15.2 Narxlar diversifikatsiyasi
Narxlar diversifikatsiyasi haridorning daromadi, iste’mol hajmi va tovar
toifasiga qarab uch xil shaklga ega bo`ladi, ulardan har birini ko`rib chiqamiz.
Narxlarnikg haridorlar daromadiga qarab diversifikatsiyasi
Firma uchun eng ma’kuli o`zining xdr bir haridoriga harxil narx belgilashdir.
Agar imkon bo`lganda firma o`zining har bir haridori sotib oladigan harbir
buyumga uning pulini tulash mumkin bo`lgan maksimal narx belgilagan bo`lur
edi. Biz bu maksimal narxni haridorning zahiralangan narxi deb ataymiz. Har bir
haridor uchun zabiralangan narxni belgilash amaliyoti haridorning daromadiga
qarab narxning ideal diversifikatsiyasi deyiladi. Bu firma foydasiga qanday ta’sir
etishini ko`rib chiqmiz.
27
Robert S. Pindyck, Daniel L Rubinfeld. Microeconomics 7e ch11
314
Birinchidan, biz firma yagona narx (2-rasmdagi) R* narxni belgilagan paytda
olinadigan foydani bilishimiz kerak. Buni anshdtash uchun biz har bir qo`shimcha
ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot birligidan olingan foydani mahsulot
chiqarishning umumiy hajmi Q* bilan birgaliqaa qarashimiz kerak. Mana shu
qo`shimcha foyda chegarali daromad — ayiruv har bir mahsulot birligining
chegarali harajatlaridan iborat bo`ladi.
2-
rasm. Iste’molchi daromadiga bog`liq holda narxni mukammal
diversifikatsiyalashdan kelgan qo`shimcha foydaning chizma tasviri.
2-rasmda birinchi birlik maxsulot uchun chegarali daromad eng yuqori,
chegarali harajatlar esa eng past bo`lgan. Har bir qo`shimcha maxsulot birligining
cheklangan daromadi pasayadi, cheklangan harajatlar esa ortib boradi. Shuning
uchun firma umumiy hajmi Q* maxsulot ishlab chiqaradi, bunda chegarali
daromad chegarali harajatlarga teng bo`ladi. Maxsulotni Q* dan ko`p bo`lgan har
qavday miqdorda ishlab chiqarish chegarali harajatlarni chegarali daromadtsan
oshirib yuborgan va shunday qagsib, foydani pasaytirgan bo`lar edi. Jami foyda
har bir sotilgan maxsulot birligi keltiradigan barcha foyda summasi bo`lib 2-
rasmdagi chegarali daromad egri chizigi bilan chegarali harajatlar egri chizig`i
orasidagi chiziqlar tortilgan yuzada ifoda etilgan. Iste’molchi yutugi o`rtacha
daromad chizigi bilan haridorlar tulaydigan narx R* oraligida bo`lib, u yuqorida
uchburchak shaklida tasvirlangan.
Agar firma narxning mukammal diversifikatsiyasiga qo`l ursa, unda nima
bo`ladi? Har bir haridor uchun u tulay oladigan narx belgilanar ekan, chegarali
daromad egri chizigi endi firmaning qancha maxsulot ishlab chiqarish xaqadagi
315
qaroriga bogliq emas. Buning urniga har bir qo`shimcha maxsulot birligini
sotishdan kelgan qo`shimcha daromad narx funktsiyasining uzginasi bo`ladi, bu
narxga binoan esa tovarga pul tulanadi va natijada chegarali daromad egri chizigi
talab egri chizigiga mos keladi. Biroq, narx diversifikatsiyasi harajatlar tarkibiga
ta’sir etmaydi va har bir qo`shimcha birliqaagi maxsulotni chiqarish harajati
chegarali harajatlar egri chizishchda ifodalanadi. Demak har bir qo`shimcha
maxsulotni ishlab chiqarish va sotish keltirgan foyda endilikda talab bilan
chegarali harajatlar o`rtasidagi farqaan iborat bo`ladi. Talab chegarali
harajatlardan qancha ortiq bo`lsa, firma ishlab chiqarishni shungacha kengaytirib
foydani oshirishi mumkin. Firma ishlab chiqarish hajmi Q** ga erishmaguncha
shunday qaladi ham. Ishlab chiqarish hajmi Q** ga etganda talab chegarali
harajatlarga teng bo`ladi va ishlab chiqarishni yanada ko`paytirish foydani keskin
kamaytirib yuboradi. Jami foyda endiliqaa talab egri chiziga bilan chegarali
harajatlar egri chiziga orasidagi yuzaga teng bo`ladi. 2-rasmga qaraydigan bo`lsak
jami foytsa ancha ko`paydi. (Narxni diversifikatsiyalash keltirgan qo`shimcha
foyda chiziqaar tortilgan yuzaning ung tomonida kursatilgan). Shuni aytish joizki,
xdr bir haridor uchun u tulashga tayyor narx belgilanganligi sababli firma
iste’molchi yutugini butunlay uz kuliga kiritib oladi.
Biroq firma har bir haridor uchun alohida narx belgilay olishi amri mahol.
(Bu tovarning fakat bir necha haridori bo`lgandagina mumkin). Birinchidan, firma
odatda har bir haridor uchun rezervlangan narx qanday bo`lishini bilmaydi.
Ikkinchvdan, agar firma har bir haridordan tovarga qancha pul tulashga tayyor
ekanligini undan suragan taqairda ham vijdonan to`g`ri javobni ola bilmas edi.
Haridorning tovarni kimmat bo`lmagan narxda olishga tayyor ekanligini bayon
etishi uning manfaatlariga mos keladi. (Haridor shunday qapsa tovarga past narx
kuyishadi). Amalda narxning mukammal diversifikatsiyasi deyarli mumkin
bo`lmaydi. Biroq, gohida firmalar uz haridorlari uchun zabiralangan narxni
hisoblash asosida turli narxlarni belgilab, ideal diversifikatsiyani amalga oshirishi
mumkin. Bu shifokorlar, yuristlar, buxgalterlar yoki arxitekgorlar kabi
mutaxassislar uz holicha “firma” bo`lib, uz mijozlarini yaxshi bilgan taqairdagina
316
bo`lishi mumkin. Shunday bo`lganda bo`lg`usi mijozlar harid imkoniyatini
baholashi va differentsiyalashgan (farklangan) xizmat hakini o`rnatishi mumkin.
Masalan shifokor daromadi past, bemordan kam haq olishga rozi bo`ladi, chunki
uning imkoniyatlari oz. Ammo u daromadi ko`p va katta miqdordagi pulga
sugurtalangan kishidan ko`p pul talab qalishi mumkin. Buxgalterni olsak u o`z
mijozi uchun daromad soligi tulash xususida hisobot to`zishni tugallagan bo`lsa,
eng kulay ahvolda bo`ladi, chunki u mijoz xizmati uchun qancha pul tulay olishini
aniqoq belgilashi mumkin.
3-rasm shunday diversifikatsiyani namoyish etadi. Narx bozor sharoitida
shakllanganda edi, u R
4
darajasida o`rnatilgan bo`lar edi.
3-rasm. Iste’molchi daromadiga bogliq bo`lgan narx diversifikatsiyasidan amalda foydalanish.
Buning urniga oltita har xil narx belgilanib, ulardan eng kami bo`lgan R
6
chegarali harajatlar talab egri chizishni kesib utgan erda joylashgan. Shunday
vaziyatda R
4
, ga teng va undan yuqori narxda pul tulashga kshchir bo`lmagan
haridorlar yutib chiqatsilar, chunki ular har xolda tovarni harid etib, hech
bo`lmaganda qandaydir iste’molchi yutugiga erishadilar. Amalda, agar narxlar
diversifikatsiyasi etarli miqdordagi yangi haridorlarning bozorga kirib borishiga
imkon bersa, yalpi farovonlik ortadi va shunday qalib ishlab chiqaruvchi ham,
iste’molchi Ham yutuqaa erishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |