I. A. Bakieva, X. S. Xadjaev, M. Z. Muhitdinova., Sh. Sh. Fayziyev. Mikroiqtisodiyot



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet324/384
Sana30.12.2021
Hajmi3,77 Mb.
#98806
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   384
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot oquv qolanma 2017 8db24-1-427

Tayanch  so`z  va  iboralar:  ishlab  chiqarish  omillari  ishlab  chiqarish 

funksiyasi ishchi kuchining chekli maxsuloti chekli mahsulotning pasayishi chekli 

mahsulot qiymati kapital.  

 

Nazorat savollari 

1. 


Mehnat bozoridagi ikki tomonlama Monopoliya 

2. 


Ish haqi stavkalari differentsiatsiyasi 

3. 


Iqtisodiy renta 

4. 


Nominal va real daromadlar 

5. 


Daromadlarni differentsiatsiyalashuvi 

6. 


Daromadlarni qayta taqsimlash siyosati 

7. 


Djin koeffitsienti 

8. 


Qiymatni diskontirlashning mohiyati va ahamiyati nimada? 

9. 


Loyihalarni baholashda inflyatsiyaning ta’siri qanday hisobga olinadi? 

10. 


Yer bozorining o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 

11. 


Yerning narxi qanday hisoblanadi? 

12. 


Yer rentasiga izoh bering.  


 

376 


XVII BOB. TASHQI TA`SIRLAR VA DAVLAT SIYOSATI 

 

Qog`oz  ishlab  chiqarish  va  sotish  firmalari  ishlab  chiqarish  jarayonida 



shuningdek  dioksin  deb  ataluvchi  kimyoviy  birikmani  yaratdilar.  Olimlar  dioksin 

atrof-muhitga  chiqarilishi,  aholi  o`rtasida  saraton,  tug`ilishdagi  nuqsonlar  va 

boshqa sog`liq bilan bog`liq muammolar xavfini oshiradi, deb hisoblaydilar.  

Dioksin  ishlab  chiqarish  va  uning  atrof-muhitga  chiqishi  jamiyat  uchun 

muammomi?  Biz  bozorlar  kamyob  resurslarni  talab  va  taklif  kuchlari  yordamida 

qanday taqsimlashini o`rgandik va biz talab hamda taklifning muvozanatida odatda 

resurslar  samarali  taqsimlanishiga  ishonch  hosil  qildik.  Adam  Smitning  mashhur 

metaforasidan foydalansak, bozorning “ko`rinmas qo`li” o`z manfaatini ko`zlovchi 

sotuvchi  va  xaridorlarni  jamiyat  oladigan  umumiy  foydasi  maksimallashadigan 

bozorga  olib  keladi.  Bu  qarash  Iqtisodiyotning  o`nta  tamoyilidan  biriga 

asoslangan:  odatda  bozor-  iqtisodiy  faoliyatni  tashkil  etishning  yaxshi  yo`lidir. 

Shuning  uchun  biz  “ko`rinmas  qo`l”  qog`oz  bozoridagi  firmalarning  juda  ko`p 

dioksin chiqarishiga yo`l qo`ymaydi degan xulosaga kelishimiz kerakmi? 

Bozorlar ko`p ishlarni yaxshi bajaradi, lekin hamma ishlarni emas. Bu bobda 

biz  iqtisodiyotning  o`nta  tamoyillarining  yana  birini  o`rganishni  boshlaymiz: 

ba'zan  hukumat  bozor  faoliyati  natijalarini  yaxshilash  imkoniyatlariga  ega.  Biz 

bozorlar  resurslarni  samarali  taqsimlashda  nega  ba’zan  muvaffaqiyatsizlikka 

uchrashi, hukumat siyosati bozor taqsimotini potensial ravishda qanday yaxshilashi 

mumkinligi va qaysi siyosat shakllari eng yaxshi ishlashini ko`rib chiqamiz. 

Bu bobda ko`rib chiqiladigan bozor muvaffaqiyatsizliklari tashqi ta’sirlar deb 

ataluvchi  umumiy  turkum  ostida  bo`ladi.  Bir  kishi  faoliyati  boshqa  kishi 

farovonligiga ta'sir qiladigan va bunda bu ta'sir uchun na haq to`laydigan va na uni 

qoplay  oladigan  vaziyatda  tashqi  ta’sir  kelib  chiqadi.  Agar  kishiga  buning  ta’siri 

yomon bo`lsa, bu salbiy tashqi ta’sir deb ataladi. Bu foydali bo`lsa, u ijobiy tashqi 

ta’sir  deyiladi.  Tashqi  ta’sirlar  mavjud  paytda,  bozor  faoliyatining  natijalarida 

jamiyat  manfaati  bozor  ishtirokchilari  bo`lmish  sotuvchi  va  xaridorlar 

farovonligidan  ham  oshadi  hamda  bozorning  bilvosita  ta’sirida  bo`lgan  boshqa 



 

377 


kishilarning  farovonligini  ham  o`z  ichiga  oladi.  Sotuvchi  va  xaridorlar  talab  yoki 

taklif  hajmi  haqida  qaror  qabul  qilishda  o`z  faoliyatlarining  tashqi  ta'sirlariga 

beparvo bo`lganligi sababli, tashqi ta’sirlar bo`lganda bozor muvozanati samarali 

hisoblanmaydi.  Ya'ni,  muvozanat,  butun  jamiyat  uchun  umumiy  foydani 

maksimallashtirishga  imkon  bermaydi.    Masalan,  atrof-muhitga  chiqarilgan 

dioksin,    salbiy  tashqi  ta’sir  bo`ladi.  Qog`oz  firmalari  o`z  manfaatlaridan  kelib 

chiqib  ishlab  chiqarish  jarayonida  hosil  bo`ladigan  ifloslantirish  harajatini  to`liq 

ko`rib  chiqmaydi  va  qog`oz  iste'molchilari  ham  ular  xarid  qilish  to`g`risidagi 

qarorlari  natijasida  qo`shiladigan  ifloslantirish  harajatini  to`liq  ko`rib  chiqmaydi. 

Shuning uchun, hukumat buning oldini olmaguncha, firmalar juda ko`p chiqindilar 

chiqaraveradi. 

Bozor  muvaffaqiyatsizliklari  bilan  shug`ullanuvchi  siyosiy  chora-tadbirlar 

kabi tashqi ta’sirlar ham ko`p shakllarda keladi. Mana bir necha misol: 

 



Avtomobildan  chiqadigan  tutun  salbiy  tashqi  ta’sir,  chunki  bu  boshqa 

odamlar  nafas  oladigan  havoni  zaxarlantiradi.  Bu  tashqi  ta’sir  natijasida, 

haydovchilar  juda  ko`p  havoni  ifloslantiradilar.  Bu  muammoni  hal  qilish  uchun 

federal  hukumat  avtomobillar  uchun  ifloslantirish      me'yorlarini      o`rnatishga   

harakat      qiladi.        Bundan  tashqari,  haydovchilar  sonini  kamaytirish  uchun 

benzinga ham soliq joriy etadi. 

 

Tarixiy binolarni qayta ta’mirlash ijobiy tashqi ta’sir bo`ladi, chunki odamlar 



bu  yerda  aylanib  yurganda  bu  binolar  ifodalaydigan  tarix  hissi  va  go`zallikdan 

bahramand  bo`lishi  mumkin.  Bino  egalari  ta’mirlashdan  so`ng  to`liq  foyda 

ololmaydi  va  shuning  uchun  ham  tezda  eski  binolarni  tark  etadi.  Ko`pchilik 

mahalliy  hukumatlar  tarixiy  binolar  vayronalarini  tartibga  solish  va  ularni  qayta 

tiklash  bilan  shug`ullanuvchilarga  soliq  imtiyozlari  berish  yo`li  bilan  bu 

muammoni hal qilish uchun javob topadilar. 

 

Huruvchi itlar salbiy tashqi ta’sir paydo qiladi, chunki shovqindan qo`shnilar 



bezovta  bo`ladi.  It  egalari  shovqinning  to`liq  harajatini  ko`tarmaydi  va  shuning 

uchun  o`z  itlari  hurishining  oldini  olish  uchun  juda  oz  ehtiyot  choralarini 

ko`radilar.  Mahalliy  hukumatlar  "tinchlikni  bezovta  qilish"  ni  noqonuniy  deb  bu 



 

378 


muammoni hal qiladilar. 

 



Yangi  texnologiyalarni  tadqiq  qilish  ijobiy  tashqi  ta’sir  bo`ladi,  chunki  bu 

boshqa  odamlar  foydalanishi  mumkin  bo`lgan  bilimni  yaratadi.  Ixtirochilar  o`z 

ixtirolaridan  to`liq  foyda  olishi  mumkin  emasligi  bois, tadqiqot  qilish  uchun  juda 

kam  resurslarini  yo`naltirishga  moyil  bo`ladilar.  Federal  hukumat  ixtirochilarga 

cheklangan  vaqt  uchun  ularning  ixtirolaridan  maxsus  foydalanish  imkonini 

beradigan patent tizimi orqali qisman bu muammoni bartaraf etadi. 

Bu holatlarning har birida, ba’zi qaror qiluvchilar o`z xatti-harakatining tashqi 

ta'sirini  hisobga  olmay  qoladilar.  Hukumat  boshqa  odamlar  manfaatlarini  himoya 

qilish uchun bu xatti-harakatga ta'sir qiladi. 


Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   320   321   322   323   324   325   326   327   ...   384




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish