Jamiyat tuzilishlari
Totalitar jamiyat. Siyosiy boshqaruvning zo‘ravonlikka asoslangan sistemadir. Totalitar so‘zining ma'nosi, lotincha« totus — umumiy, butun, jamiki» degan ma'noni anglatib, jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mafkuraviy va hatto boshqaruvchi rahbar elitaning maishiy hayotini yakka lider («fyurer», «duche», «kaudilo» va h.k.) tomonidan o‘rnatilgan harbiy-byurokratik apparat tomonidan boshqarilishi tushuniladi. Totalitarizmning asosiy ijtimoiy kuchi shahar va qishloqlarda aholi tabaqasining sinfiy qiyofasini yo‘qotishidir lyumpen-proletariat, lyumpen-intelligensiya va h.k.) bo‘lib, ijtimoiy amorf holatiga ega bo‘lmagan, barcha ijtimoiy tabaqa va guruhlarning turmush tarzida muayyanlik va mulkka egalik to‘g‘risida hato fikr tug‘diradigan tuzumdir. Totalitarizm taraqqiyot jarayonini ko‘rsatadigan lyumpenizatsiya darajasi, jamiyatning ijtimoiy hayotini harbiylashtirib borishi natijasida «favqulodda holat» tamoyilini amalga oshirib boradi. Ijtimoiy hayotning bunday «tashkiloti» yuqorining tashabbusi va uni aktiv qo‘llab-quvvatlab turuvchi jamiyatning lyumpenizatsiyalashgan qismini ta'siri natijasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri terrorga olib boradi. Harbiy terrorning bunday shakli jamiyat tuzilishida «ijtimoiy tartib» modelini yaratadi. Totalitarizm sharoitida ijtimoiy munosabatlarning boshqaruvchi va hukmron kuchi zo‘ravonlikka asoslangan siyosat bo‘ladi, shuning uchun totalitar jamiyatning «siyosatlashuvi», jamiyatni muqarrar ravishda harbiylashuviga (militarizatsiya) olib boradi. Totalitar davlatning harbiylashgan munosabatlarini byurokratlashuvi natijasi, surunkali ravishda harbiy kuchlarni ishlatishga olib keladi. Totalitarizmning g‘oyaviy manbai, ijtimoiy munosabatlarni barcha sistemalarini «ko‘rsatma tamoyil»larni loyihalashtirilgan mushohada yo‘lini kimningdir «namunali» bo‘lgan utopik konsepsiyasiga asoslashadi. Totalitar tuzumga Jentile, Gitler, Mussolini, Stalin va bir qancha diktatorning ideologiyasini misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Avtoritar jamiyat (lot auctor-boshlovchi, asoschi, ijodkor, avtor, fikr, nigoh, hokimiyat, huquq va h.k.) demokratik bo‘lmagan siyosiy rejimga asoslangan va siyosiy ongning avtoritetga, umuman hokimiyat avtoritetiga bo‘lgan munosabatlarni aks ettiruvchi shaklidir. Avtoritarizm jamiyati qandaydir bir vaziyatda, nodemokratik yo’l bilan, totalitarizmning ba'zi bir elementlarini qabul qilgan holda, boshqa hech qanday «avtoritet»ni tan olmay, ushbu avtoritetlarga totmitaristik «urush e'lon qilib» vujudga keladi. Avtoritarizm patologik, ya'ni normal holatini yo’qotgan (o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish, maqtovlarga mahliyo bo‘lish) avtoritetga agressin muxlislik, o‘rta sinor namoyondalariga xos bo‘lgan ong shaklini aks ettiradi. Avtoritarizm o‘z ta'limotidan kelib chiqib ko‘rinmas qobiq ostida fashistik va diktatorlik rejimlariga zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |