Ikkinchi tomondan, hamma ijtimoiy fanlar doirasida guruh deganda, real mavjud kishilar birligi tushuniladi. Bu holatda odamlar umumiy belgilar, faoliyatlarining xilma-xilligi yoki biror shart, holatlar bilan birlashadilar va ma'lum ma'noda o‘zlarini mavjud birlik vakili ekanliklarini his qiladilar. Masalan, talaba o‘zini talabalar guruhining a'zosi sifatida his qiladi.
Ilmiy adabiyot bilan tanishish «sotsial guruh» terminini, birinchidan, juda keng qo‘llanilayotganligini, ikkinchidan turli hodisalarga nisbatan ishlatilayotganligini ko‘rsatayapti, qaysi nuqtai nazardan qarashlaridan qat'iy nazar, konkret ijtimoiy fan vakillari guruhlarni sotsial-iqtisodiy, sotsial-demografik, sotsial psixologik va boshqa guruhlarga ajratadilar.
Sotsial guruh tushunchasiga bu kabi yondoshuv terminlar lug‘atida ko‘p xillikka olib keladi, hamda «sotsial guruh» tushunchasining o‘zini ham noaniq tahlil qilinishiga sabab bo‘ladi.
Hozirgi kunda bu termin sotsiologiya va sotsial psixologiyada keng qo‘llanilmoqda. Lekin bu kategoriyaning nazariy tahliliga, uni boshqa sotsiologik tushunchalar bilan munosabatiga doir maxsus ilmiy ishlar yo‘q hisobi. Ko‘p sotsiologlar tomonidan «sotsial guruh»ga berilgan ta'riflar bir-biridan farq qiladi. Masalan, jamiyat sinfiy tarkibi o‘rganilayotganda, sotsial guruhni sinflar strukturasidagi element sifatida (sinflar-tabaqalar-guruhlar), sotsial strukturani tahlil qilish chog‘ida esa, bu tushunchani keng ma'noda, sinflar tushunchasi bilan bir ma'noda ishlatishadi.
Mana shulardan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni hal qilish kerak:
Birinchidan, «sotsial guruh» tushunchasini, uni shakllantiradigan holatlarini, uning chegarasini, uni qo‘llash imkoniyatini belgilaydigan nazariya sotsiologik asoslarni keltirish;
Ikkinchidan, tushunchaning aynan o‘zini aniq ifoda qilish;
Uchinchidan, «sotsial guruh» tushunchasini unga yaqin bo‘lgan jamiyat sotsial strukturasini ifodalaydigan tushunchalar sistemasi («sotsial birlik», «sinf», «sotsial tashkilot», sotsial to‘plam») bilan birga qarash kerak, chunki har qanday tushuncha butunlik doirasidagina natija berishi mumkin.
Hamma ilmiy terminlar singari «sotsial guruh» tushunchasi ham konkret tarixiy reallikka to‘g‘ri keladigan va uning muhim ahamiyatli xususiyatlarini aks ettiradigan nazariy, umumiy va mavhum tushunchadir. «Sotsial guruh» tushunchasining aniqlahning mushkul tomoni shundaki, real hayotda konkret sotsial guruhlar o‘zining tarixiy rivojlanish davomida paydo bo‘ladigan, o‘zgaradigan va barham topadigan individual xususiyatlarga ega bo‘lgan omma bilan murakkab birlikni namoyon qiladi.22 Bundan tashqari voqelikda hech bir sotsial guruh boshqalardan ajralgan holda o‘z-o‘zidai mavjud bo‘lmaydn. Ular boshqa sotsial guruhlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lib, bir-birlariga sezilarli ta'sir o‘tkazib turadilar. Mana shular «sotsial guruh» tushunchasini ta'riflashda muayyan qiyinchilik tug‘diradi.
Bizga ma'lumki, sotsiologiya fanining predmeti bo‘lib kishilarning ijtimoiy munosabatlari hisoblanadi. «Sotsial guruh» tushunchasi ijtimoiy munosabatlar sub'ektini (jamiyat-guruh-shaxs) aniqlashga hizmat qiladigan umumsotsiologik tushunchalar tarkibiga kiradi. Bu uchlikda, ya'ni jamiyat-guruh-shaxs munosabatida sotsial guruh «sintez qiladigan» tushuncha hisoblanadi. Alohida individ jamiyatga «qo‘shilishi» uchun, eng avvalo jamiyatdan ajralishi, individual xususiyatlardan tashqari, o‘zida sotsial xususiyatlarni shakllantirishi, aniqroq aytganda, har xil sotsial guruhdarga a'zo bo‘lishi kerak.
«Sotsial guruh» tushunchasini keyingi nazariy tahlilida «sotsial» tushunchasining asoslarini ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi. Aynan shu tushuncha hajmi va mazmunidan «sotsial guruh» tushunchasining mohiyati kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |