110
AES larida namunaviy va alohida buzilishlar.
AES larida namunaviy
buzilishlar loyihaviy, loyihaviy kam oqibat (xavfsizlikning uch to‘sig‘i buzilgan)
bilan va loyihadan tashqari bo‘ladi. AES ni normal
ishlatish deb uning barcha
loyihaviy ko‘rsatkichlar holatlari energiya ishlab chiqarish texnologiyasi, AESning
belgilangan quvvati, ishga tushirish va to‘xtatish, texnik xizmat ko‘rsatish,
ta’mirlash,yadro yoqilg‘i yuklanishi mos bo‘lishi tushiniladi.
Avariyaning loyihaviy sabablari bo‘lib xavfsizlikning
chegaralarini buzadigan
dastlabki ma’lumotlar hisoblanadi. Bu har bir agregatni loyihasida ko‘zda tutiladi.
Shuni hisobga olib AESning xavfsizligi quriladi. Loyixaviy avariyaning uchta turi
mavjud:
1)
xavfsizlik birinchi to‘sig‘ining buzilishi-issiqlik ajratuvchi elementlar
qobig‘i germetikligini buzilishi, bu issiqlik almashuvidagi o‘zgarish bo‘lishi mumkin;
2)
xavfsizlikning birinchi va ikkinchi to‘sig‘idagi buzilish.
Bunda
xavfsizlik birinchi bosqichi to‘sig‘idagi buzilish sababli radiaktiv moddalarni issiqlik
uzatuvchilarga tushishi va tarqalishi ikkinchini to‘xtatadi, qaysiki reaktor korpusini
hosil qiladi.
3)
xavfsizlikning barcha, uchta to‘sig‘ini buzilishi. Birinchi va ikkinchi
to‘siqdagi buzilishda issiqlik tashuvchi radiaktiv mahsulotlar
bilan atrof-muhitga
chiqishda uchunchi to‘siq – reaktorning himoya qobig‘i bilan tutiladi. Shunday qilib
barcha tuzilmalar, tizim va qurilmalar chiqindilarni zararsizlantirishni ishonchli
ta’minlashi kerak.
4)
loyihadan tashqari avariyalarga zanjirli
yadro reaksiyasini nazorati,
boshqarilishini buzilishi oqibatida issiqlik va yadro portlashlari yuz berishi kiradi.
Boshqarib bo‘lmaydigan reaksiyaning tez rivojlanishi oqibatida quvvat keskin oshib
ketadi va energiyani to‘plpnib qolishi sodir bo‘ladi, bu reaktorni portlash bilan
buzilishiga olib keladi.
Yadroviy avariyalar reaktor faol zonasidagi issiqlik
almashuvini buzilishigina
sababli emas, issiqlik ajratuvchi elementlarni (TVEL) o‘ta yuklanish natijasida kritik
massasini hosil bo‘lishi, ularni tashish va saqlashdagi xatolar sababli ham bo‘lishi
mumkin.
AES laridagi kutilmagan alohida xavfli loyihadan tashqari avariyalar er
silkinishlari, texnikalardagi avariyalar, terroristik harakatlar, harbiy harakatlar sababli
ham bo‘lishi mumkin. Ularning zararli oqibatini og‘ir natijalarni keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: