I. A. Axmedov, N. S. Saidxo‘jaeva


Tekis nurlanishdan yuzaga kelgan o‘tkir nur kasalligi



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/124
Sana20.03.2022
Hajmi3,29 Mb.
#503828
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   124
Bog'liq
dozimetriya kitob

Tekis nurlanishdan yuzaga kelgan o‘tkir nur kasalligi. 
Kasallik kechishining o‘ziga xos tomoni, uning to‘lqinsimon kechishi. Unda 
aloxida to‘qimalar sistemasida rivojlanuvchi 
o‘zgarishlar navbatma-navbat 
rivojlanadi. Guskova va Boysagolov o‘tkir nur kasalligini kechishida uch davrini 
tafovut qiladilar: nur kasalligining shakllanish, tiklanish, oqibat va asoratlar davri. 
O‘tkir nur kasalligining shakllanish davrida 4 faza tafovutlanadi: 
1.
Birlamchi reaksiyalar fazasi 
2.
Latent (yashirin), sog‘ayish fazasi 
3.
Klinik belgilarning yaqqol yuzaga chiqishi, kasallikning qizg‘in 
rivojlangan fazasi (faza razgara) 
4.
Dastlabki tiklanish fazasi. 
O‘tkir nur kasalligi kechishining og‘irligiga qarab IV darajasi tafovutlanadi: 
1.
Birinchi (engil) darajali nur kasalligi (1-2,5 Gr umumiy nurlanishdan 
rivojlanadi) 
2.
Ikkinchi (o‘rta) darajali nur kasalligi (2,5-4 Gr) 
3.
Uchinchi (og‘ir) darajali nur kasalligi (4-10 Gr) 
4.
To‘rtinchi (o‘ta og‘ir) darajali nur kasalligi (10-1000 Gr). 
O‘tkir nur kasalligi I-III darajasida zararlanuvchi kritik Sistema - gemopoez, 
asosan suyak iligi xisoblanadi va bu xollarda kasallikning xamma davrlari va fazalari
to‘liq kuzatiladi.
IV daraja o‘tkir nur kasalligida nur dozasiga bog‘liq holda me’da-ichak (10-20 
Gr) yoki markaziy asab tizimi kritik sistemalari zararlanadi va klinik alomatlar ich 
ketish yoki markaziy asab tizimi zararlanish belgilari – to‘xtovsiz qusish, xushdan 
ketish, talvasalanish bilan xarakterlanadi. IV daraja o‘tkir nur kasalligi klinik 
ahamiyatga ega emas – bemorlarning xammasi nurlashdan keyingi soatlar va kunlar 
ichida o‘ladi. Klinikada, IV daraja nur kasalligida oraliq forma, asab va ichak 
formalari o‘rtasida toksemik forma xam tafovut qilinadi. 
O‘tkir nur kasalligi birlamchi reaksiyalar fazasi.
Birlamchi umumiy reaksiya, 
nurlanish dozasi 2 Gr-dan yuqori bo‘lgan hollarda kuzatiladi, u 1-4 kun davom etadi. 


69 
Bu reaksiya – ko‘ngil ko‘tarilish, qusish, ishtaxa yo‘qolishi, og‘iz qurish, achchiq 
tam, bosh og‘rig‘i, darmonsizlik, uyqu bosishi kabi umumiy belgilardan iborat. 
Ko‘ngil ko‘tarilishi va qusishning paydo bo‘lish vaqti, qaytalanishi, davomliligi 
o‘tkir nur kasalligini og‘irlik darajasini ko‘rsatishi mumkin. Engil nur kasalligida 
nurlashdan 12-24 soat o‘tgach bir necha soat davomida ko‘ngil aynishi va bir-ikki 
marta qusish kuzatilishi mumkin. Nur kasalligining og‘ir formasida ko‘ngil 
ko‘tarilish va qusish dastlabki 1-3 soat ichida paydo bo‘ladi uzoq (3-4 kun) davom 
etadi, ko‘p marta qaytalanadi.
Nurlanishdan keyin, bemorda shokga o‘xshash holat kuzatilishi, arterial 
bosimning pasayib ketishi, qisqa muddatli xushdan ketishi tana haroratining 
ko‘tarilishi, ich ketishi, kasallikning o‘ta ohir kechishidan darak beradi. 
Bu davrda terida o‘tkinchi giperemiya, turli asab-reflektor buzilishlar mushak-
pay reflekslarining assimitriyasi, dermografizmning kuchayishi, miyaning bioelektrik 
aktivligini o‘zgarishi kuzatiladi. 
Periferik qonda birinchi kunlarda o‘ngga surilgan neytrofil leykotsitoz, absolyut 
va nisbiy limfotsitoponiya kuzatiladi. Nurlanishdan keyingi 2-3 kunda limfotsitlar 
soni yanada kamayadi va uning ko‘rsatgichi kasallikni oqibatini ko‘rsatishi mumkin. 
Limfotsitlar soni I daraja nur kasalligida 1000/mkl.(~20%), II daraja nurlanish 
kasalligida 500-1000/mkl (~10%) III-IV daraja nurlanish kasalligida > 500/mkl-ni 
tashkil etadi. 
Suyak iligi punktatida mielokariotsitlarning soni va mitotik indeksning keskin 
kamayishi, ko‘mik yosh xujayralarining yo‘qolib ketishi kuzatiladi. Maxsus sitologik 
tekshirishlar ko‘mikda degenerativ o‘zgarishli xujayralar sonining ortishini dastlabki 
soatlardanoq ko‘rsatadi. 
3-4 Gr dan yuqori dozalar ta’sir etganda, qonda giperglikemiya, bilirubinemiya, 
xloridlarning kamayishi, aminoatsiduriya kuzatiladi. 
Boshlang‘ich davr o‘zgarishlari nurning bevosita zararli ta’siri, nurga sezuvchan 
xujayralarda interfaza o‘lim, xujayra bo‘linishini to‘xtatishi, oqsillar parchalanishi va 
organizmda neyro-regulyator hamda gumoral bog‘lanishlarning buzilishining 
natijasidir. Bu reaksiyalar odamlarda yorqin namoyon bo‘ladi, etarli darajalarda 
itlarda ham kuzatilishi mumkin. Nurga nisbatan chidamliroq hayvon - quyonlar 12-15 
Gr doza ta’sirida (LD 100/30) nurlash paytida birlamchi reaksiyalardan o‘lishi 
mumkin. 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish