Matn yuzasidan topshiriqlar
a) matnni o‘qing;
b) mazmunini so‘zlab bering; c) rus tiliga tarjima qiling;
d) matn yuzasidan savollar tuzing.
Eslab qoling!
O‘zbek tilida gapning odatdagi tartibida avval ega, gap oxirida kesim, ular bilan bog‘langan ikkinchi darajali bo‘laklar ularning orasida keladi.
Bu turfa olam
Alisher Navoiy o‘z davrida tilshunoslik fanining rivojlanishida juda katta xizmat qildi.
Navoiyning fikricha, til inson ruhiy faoliyatining natijasidir. Har bir jonivor ovoz chiqara oladi, lekin inson nutqining asosiy maqsadi - biror ma’noni ifodalashdan iborat. Inson aqlu zakovatigina so‘z orqali muloqot qilishga qodirdir.
Navoiy xorijiy tilni bilish inson uchun juda foydali ekanligini tashviqot qilgan, o‘zi fors va arab tillarini mukammal bilgan. Xalqparvar bobomiz turkiy tilning jamiyatdagi mavqeini tiklash, mamlakatda tillar teng huquqligini amalga oshirish uchun g‘amxo‘rlik qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |