2. Amaliy xislati:
1) fikrining tiniqligi;
2) yangilikni qabul qila bilish;
3) tashabbuskorlik qobiliyati;
4) tashkilotchiligi;
5) o’z so’zi ustidan chiqa bilish;
6) puxtaligi va hokazo.
3. Professional xislati:
1) ishlab chiqarishni bilish;
2) kadrlarga e`tibor;
3) o’z malakasini oshirish;
4) ishbilarmonlik va hokazo;
Jamiyat va individning integratsiyalashuv jarayoni va ijtimoiy birliklarining turli tiplari ham mavjud bo’lib, bular:
1) guruh;
2) ijtimoiy institutlar;
3) ijtimoiy tashkilotlar va boshqalardan iborat.
Shaxsning asosiy sotsial sifatlari konkret sotsial guruhlar, jamoalar faoliyati va munosabatidan tarkib topadi. Shu sababli shaxsning sotsial sifatlari 3 ta kichik tizimdan iboratdir:
1. Shaxsning individualligi.
2. Shaxslararo munosabatlari.
3. Munosabatlar sub`ekti.
1. SHaxsning individualligi undagi xarakter, iroda, dunyoqarash, faoliyat jarayonidagi ba`zi bir xususiyatlar bilan belgilanadi. Undagi individual xususiyatlar uning amaliy faoliyatida namoyon bo’ladi.
2. Shaxsning shaxslararo munosabati, avvalo shu munosabatlar sistemasi elementlaridan biri ekanligini bildiradi. SHaxslararo munosabat shaxs rivojlanishining, uning komil inson sifatida tarkib topishining asosi sifatida xizmat qiladi, shu sababli shaxsning shaxslararo munosabatlar shaxsda insoniylik, poklik, rostgo’ylik, samimiylik kabi xislatlarning shakllanishida va takomillashuvida alohida o’ringa ega.
3. Munosabatlar sub`ekti. Shaxsning ijtimoiy munosabatlar sub`ekti sifatida mavjud bo’lishi uning shu munosabatlardagi sub`ekt sifatidagi maqomini belgilaydi.
Shaxs ma`lum sotsial xususiyatli hodisalarning oqibatigina emas, balki sababi hamdir. Har bir shaxsning sotsial sifatlari uning amaliy faoliyatining mazmun va xarakterini belgilaydi. Aynan faoliyat jarayonida kishi atrofdagi muhitning o’ziga xos xususiyatlarini ishlab chiqadi. Sotsial xususiyatlar shaxsning ichki holat ta`sirida uning faoliyatida o’rab turgan voqelikka shaxsiy munosabat sifatida namoyon bo’ladi. Sotsial xususiyatlar bu ma`lum sotsial muhit sharoitlarida individlar orasidagi o’zaro ta`sirlar jarayonida yuzaga kelgan aloqalar tizimidir. SHaxsnipg sotsial xususiyati kishining faoliyati, xatti-harakatida, uning sotsial sifati shaklida ko’rinadi. SHaxsning sotsial sifatlarini tashkil etuvchi elementlarga (shaxs sotsial maqsadi):
- o’z faoliyati jarayonida amal qiluvchi norma va qadriyatlar;
- foydalanadigan belgilar tizimi;
- o’z rolini bajarish va tashqi dunyoga nisbatan erkin harakat qilish uchun yordam beruvchi bilimlar majmuasi: bilim va qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |