaruvchilar 

soliqqa  tortilishi  bo`ladi.  Soliq  o`zining  miqdorida  alyuminiy  taklif  chizig`ini 

yuqoriga ko`taradi. Agar soliq atmosferaga chiqarilgan tutunning tashqi harajatini 

aniq  aks  ettirsa,  yangi  taklif  chizig`i  ijtimoiy  harajat  chizig`i  bilan  bir  to`g`ri 

chiziqda  yotadi.  Bozor  yangi  muvozanatida  alyuminiy  ishlab  chiqaruvchilar 

alyuminiyni ijtimoiy maqbul miqdorda ishlab chiqaradi.  

 

 



Bunday soliqni joriy etish tashqi ta’sirni o`zlashtirish deb nomlanadi, chunki 

u  bozorda  sotuvchi  va  xaridorlarni  o`z  ishlari  tashqi  ta’sirlarini  hisobga  olishga 

undaydi.  Alyuminiy  ishlab  chiqaruvchilar  odatda  qancha  alyuminiy  taklif  qilishi 

haqida  qaror  qabul  qilishda  ifloslantirish  harajatlarini  ham  hisobga  oladi,  chunki 

soliq ularni tashqi  harajatlarini  ham  to`lashga  majbur  qiladi va  bozor  narxi ishlab 

chiqaruvchilarga  qo`yilgan  soliqni  ham  aks  ettirgani  uchun,  alyuminiy 

iste’molchilari  kamroq  miqdorda  foydalanishga  harakat  qilishadi.  Bu  siyosat 

Iqtisodiyotning  o`nta  tamoyillarining  biriga  asoslangan:  odamlar  ta’sirlarga  javob 

qilishadi.  Mazkur  bobning  oxirida,  siyosatchilar  tashqi  ta’sirlarni  qanday  hal 

qilishini chuqurroq ko`rib chiqamiz. 


Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   384




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish