Donishmandlar o‘gitlari
1.Vatan va vatanparvarlik egizak bo‘lib, ular qalbdagi barcha tuyg‘ularning hukmroni bo‘lmog‘i lozim. Ana shunday kishi el farzandi bo‘la oladi.
2.Agar joningni Vatanga fido qilolmasang, o‘zingni vatanparvar hisoblama. Chunki Vatan-jondan aziz.
3.Bola mehribon onasining beshikni quchoqlab aytgan allasini, ona-Vatan allasini eshitib kamol topadi.
4.Kishi unib-o‘sgan yurtiga, voyaga yetkazgan ota-onasiga va ta’lim bergan ustoziga har qancha ta’zim qilsa oz.
5.Ona-Vatandan ajralgan chin vatanparvar inson hamisha o‘z ona yurtiga tashnalik bilan intiladi.
6.Vatanimizning ozodligi va mustaqilligi uchun jon fido qilganlarning nomi el qalbida abadiy saqlanadi.
7.Bizning farzandlarimiz o‘z vatanparvarlik burchini o‘tasa, biz chin inson tarbiya qildik, deb faxrlansak arziydi.
2-topshiriq. O‘gitlarni o‘qing va ta’lim tilingizga tarjima qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |