1. Bog‘lovchili va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar sinonimimyasi



Download 76 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi76 Kb.
#495246

Qo'shma gaplar haqidagi sintaktik nazariyalar.
Reja :


1. Bog‘lovchili va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar sinonimimyasi.
2. Bog‘lovchilarning uslubiy vazifasi, ular orasidagi sinonimiya.
3. ergash gapning stilistik xususiyatlari.
4. Ravishdosh oborot va qo‘shma gap stilistikasi
5. Sifatdosh oborot va ergash gapli qo‘shma gap stilistikasi.
6. Murakkab qushma gaplar stilistikasi.
9. Murakkab sintaktik butunlik.

1. Bog‘lovchili va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar sinonimimyasi. Ushbu gaplarni solishtirib ko‘raylik: Vatan qo‘limizdan etakladi va biz g‘alaba qildik. Vatan qo‘limizdan etakladi-yu, biz g‘alaba qildik. Vatan qo‘limizdan etaklagani uchun, ...Vatan qo‘limizdan etaklab, ... Vatan qo‘limizdan etaklagach, ... Vatan qo‘limizdan etakladi: biz g‘alaba qildik.


Bu gaplar mazmun tomondan bir xil yoki juda yaqin: hammasida ham sabab-natija munosabati ifodalangan. Ular o‘zaro sinonimik gaplar qatorini yuzaga keltiradi va istalganidan foydalanish mumkin bo‘ladi. Lekin bu gaplar grammatik tomondan, ma`no ottenkasida ma`lum darajada bir-biridan farq qiladi: bu, avvalo, bog‘lovchilarda, ohangda, gaplar tartibida ko‘rinadi.
Ergashish yo‘li bilan hosil bo‘lgan qo‘shma gaplarning aksariyati ikki xil qo‘llanadi: bog‘lovchi orqali va bog‘lovchisiz — yolg‘iz ohang vositasida: Bilamizki, tinchlik urushni engadi.— Bilamiz: tinchlik urushni engadi.
Bog‘lovchili va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar avvalo uslub talabi bilan qo‘llanadi. Masalan, ilmiy nutqda faktlar qiyoslanadi, fikr isbotlanadi, narsa-hodisalar orasidagi mantiqiy bog‘lanish qayd etiladi: Agar ixtiro yoki ratsionalizatorlik taklifi bir necha shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa, ular sherik avtorlar bo‘ladilar va ularning har qaysilariga taklifni yaratishda avtor bo‘lganliklarini guvohlantiradigan hujjatlar olish huquqi beriladi.
Ayiruvchi bog‘lovchilar (goh, ba`zan, dam, yoki va b.) gap mazmunini yoki qo‘shimcha ma`noni tayin etishda muhim belgi sanaladi: Ba`zan ravon tug‘ilsa misra, ba`zan bir so‘z — soatlab mehnat. (J. J.)
Umumlashgan va qiyosiy munosabat ifodalovchi gaplarda nisbiy olmoshlar halqa vazifasini bajaradi, demak, bunday qurilmalar ham doimo bog‘lovchilar orqali shakllanadi: Nima eksang, shuni o‘rasan. (Maqol.)
Bo‘lishsizlik — inkor bildirgan gaplar ham bog‘lovchili qo‘llaiadi. Bu vaqtda na bog‘lovchisi ham o‘z vazifasida (qat`iy bo‘lishsizlnk, kuchaytirish), ham bog‘lovchi o‘rnida keladi: Na sen nazar qilding holimga bir bor, Na men ayta oldim senga biror so‘z. (A. 0.)
Hozirgi o‘zbek tili nutq uslublarining qariyb hammasida, ayniqsa badiiy va publitsistik asarlarda komponentlari hatto, faqat, yolg‘iz, -gina yuklamalari; ya`ni, masalan, ayniqsa, jumladan, shaxsan kabi kirish so‘zlar; deylik, demak, boshqacha aytganda, shunday qilib kabi fe`l-kirishlar, shu bilan birga, shunday qilib kabi birikmalar, emas to‘liqsiz fe`li va boshqalar yordamida bog‘langan qo‘shma gap tiplari ko‘p uchraydi. Bu vositalar, asosan, uslubiy vazifa bajaradi: ular orqali shakllangan qo‘shma gaplar miqdor-qurilishi jihatidan bog‘lovchili qo‘shma gapning u yoki bu tipiga (bog‘langan yo ergash gapli) o‘xshasa ham, mazmun-hukm nuqtai nazaridan o‘ziga xos ayrim tomonlari bilan ajralib turadi. Bunday gaplarda ayni bir fikr ikki sodda gap orqali berilib, ikkinchi qism birinchi gapda berilgan fikrga aniqlik kiritadi, izohlaydi; u yoki bu belgini ta`kidlash, kuchaytirish maqsadida u gap alohida zarb bilan aytiladi; fakt yo hodisalar solishtiriladi; nihoyat, badiiy va publitsistik asarlarda fikr tadrijiy rivojlantiriladi (gradatsiya): YAshagil, ketmonim, nonim, mehnatim, YA`ni ona-Vatan, senga tashakkur! (G‘.G‘.). Ilmiy nutqda esa ana shu ikki gap orqali umumiylik va xususiylik orasidagi nisbat ochiladi.
Bog‘lovchili qo‘shma gaplarda ifoda imkoniyatlari, bog‘lovchisiz qurilmalarga nisbatan, xiyla keng bo‘ladi. Jumladan, ergashtiruvchi bog‘lovchi orqali hosil bo‘lgan qo‘shma gaplarda biror stilistik ehtiyoj bilan ergash gapning o‘rnini o‘zgartish (inversiya) mumkin: Ona kulganda, olam yailarar.— Olam yasharar, ona kulganda.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar uchun quyidagi tip gaplarni kiritish mumkin:
1.Bosh gap tarkibida ko‘pincha ko‘rsatish olmoshlari (u,bu, shu) va ularning turli shakllari (uni, shuni va b.) bo‘ladi: Odatim shu: ishning chalasini yomon ko‘raman. Bunday gaplar og‘zaki nutqda ko‘p uchraydi.
2. Qo‘shma gap qismlarida antonimlar qo‘llanib, ular yorda-mida gaplar mazmuni aniqlanadi: YAxshi oshini eydi, yomon — boshini.
3.Ayrim gaplarda bo‘laklar takrorlanishi mumkin: Bunda bulbul kitob o‘qiydi, bunda qurtlar ipak to‘qiydi. (H. 0.)
4. Qo‘shma gapning birinchi qismi shunday mazmun ifodalab, shunday ohang bilan aytiladiki, undan keyin ikkinchi gap kerak-ligi aniq sezilib turadi: SHukur, befarzand emasman: ikki o‘g‘il-cham, bir qizim bor. (0.)
Badiiy nutqda bir necha sodda gap vositasida biror shaxsga tavsif berilsa yoki tabiat manzarasi chizilsa, ortiqcha belgiga o‘rin qolmaydi. Agar ular orasida har safar biror bog‘lovchi qo‘llayversak, ifodaga «ortiqcha» yuk bo‘ladi; ayrim bog‘lovchi takrorlanib qolsa, fikr g‘alizlashadi. Poetik asarda ritm, vazn talabi tufayli bog‘lovchiga sira ehtiyoj qolmasligi mumkin: Daryolar quriydi, nuraydi tog‘lar, Xazon bo‘lar hatto yam-yashil bog‘lar... Ona mehri yashar qalblar-da, Dillarni-dillarga umrbod bog‘lar...(H.O.)
Bog‘lovchisiz shakllangan qurilmalar mazmunan uzviy bog‘liq bo‘ladi; ular shunday tartibda joylashadiki, bir gap ikkinchisi uchun juda zarur elementga aylanadi, bir-birini talab qiladi. Ular orasidagi ohang esa ifodaga tasviriylik, obrazlilik, jonlilik kiritadi.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ta`siriy bo‘yoq, tasviriylik, jozibalilik kuchli bo‘ladi; ifoda ravonligi tufayli engil o‘qiladi.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar bog‘lovchili qo‘shma gaplarga sinonim bo‘lib, uslub tomondan ikki xil qo‘llanadi:
a) bog‘langan qo‘shma gapga teng keladigan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning qismlari payt bildirsa, ular orasiga biriktiruvchi bog‘lovchini, zidlik munosabati ifodalansa, lekin, ammo, biroq bog‘lovchilaridan birini (ba`zan -u, -yu, -da yuklamalarini) qo‘yish mumkin: Oftob so‘ndi, ufqda qip-qizil shafaq yondi. (S. Ahm.) — Oftob so‘ndi va ufqda qip-qizil shafaq yondi. Bulbul ketdi — gul qoldi;— Bulbul ketdi, lekin gul qoldi. Olam quyosh bilan yorug‘„ odam esa ilm bilan;— Olam quyosh bilan yorug‘, odam — ilm bilan. Bu gaplar mazmunan bir-biriga teng bo‘lib, ifoda va uslubda farq qiladi.
b) bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar ergash gapli qo‘shma gaplarga sinonim bo‘ladi: Otangiz bor: belingiz baquvvat, o‘g‘lim (0.) - Otangiz bor, shuning uchun belingiz baquvvat, o‘g‘lim. YUrt tinch — sen tinch.— YUrt tinch bo‘lsa, sen ham tinch.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ayrim mazmuniy munosabatlar xiyla umumlashib ketadi: Sen yana kelding, yasandi dunyo, Sahrolarga to‘shaldi gilam. (Qiyos uchun qo‘shma gapga aylantirish zarur).
2. Bog‘lovchilarning uslubiy vazifasi, ular orasidagi sinonimiya. Qurilmaning bog‘lovchiga qarab o‘zgaradigan variantlari: Ko‘nglimni zavq asir etdi-yu, yosh boladay har yon yugurdim. (H.O.). Ko‘nglimni zavq asir etdi va yosh boladay har yon yugurdim. Ko‘nglimni zavq asir etgach, yosh boladay har yon yugurdim .Ko‘nglimni zavq asir etib, yosh boladay har yon yugurdim. Ko‘nglimni zavq asir etgani uchun, yosh boladay har yon yugurdim. Ko‘nglimni zavq asir etganda, yosh boladay har yon yugurdim.
YUqoridagi har bir gapda stilistik ma`nolar (sabab, natija, holat, payt)ni ifodalash uchun turli bog‘lovchilardan foydalanilgan. Bog‘lovchilar ko‘proq kitobiy uslubga xosdir.
Va bog‘lovchisi, asosan, ikki sodda gap orasida keladi. Hamda, ham bog‘lovchilari nisbatan kam qo‘llanadi. Lekin publitsistika va badiiy nutqda, ba`zan ilmiy uslubda bu bog‘lovchining takroriy shaklidan foydalaniladi: Er ham soz, o‘g‘it ham yaxshi. (U.)
Ham bog‘lovchisi takror qo‘llanib, gapda inkor ma`nosi berilsa, uning o‘rnida na bog‘lovchisidan foydalanish mumkin: Na ota qoldi, na ona qoldi. Demak, na bog‘lovchisi bunday holda ham yuklama, ham bog‘lovchi vazifasini bajaradi.
Lekin, biroq, ammo bog‘lovchilari yordamida ko‘proq tazod (antiteza) hosil qilinadi: ey sen, buyuk shahar, muzaffar poytaxt, SHohi jahonlarni tuproqqa qording, Ammo menga yasab shunday taxt, Jahon shohi qilib ko‘tarding. (E. V.)
Bu bog‘lovchilar o‘rnida faqat, yolg‘iz, -u (-yu), -da yuklamala-ri, emas, bo‘lsa, esa fe`llari, balki so‘zi kelib, xilma-xil ma`-no bo‘yoqlari (kutilmaganlik, to‘siqsizlik, zidlik, ta`kid, kinoya, voqea-hodisalarning almashinuvi kabi) ifodalanadi. Bu hol so‘zlashuv, badiiy va publitsistik nutqda ko‘proq uchraydi.
-u (-yu), -da yuklamalari biriktiruv bog‘lovchilariga sinonim bo‘la oladi. Bu vaqtda qiyoslash, zidlik, tenglik, sabab, natija kabi ma`nolar anglashiladi: Mashina xo‘p yaxshi narsa-yu, o‘ziga yarasha uning ham nag‘malari bor-da. (S. A.) Ikki yil burungi eoqeani eslayman-u, vujudim titraydi. (Y. Sulaymon.) .
Demak, zidlov, biriktiruv, qiyos, inkor bog‘lovchilari orasida uslubiy vazifadoshlik bor. SHuning uchun hatto zndlik bildir-gan gaplarda ba`zan va bog‘lovchisi ham qo‘llanishi mumkin: Baxt axtarar va qora taqdir Mazax bilan qilar haqorat. (H.0.)
Hozirgi zamon poetik asarlarida, ba`zan prozada ham, xilma-xil uslubiy bo‘yoqlarni (ritorika, savol, ta`kid) berish uchun hatto bog‘langan qo‘shma gap qismlari orasida ergashtiruvchi bog‘lovchi vazifasida keladigan -chi yuklamasi qo‘llanmoqda: Bir chelak suv bo‘lib aylanar jahon, Men-chi, bir tomchiman o‘sha to‘lqin-da. (E. V.) Oftob olamni yaratgani rost, Ona-chi, odamni yaratgan zot. (J. J.)
Mumtoz adabiyotda ham, bugungi poetik va publitsistik asarlarda ham bir gapning o‘zida ikki va undan ortiq har xil ma`noli bog‘lovchilar qo‘llanib, uslubiy vazifa bajarganini ko‘rish mumkin: Agarchi ahli navodur vale ul oy boqmas. (N.) Lekin u kamroq topildi, garchi bisyor istadim (N.).
Bu faktlar sinonimiyaning bog‘lovchilar orasida ham kuchli ekanini ko‘rsatadi. Demak, bog‘lovchilarning yakka yoki qo‘shaloq, hatto uch marta qo‘llanishi ham muayyan-maqsad bilan bog‘langandir: ta`kid va zidlik ma`nosini berish uchun -u (-yu), -da yuklamalari bilan bir qatorda lekin, ammo, biroq bog‘lovchilari ham qo‘llanadi: Kolxozda ishlarim boshdan oshib yotibdi-yu, lekin kelmaslikka ilojim yo‘q. (As. M.)
Tenglik va zidlik ma`nolarini ifodalash uchun va, lekin (biroq, ammo) bog‘lovchilari yonma-yon keladi: Do‘sti sodiq yo‘q ekan, deb o‘rtanib kuyma va lek Mehr uyin keng ochsang, erkin, do‘st bo‘lur begona ham. (E. V.)
Tenglik va ayiruv ma`nolarini bir yo‘la berish uchun va, yo (yoki) bog‘lovchilari ishlatiladi: Ko‘l uzra oqqushlar parvoz etdimi Va yo o‘ylaringni olib ketdimi, Sochlaringni silab o‘tganda shamol? (E. V.)
Zaruriyat tufayli ba`zan, ayniqsa, so‘zlashuv uslubida ikki bir xil bog‘lovchi yonma-yon keladi: Ammo lekin, SHohistaxonim, vahima bo‘lib qolibsiz. (U.)
Xullas, bog‘lovchilarning o‘ziga xos mohiyati, gapda o‘z o‘rni va uslubiy vazifasi bo‘ladi. Badiiy adabiyotda, ba`zan publitsisti-kada teng bog‘lovchilardan oldin nuqta qo‘yib, ikkinchi gapni bosh harf bilan berish hollari ham uchraydi.
Ayrim fe`l shakllari (-gach, -ganda, -ib) o‘rni bilan biriktiruvchi bog‘lovchilar (va, ham, hamda) o‘rnida qo‘llanishi mumkin: Oradan o‘n yil o‘tdi va go‘zal Farg‘ona Borib tutasha oldi kommunizmga. (G‘. G‘.)
Hozirgi nutq janrlarida -gach, -ib shakllarining vazifasi ancha keng, Masalan, -gach, -ib shakllari uslub talabi bilan ba`zan ergashtiruvchi bog‘lovchilar (chunki, shuning uchun, -gani uchun va b.) vazifasini bajaradi: Farzandi bu erda student bo‘lgach, Otasi yashaydi tinch va osuda. (G‘. G‘.)
-gan (-kan, -qan...) shaklidan keyin kelib, payt bildirgan -da (kelishik shakli) o‘rnida turli ko‘makchilar (chog‘da, paytda, zumda, hamon, damda va (boshqalar) qo‘llanadi: Kreml’ kuranti zang urgan damda, Qon to‘la tepadi jonon yuraklar. (G‘. G‘.)
O‘xshatish ergash gapni o‘zaro bog‘laydigan vositalar ham bir-birining o‘rkini qoplaydi: -dek, -day, kabi, go‘yo, xuddi, yanglig‘, o‘xshab, bamisoli va boshqalar: Baxtimga o‘xshaydi yulduzlar, go‘yo Mening tuprog‘imda eng go‘zal bahor. (R. Parfi.)
Sabab ergash gapda qo‘llanadigan hamma bog‘lovchilar bir-birining sinonimi sanaladi: Baxtim bor, shuning uchun har narsa ko‘zimga go‘zal ko‘rinadi. Baxtim borki, .... Baxtim bor bo‘l-gani uchun, ... , Baxtim borligi sababli, ... ,Baxtim borligi-dan, ....
To‘siqsiz ergash gapni bosh gapga bog‘lovchi vositalar ham bir-biriga juda yaqin turadi, shunga ko‘ra ular o‘zaro almashinib qo‘llanilishi mumkin: Er ko‘pchib yotganiga qaramay, g‘o‘zani sug‘oraverishdi. Quyosh hamma erga baravar nur sochgan holda, bog‘da gul, cho‘lda yantoq ko‘karadi. (N.)
Zidlikni kuchaytirish uchun she`riyatda, ba`zan publitsistikada ana shu fe`l shakllari bilan bir qatorda afsus, baribir, qancha kabi modal so‘zlar, yuklama vazifasidagi ham bog‘lovchisi, ayrim olmoshlar qo‘llanishi mumkin: Olisda shaharlar vayron bo‘lishiga, odamlar o‘qqa uchishiga qaramay, bahor baribir odam-lar qalbiga allaqanday iliqlik olib keldi. (S. A.)
Og‘zaki so‘zlashuv uslubida fe`lning shart mayli, undan ke-yin aniq mayli takror qo‘llanib, to‘siqsiz ergash gap bilan bosh gap o‘zaro -ki yuklamasi yordamida bog‘lanadi: Xotin kishining yuragidan farzand dog‘i ketsa ketadiki, bunday gapning alami ketmaydi. (S. A.)
Demak, ayrim ergash gaplar mazmuni bilan ham, bog‘lovchi vo-sitalari bilan ham bir-biriga sinonim bo‘la oladi.
Ergash gaplarning ikkinchi bir tipi bosh gapga nisbiy-so‘roq olmoshlari yordamida bog‘lanib, g‘oyatda umumlashgan-qiyosiy mazmun munosabatlarini ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu olmoshlar qatoriga kim, nima, qaysi, qaer, qanday, qachon, qancha, nechta nechanchi olmoshlari, ularning turli shakllari yoki ko‘makchili holatlari kiradi.
Nisbiy olmoshlar ishtirokida shakllangan qo‘shma gaplar og‘-zaki so‘zlashuv uslubida kam (nisbatan) uchraydi: Katta arava kaysi yo‘ldan yursa, kichigi ham shu yo‘ldan boradi. Publitsistik va poetik nutqda esa bu olmoshlar yordamida shakllangan gaplar etakchi o‘rin egallaydi: Kim quyosh nurin nihon qildi, Badrni mis tabaq gumon qildi (Navoiy).
Nisbiy-so‘roq olmoshili qurilmalar hozirgi adabiy tilimizda ham keng tarqalgan. Nisbiy so‘roq olmoshlari, ayniqsa kim olmoshi o‘rnida klassik mavbalarda har kim, birov, ulki, kishi so‘zlari qo‘llanib, so‘roq olmoshining sinonimi vazifasini bajargan. Lekin ma`noda umumiylik ottenkasi saqlangan: Birovkim bir oyoq osh uchun qul, YUziga kerakdir qozonning qarosi. (N.) Ulki buyurib, o‘zi qilmag‘ay Va hech kimga foyda va asar aning so‘zi qilmag‘ay. (N.)
Qo‘shma gap va uning bog‘lovchilari bilan aloqador bo‘lgan masalalardan biri sodda gaplar tartibidir. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning o‘z o‘rni bo‘ladi. Bu o‘rin, ayniqsa, bog‘lov-chisiz qurilmalarda qat`iydir.
Sabab ergash gap bosh gapga -ki, uchun, shuning uchun, deb, -ga-nidan, sababli kabi vositalar yordamida bog‘lansa, har doim bi-rinchi o‘rinda keladi: Har kun ortar ko‘zlarimda nur, SHuning uchun yo‘q aslo g‘amim. (H. 0.)
Bog‘lovchi ergash gap uchun muhim belgidir. Bosh va ergash gap-larning mazmuniy munosabatini, ergash gaplarning tO‘rin i aniqlashda bog‘lovchilar ma`lum darajada rol’ o‘ynaydi. Bosh va ergash gaplarning o‘rni stilistik va logik talablarga ko‘ra o‘zgarishi mumkin, bunda mazmunga putur etmaydi. Hatto og‘zaki so‘z-lashuv uslubida fikran birinchy o‘ringa qo‘yilgan sodda gap, masalan, ikkinchi o‘rinda kelishi lozim bo‘lgan bosh gap birinchi o‘rinda qo‘llanadi va uslub tomondan o‘zini oqlaydi: egilganga egilgin, boshing erga tekkuncha. (Maqol.)
Poetik asarlarda esa vazn, qofiya, turoq kabilar talabi bi-lan bosh va erga.sh gaplarning o‘rin almashuvi (inversiya) tabiiy bir hol sanaladi. Hol ergash gaplarning deyarli hammasida inversiya hodisasi bor: Ulug‘ muallimdan men oldim o‘rnak, yulduz-lar quyoshdan nur olganidek. (A. 0.)
Bu hol ilmiy va publitsistik nutqda ham uchraydi: San`at asarining hammasi shu sababli badiiydirki, ulardan birorta so‘z, tovush yoki chiziqchani boshqasi bilan almashtirib bo‘lmaydi. (V. Belinskiy)
SHunday qilib, hozirgi o‘zbek tilida (qisman klassik asarlarda ham) ergash gap bosh gapga nisbatan to‘rt xil o‘rinlashuvi mumkin:
a) bosh gapdan oldin: Terlar oltin bo‘lib, oppoq baxt bo‘lib, Baraka qo‘shildi kuzda xirmonga. (M. Boboev.)
b) bosh gapdan keyin: Kishining holini so‘zidan bilish mum-
kin, chunki so‘z kishining ko‘nglidan xabar beradi. («Qobusnoma»
dan).
v) bosh gapning o‘rtasida: Ro‘zimat, kulgi bosilmasdan, so‘zini davom ettirdi. (A. Q.)
g) ergash gap bosh gapning ikki tomonida keladi: SHaraf qo‘l
yozmasi deb atalgan bu katta xatda, Bilib qo‘yki, azizim, Sening
ulug‘ noming bor. (G‘. G‘.)
Ergash gaplar tartibi erkinligining asosiy sabablaridan biri yozuvchi yo so‘zlovchining uslubidir: Er o‘rik emaski, o‘zi gullab, o‘zi meva bersa...
3. ergash gapning stilistik xususiyatlari. ergash gap semantik va stilistik tomondan muhim uslubiy vazifa bajaradi: berilgan gap mazuniga biror aniqlik kiritadi, biror muhim o‘rinni izohlaydi, umumiy tushunchani konkretlashtiradi, mazmunni to‘ldiradi; o‘rni bilan hatto zarur badiiy vosita (o‘xshatish, sifatlash, mubolag‘a kabi) sifatida qo‘llanadi.
Biror gapning to‘la shaklini, tugalligini va etakchi ma`nosini ko‘rsatishda ikkinchi darajali bo‘laklar o‘ziga xos mohiyat kasb etadi.
Solishtiring: Navoiy tug‘ildi. — Navoiy 1441 yilda Hirotda tug‘ildi.
Ergash gaplar haqida ham shuni aytishga to‘g‘ri keladi. Hozirgi o‘zbek tilining hamma nutq uslublarida «Nur borki, soya bor», «Odam borki, odamlarning naqshidir», «Sezdimki, rais xafa» tipidagi qurilmalar ko‘p uchraydi. Har ikki qismda ham ma`lum bir maqsad bor, har biri o‘ziga xos intonatsion tugallikka ega. Lekin uslub tomondan «Soya bor», «Odam bor», «Sezdim» gaplarida nimadir, juda zarur, hukmni oydinlashtirish ehtiyojini qondiradigan bo‘lak etishmaydi. Buni gaplarning mantiqiy yo‘nalishi ham, struktura ham, ifoda ham aniq ko‘rsatib turibdi; birinchi bosh gapga (Soya bor) sabab holi, ikkinchi bosh gapga (Odam borki) aniqlovchi, uchinchisiga (Sezdim) to‘ldiruvchi zarur.
Bosh gapda ifodalanmay qolgan biror bo‘lak o‘rnida ekvivalent tarzida biror ergash gap olinishi mumkin.
Ega o‘rnida: Hammaga ma`lumki (nima?), paxtaning sifati uning tezroq terib olinishiga ham bog‘liq.
Kesim o‘rnida: U ham dongdor. Paxtachilik institutida o‘qiy-di... Lekin Umarovdan farqi — u hali yosh. («S. Uzb.»)—Birinchi gapda (Umarovdan farqi) kesim, U hali yosh gapi bosh gapning farqi degan egasi uchun kesimlik funktsiyasini bajaradi.
To‘ldiruvchi o‘rnida: Sen sezdingmi (nimani?), bizning na-fasdan Koinotda otgan edi nur. (3.)
Aniqlovchi o‘rnida: Bir o‘lkaki (qanday?), tuprog‘ida oltin gullaydi. (0.)
Hol o‘rnida: Men osmonga qo‘l uzatganda, Sayyoralar qo‘nar kaftimga. (E. V.)
Bunday qurilmalarda bosh va ergash gaplar semantik jihatdan bir-birining zarur elementiga aylanadi: biri ikkinchisisiz qo‘llanmaydi.
Bular stilistikada parallel qurilmalar nomi bilan yuritiladi: Ko‘rdimki, komandir kelayotir.— Komandirning kelayotganini ko‘rdim. Sezdimki, daryo sayoz.— Daryoning sayozligini sezdim.
Badiiy va publitsistik nutqda nisbiy olmoshli qurilmalar ko‘p uchraydi. Bunda mazmun g‘oyat umumlashgan bo‘ladi. Bu vaqtda ergash gap shaxs, predmet, o‘rin, holat, sifat-belgilar orasidagi munosabatni qiyoslash, ularga ma`lum darajada aniq-lik kiritish uchun xizmat qiladi: Kim egri bo‘lsa, so‘zi ham to‘g‘-ri emas. (N.) Har kimki vafo qilsa, vafo topgusidir. (Bobir.) Kimiki mard erur, insof lozim. (Fuzuliy.) Qayga desang, qaytmay borurman. (H. 0.)— Birinchi ergash gap bosh gap uchun aniqlovchilik, ikkinchi ergash gap bosh gap uchun ega, uchinchi ergash gap (Kimiki mard erur) bosh gap uchun to‘ldiruvchi va to‘rtinchi ergash gap (Qayga desang...) bosh gap uchun o‘rin holi vazifasini bajargan.
Bosh gapda ifodalanmay qolgan bo‘lak o‘rnida ba`zan shu, shuni, u, unga, undan, u erda, o‘sha kabi ko‘rsatish olmoshlarini qo‘llash mumkin.
Bunday gaplar yoyiq sodda gapga aylantirilganda, ergash gap bosh gapning olmosh bo‘lagi o‘rnini egallaydi: Kim istasa saltanat saxovatdir anga shart. — Saltanat istaganga saxovat shart. (N.)
Albatta bu gaplar orasiga uzil-kesil tenglik qo‘yib bo‘lmaydi: hukmda, maqsadda yaqinlik bo‘ladi, lekin gap tarkibida, bog‘lovchilarda, demak, qo‘shma gap va yoyiq sodda gap orasida ayrim tafovutlar bo‘ladi.
4. Ravishdosh oborot va qo‘shma gap stilistikasi. Ravishdosh o‘ziga ergashgan so‘zlar bilan kengayib, quyidagi gap bo‘laklari bilan sinonimik munosabatda bo‘ladi:
1. Birikmali kesimlar bilan: Xotin uzoq yig‘ladi, eriga qattiq gapirganiga pushaymon bo‘ldi, o‘zini qarg‘adi, o‘lim tiladi.— ..eriga qattiq gapirganiga pushaymon bo‘lib, o‘zini qarg‘adi... (S. A.). Har ikki variant ham bir xil mazmun anglatadi. Lekin birinchi tip gaplar ko‘proq og‘zaki nutq uchun xosdir: unda harakat-holatlar ketma-ket qayd etiladi va sanash (tenglik) ohangi bilan aytiladi.
Ravishdosh oborotli gaplar esa ko‘proq badiiy va publitsistik nutqda qo‘llanib, ta`siriy tomoni va qo‘shimcha ma`nolari bilan ajralib turadi. Fe`l ravishdosh shaklida tur-sa, ikki xil vazifa bajaradi: a) dastlabki ma`no —harakag yo holatni bildiradi; b) asosiy fe`l-kesimdan anglashilgan ish-harakatning qaytarzda bajarilganini, sababini, paytini, zidlik va boshqa ma`no bo‘yoqlarini ham anglatib, bosh bo‘lak bilan relyativ (relyativ – nisbat, munosabat, belgi tushunchalarini bildiradi) munosabatga kirishadi: Farzand dog‘i har qanday irodali kishini ham bukib, yuziga ajin soladi. (S. A.) Ulug‘ yo‘ldan etaklab, maktabingga eltmoqchi. (G‘. G‘.)
Ma`no tomondan o‘zaro yaqin bo‘lgan ravishdoshlar yakka holda ham qo‘llanib, uyushadi; bunda fikr kuchaytiriladi, tadrijiy rivojlantiriladi: ey Farg‘ona, ey mushkul kunlar bolasini ti-ishda tishlab, yuvib, tarab, sevib, o‘pib, opichlab, ey baxtlarni balog‘atga etkazgan ona! (H. 0.)
Ravishdosh oborot o‘z tuzilishi bilan ayrim ergash gaplarga o‘xshab ketadi: ular orasida ba`zan sinonimiya hosil bo‘ladi, Bunday yoyiq strukturalarni bir oz o‘zgartish bilan ergash.gapli qo‘shma gap hosil qilish va, aksincha, ergash gapli qurilmalarni oborotli sodda gapga aylantirish mumkin: Nuri Gulnorni jo‘natgandan so‘ng, ancha vaqt xayol surib o‘tirdi. (0.) Gulnor jo‘nab ketgandan so‘ng, Nuri ancha vaqt xayol surib o‘tirdi
Bunday qurilmalarning o‘ziga xos mazmun va uslubiy xususiyatlari bo‘ladi, albatta. Ravishdosh kesim vazifasida kelsa, ega haqidagi tasavvurni ifodalaydi; oborot bo‘lsa, asosiy fe`lga bog‘lanib, turli holat ma`nolari anglashiladi.
Gap strukturasini o‘zgartish avtor uslubiga bog‘liqdir: Xo‘jlik terimni boshlab, o‘n ish kunida planni bajardi.— Xo‘jlik terimni boshlab, plan o‘n ish kunida bajarildi.— Xo‘jlik boshlanib, kolxoz o‘n ish kunida planni bajardi.
5. Sifatdosh oborot va ergash gapli qo‘shma gap stilistikasi. Tarkibida sifatdosh bo‘lgan qurilmalar va nisbiy olmoshlar yordamida shakllangan gaplar o‘zaro sinonimik qator hosil qiladi. Ular bir-birini taqozo etadi, mazmunda farq qilmaydi: Jahlni kechiktirgan yutar, ekinni kechiktirgan yutqazar. (Maqol.) — Kim jahlni kechiktirsa, u yutadi, Kim ekinni kechiktirsa, yutqazadi.
Lekin sodda gap shakllari ko‘proq og‘zaki so‘zlashuv uslubida, qo‘shma gaplar (kim, nima, qaer olmoshlari bilan kelgan tiplar) publitsistik va badiiy nutqda uchraydi.
YOyiq (murakkab) qurilmalarda bir xil shakllar (...-gan, ...-gan) takrorlanib qolmasin uchun, sinonim shakllar tanlash va ulardan eng muvofig‘ini qo‘llash uslub tomondan to‘g‘ri hisoblanadi: Ra`no ohistagina Anvar yoniga kelib, supaga suyandi, ikki qo‘li bilan iyagini ko‘tarib, oraliqdan Anvarning tahririga qaradi, Anvar ham muloyimgina kulimsirab, Ra`no-ga ko‘z qirini tashlab olgach, go‘yo iltifotsiz, yana qalamini qoralab, qog‘oz ustiga bir-ikki kalima yozdi, ammo uchinchi kalima-ga o‘tganda, qalami qo‘lida, o‘ylanib qoldi va boyagidek yonida-giga kulimsirab qaradi. Ra`noning ko‘zi ham unga to‘qnashib, bir oz bir-birlariga kulimsiragan holda tikilishdilar. (A. Qod.)
Sifatdosh shakllarni ortiqcha takrorlamaslik yo‘llaridan biri oborot o‘rnida ergash gapli qo‘shma gaplardan foydalanishdir.
Sifatdosh oborotlar bilan ayrim ergash gaplar orasida parallellik bor. Masalan, nisbiy olmosh yordamida hosil qilinadigan ko‘pgina ergash gaplar sifatdosh oborotlarga sinonim bo‘ladi: Bahorni yomon ko‘rgan odam qaldirg‘och uyasini buzadi.— Qim bahorni yomon ko‘rsa, qaldirg‘och uyasini buzadi.
Sifatdosh oborotlarni ergash gapga aylantirishning yana bir yo‘li bor: sifatdoshdan keyingi ot sifatdoshdan oldin qo‘llanadi va bosh kelishik shakli orqali predikativ aloqa hosil qilinadi: Qo‘yning izidan ketgan qo‘zi kabi, Orqangdan qolmasdan jo‘nadim jangga.— Qo‘yning izidan qo‘zi ketgan kabi, .... (H. 0.)
6. Murakkab qo‘shma gaplar stilistikasi. Abdulla Qodiriy «Mehrobdan chayon» romanida Ra`noning tashqi ko‘rinishini ta`rif-tavsiflash uchun birgina abzatsda 28 sodda gapdan foydalangan. Agar ayrim o‘rinlarda ishlatilgan nuqtani shartli belgi — uslub talabi bilan qo‘yilgan, deb faraz qilsak, ana shu sodda gaplar bir butun obrazning, go‘yo bir kartinaning tarkibiy qismlari sanalib, bizga chiroyli rasmning turli bo‘yoqlarini eslatadi: bir-birini muqoyasa qiladi, to‘ldiradi, izohlaydi; belgilar o‘xshatiladi; biri ikkinchisining sabab-natijasini ko‘rsatadi; orada yozuvchining his-tuyg‘ulari ham o‘rin oladi. Xullas, o‘zaro bog‘langan bir necha gap yordamida tugallikka ega bo‘lgan yaxlit bir manzara chiziladi, go‘yo o‘ziga xos bir insho yuzaga keladi.
Murakkab qo‘shma gaplar bir necha voqeani sanash maqsadida qo‘llansa, sanash ohangi bilan aytiladi. Ayrim o‘rinlar turli vositalar bilan ajratilsa, qayd etilsa, ohang bir oz ko‘tariladi: Kun botgan, tog‘lar ustidagi nafis bo‘yoqlar so‘ngan, lekin ha-li yorug‘; pastdagi soy, soyning u yuzidagi tor ko‘chalar, mash`um poliz, uzoqda, bog‘lar orasida, oqarib turgan maktab — hammasi, hatto to‘g‘on bo‘yidagi terak uchida —uyasida qo‘nib o‘tirgan lay-lakkacha aniq ko‘rinardi, go‘yo oftob so‘nishi bilan, qishloqni to‘sib turgan allaqanday parda ko‘tarilgan-u, hamma narsa. bo‘-lakcha bir tiniqlik kasb etgan. (O.YO.)
Murakkab qo‘shma gaplar orasidagi munosabat almasha boshlasa (tobelik tenglik bilan va, aksincha, teng ma`no tobelik bilan), ohang ham bir oz ko‘tariladi: Mehnat qanchalik og‘ir bo‘l-masin, Mashrablar turmushdan nolishmaydi, chunki ish og‘irlash-gan sayin, ular o‘zlarini frontga, urushda yurgan yigitlarga yaqinroq his etishadi-yu, vijdonlari qiynalmaydi, hatto yozdagi ko‘ngilsiz voqealar... eslaridan chiqadi, chunki front degan so‘z oldida bularning hammasi qandaydir juda mayda ko‘rinadi, faqat bir narsa yigitlarni sal qiynaydi: u ham bo‘lsa Gulchehra! (0. YO.)
Murakkab qo‘shma gaplar ba`zan og‘zaki so‘zlashuv uslubida ham uchraydi: Dunyoda nima yomon, desalar, o‘lim yomon, deb javob beradilar. Lekin, o‘g‘lim, o‘limdan ham yomon narsa bor: bu — obro‘ning to‘kilishi.
Murakkab qo‘shma gaplar publitsistik-poetik asarlarda, ayniqsa, keng tarqalgan. Fakt va dalillarni qiyoslash, tegishli xulosa chiqarish, ikki narsani qarama-qarshi qo‘yish kabi uslu-biy maqsadlar murakkab qo‘shma gaplar yordamida beriladi: Hayotimiz — daryo, tubida inju, Odamlar shu daryo tubida g‘avvos, Birov shodlik topar, boshqasi qayg‘u; Kim yashar, kim esa kun ko‘rar lohas. (S. Vohidov.)
Matbuot tilida, badiiy asarlarning publitsistik sahifalarida uchraydigan murakkab qo‘shma gaplarda voqealar sanaladi, muhim o‘rinlar izohlanadi, harakat-holatning natijasi ko‘rsati-ladi: So‘nggi paytda ishlar ancha yurishib ketdi; yozda chekilgan qiyinchiliklar, qilingan og‘ir mehnat behuda ketmadi: paxta yax-shi bo‘ldi, kolxoz rayonda ilg‘orlar safida boryapti: ayniqsa, Qizil Armiya fondagi 500 000 so‘m o‘tkazib, alohida tank zakaz etishga qaror qilingandan beri, kolxozning obro‘si oshib ketdi. (0. YO.)
Poetik asarlar ichida H. Olimjonning «O‘zbekiston» she`ri, e. Vohidovning «O‘zbekiston» faxriyasi, A. Oripovning xuddi shu nomdagi balladasi va boshqa she`rlar murakkab qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni tanlash va mutanosib joylashtirish san`atining eng yaxshi namunalari sanaladi.
Qo‘shma gaplarning mohiyati va stilistik qimmati ulardati sodda gaplarning soni bilan emas, ularning mantiqan to‘g‘ri tan-lanishi, tartibi, bog‘lovchilarni me`yorida qo‘llash, bunda bog‘lovchi sinonimlardan foydalanish kabilar bilan o‘lchanadi.
Demak, qo‘shma gap,avvalo, mazmunan bir-birini taqozo etuvchi sodda gaplar yig‘indisidir: ular o‘zidagi ma`no orqali bir-biriga bog‘lanadi.
Ba`zan sodda gaplarning «tasodifiy» tizmasidan hosil bo‘lgan, mantiqan bir-biriga mos tushmaydigan qismlardan tuzilgan qo‘shma gaplar hozirgi adabiy til uslublarida uchrab turadi: Va.~ tanga munosib farzand bo‘lamiz, Janglarda chiniqdik, o‘qiymiz-a`lo; Dengizda suzamiz, ko‘kda uchamiz. Mehnatda toblandik,. yurt der tasanno! («YOshlik daftari», I tom, 32- bet.)
Qo‘shma gap tuzishda uchraydigan asosiy stilistik xatolar quyidagilardan iborat:
1.Mazmunan va mantiqan mos bo‘lmagan gaplar qatori tuzilib, qo‘shma gap sifatida beriladi: YAngi hosillarga baraka bo‘lib, Qor yog‘sin dalaga, shudgorga qishda; Uqituvchilarga, o‘quvchi-larga g‘alaba tilaymiz o‘qishda, ishda. (U.)
2.Gap bo‘laklari va bosh gap bilan ergash gap o‘rnini noto‘g‘ri belgilash, bunda harakat yo holatning bo‘lish navbatini hisobga olmaslik: Tog‘lar boshi oqarib, tong ota boshladi. (U. Ismoilov.) Bu gapda tong otishi bilan bog‘langan hukm birinchi o‘rinda ifoda etilishi kerak.
3.Bog‘lovchilarni ortiqcha yo o‘rinsiz qo‘llash, hatto ayrim oborot yoki gaplarni zo‘rma-zo‘raki qo‘llash natijasida ifodada g‘alizlik yuzaga kelishi mumkin: Hikmat ikki yildan beri maktab devoriy gazetasini o‘z rasmlari bilan bezatadi. Bu unga yot emas. Bolalar: «Qoyil qilibsan-ku, Hikmat!» — desa ajablanmaydi, chunki buning nimasiga ajablanadi: o‘zi ko‘rib yurgan narsalarni chizyapti. (SHuhrat. «Eskiz» hikoyasidan.)—Bu gapda ikkinchi sod-da gap va chunki bog‘lovchisi ortiqcha.
4.Bog‘lovchilarni tanlashda mantiqiy amallarga rioya qilmas-lik. To‘g‘ri, she`riyatda ba`zan hijo talabi tufayli ikkita bir-biriga zid bog‘lovchi bir o‘rinda qo‘llanadi: Va lekin shu fur-satda qalbimda hasrat bilan Uzbegim diyorining kechmishini o‘y-layman. (E. V.) Prozaik asarlarda esa shunday qilish xato sanaladi: U juda mung‘ayib qoldi va lekin shartta orqasiga buri-lib, o‘z pulemyoti qoshiga kelib cho‘kdi. (S. Muqanov. «Qahramon qiz», S. Xudoyberganov tarjimasi.)
5.Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ayrim bo‘laklar takrorlanadi.: Eridan ayrilgan etti yil yig‘lar, elidan ayrilgan o‘lguncha yig‘lar.— Bu gapda kesim takrorlangan, uslub tomondan bu takror o‘rinli hisoblanadi. Ammo quyidagi takror uslub tomondan o‘zini oqlamagan: Alimardonning qo‘llari pardadan pardaga engilgina ko‘char, toshqin sadolar engilgina ko‘char edi. (U. H.)
6. Vazn, qofiya, turoq, gradatsiya talabi bilan bo‘ladigan takror uslub tomondan o‘rinli sanaladi. Lekin biror maqsadsiz kaytarilgan shakllar nutqni og‘irlashtiradi, ifoda ta`sirini susaytiradi, quloqqa yoqimsiz eshitiladi: Yig‘lab-yig‘lab charchagan Rahbarxon qizargan ko‘zlarini chaman bo‘lib ochilgan o‘rik gullariga tikib, ayvonda o‘tirar edi. (H. No‘`mon.) — Bu gapda sifatdosh va ravishdosh shakllarining uch martadan qaytarilishi ifoda-uslub me`yorlariga bir oz putur etkazgan.
9. Murakkab sintaktik butunlik. Akademik V. V. Vinogradov qayd qilganidek, «Stilistik sintaksisning butunlay yangi sohasi paydo bo‘lib, uning asosini murakkab sintaktik butunlik qurilishi masalalari tashkil qiladi».
Gapning real «hayoti» bog‘lanishli nutq oqimida namoyon bo‘ladi. Matndan ajratib olingan gap grammatik mustaqilligini saqlasa ham, matndagi boshqa gaplar bilan bog‘liq bo‘lgan fikriy tugalligini yo‘qotadi. Nutq oqimidan ajratib olingan gaplarning fikran mustaqilligi nisbiydir.
Fikran va sintaktik jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan gaplar birlashmasi murakkab sintaktik butunlik deyiladi. Bunda fikr gapga nisbatan to‘liq ifodalanadi. Bu butunlik konmatn tarkibida fikran gapga xos bo‘lmagan mustaqillikka ega bo‘ladi. Uning komponentlari orasida pauza qo‘shma gap komponentlari orasidagiga nisbatan cho‘ziqroq bo‘ladi, kesimlari esa mustaqil shaklda bo‘ladi.
Nutqda gaplarning o‘zaro bog‘lanishi asosan oldingi gapdagi biror bo‘lakni keyingi gapda takrorlash, oldingi gap struktura qismlarini keyingi gapda kengaytirish orqali yuz beradi: YAngi Toshkentim ko‘chalarini, osmono‘par binolarini, so‘lim xiyobonlarini zavq bilan tomosha qilib, ajib koshona qarshisida bir zum to‘xtayman. Oppoq marmardan tiklangan chinniday qasr. Bu binoni qo‘li gul ustalar, mo‘`jizakor naqqoshlar yaratishdi. Qadoq qo‘l imoratsozlar va mohir muhandislar unga ko‘rk va fusun baxsh etdilar. Ittifoqimizning turli shaharlaridan kelgan qon-qardoshlarimiz bu qasrni biz bilan birga qurishdi. Bu bino poytaxtimning ayni markazida — Toshkent yuragida qad ko‘tardi. U SHarq quyoshi nurlariga cho‘milib, oppoq tovlanib turibdi. (R. F.)
Bu matnda 7 ta gap bo‘lib, ular fikran va grammatik jihatdan bog‘lanib, murakkab sintaktik butunlik tashkil qilgan. Buning tarkibidagi har bir gap grammatik jihatdan tugal, fikran esa tugal emas. Masalan, 3-gap (Bu binoni qo‘li gul ustalar, mo‘`jizakor naqqoshlar yaratishdi) ni olib ko‘raylik. Bu gapdagi bu binoni qurilmasining ma`nosini anglash uchun oldingi gaplar kerak bo‘ladi. Har bir gapda takrorlanib kelgan bo‘laklar: qasr, bu binoni, unga, bu qasrni, bu binoni, u, bu bino, uni gaplarni logik va grammatik jihatdan o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qilgan. Ko‘rinadiki, murakkab sintaktik butunlik komponentlarining bog‘lanishida leksik takror, olmoshlar muhim rol’ o‘ynaydi.
Murakkab sintaktik butunlik o‘ziga xos kompozitsion tuzilishga zga. Uning komponentlari turli vaziyatda bo‘ladi. Odatda, uning birinchi komponenti ancha mustaqil bo‘lishi bilan boshqa-laridan farq qiladi. Bu gap boshlovchi bo‘lib, murakkab sintaktik butunlikni tashkil qiluvchi sintaktik markaz hisoblanadi. Keyingi gaplar fikrning rivojlanishini ifoda qiladi. Oxirgi gap esa tugallovchi bo‘lib, ko‘proq xulosa, natija, yakun ifodalaydi. Quyida ilmiy va badiiy matndan misol keltiramiz:
Adabiyotlarda -lar ko‘p ma`noli bitta affiks sifatida tal-qin qilinadi. Bunday yondashuv tarixiy-etimologik nuqtai na-zardangina to‘g‘ri. Hozirgi tilning grammatik sistemasidan kelib chiqsak, yagona -lar affiksiniki deb keltiriladigan ba`zi ma`nolar ham mazmunan, ham vazifada mustaqilligini ko‘ramiz. Ana shunday ma`nolardan biri — hurmat ma`nosi. Misollarni tahlil qilish ko‘rsatadiki, hurmat ma`nosini ifodalovchi -lar alohida affiks deb, son kategoriyasi va egalik kategoriyasi sistemasidan tashqarida turuvchi mustaqil forma deb qaralishi lozim. (SH. Rahmatullaev.)
Ona-bola o‘z yurtlariga piyoda sekin-asta etib olish niyatida yo‘lga chiqdilar. Ular bog‘lar, chorbog‘larni oralab, katta dala yo‘liga chiqdilar. Biroq yo‘l-yo‘lakay onaning dardi zo‘raydi. YUrgan sari ko‘z oldi qorong‘ilashib, oyog‘i tola boshladi. U yo‘l chetlariga o‘tirar, dam olar va hol yig‘ib o‘ziga kelgach, yana turib harakat qilar edi. Lekin uzoq yurolmadilar. Buviniso harsillab, oyoqda turolmaydigan bo‘lib qoldi. (P. T.)
Murakkab sintaktik butunlik intonatsion jihatdan ritmik-intonatsion butunligi bilan xarakterlanadi: bir murakkab sintaktik butunlik ikkinchisidan gaplar orasidagi pauzaga qaraganda cho‘ziqroq pauza bilan ajratiladi.
Murakkab sintaktik butunlik logik butunlikni ifodalaydi. Odatcha, bog‘lanishli nutqdan ajratib olingan hukm fikrni to‘liq ifoda etolmaydi. Har bir hukmning dialektik tabiati shundaki, u struktura jihatidan tugal, fikran esa notugal xarak-terda bo‘ladi. Fikr rivoji o‘zaro bog‘liq bo‘lgan hukmlar yig‘indisi orqali ifodalanadi. Bunda hukmlar ularning komponent-larini takrorlash orqali bog‘lanadi. Bu vaqtda oldingi hukmning predikati keyingi hukmning sub`ekti yoki, aksincha, oldingi hukmdagi sub`ekt keyingi hukmda predikat vazifasida keli-shi mumkin. Mana shu asosda fikrlar bir tomonlama rivojlanayotgan logik butunlikka birlashadi. Bu ham xulosa kabi fikr shaklidir.
Murakkab sintaktik birliklarni o‘rganish juda ko‘p sintaktik tushunchalarimizni, birinchi navbatda gap haqidagi tushunchalarimizni kengaytiradi, chuqurlashtiradi. Gapni nutqning kichik birligi sifatida o‘rganishdan tashqari, murakkab sintaktik butunlikning komponenti sifatida o‘rganish uning dialektik tabiatini ochishga yordam beradi: bir tomondan, uning fikran nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan model’ ekanligi, ikkinchi tomon-dan esa murakkab sintaktik butunlikdagi boshqa gaplar bilan ham fikran, ham grammatik jihatdan bog‘liq ekanligi angla-shiladi.
Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish