C) - Quyidagi ifodalardan qaysilari kimyoviy elementga, qaysilari oddiy moddaga tegishli?
___ a) Azot havoga nisbatan yengilroq.
___ b) Vodorod molekulasida ikkita atom bor
___ c) Kislorodning tarkibi massalari 16,17 va 18 m.a.b. ga teng bo`lgan izotoplardan tashkil topgan
___ d) Ftor II davrning VII guruhida joylashgan
___ e) Kislorod havo tarkibiga kiradi;
___ f) Kislorod oksidlar tarkibiga kiradi;
___ g) Kislorod yonish reaksiyasida qatnashadi;
___ h) Kislorod ozon hosil qiladi;
___ i) Vodorod kislotalar tarkibiga kiradi.
___ j) suv tarkibida vodorod bor;
___ k) baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi;
___ l) nitrat kislota tarkibiga kislorod kiradi;
___ m) kislorod qaytaruvchi va oksidlovchi bo`lishi mumkin
___ n) inson organizmida natriy va fosfor bor;
___ o) vodorod davriy jadvalda ham I guruhda, ham VII guruhda joylashgan;
___ p) bor qattiq modda;
___ q) borda ikkita elektron qavat mavjud
___ r) qorgoshin suvda erimaydi;
___ s) soch tarkibida azot bor;
___ t) uglerodning yadro zaryadi +6 ga teng;
___ u) qon tarkibida temir bor;
___ v) gazometrga xlor yig`ilgan;
___ w) kislorod suvda yomon eriydi;
___ x) suv gazi tarkibiga vodorod kiradi
D) Test mashqlari.
1. Quyidagilardan qaysi biri jism?
A) Temir B) Mis C) Pichoq D) Tuz
2. Quyidagilardan qaysi birlari modda?
1) qoshiq 2) shakar 3) bor
4) suv 5) shtativ 6) shisha
A) 1,2,4,6 B) 2,3,4,6 C) 4,5 D) 2,4,6
3. Quyidagi qaysi o’zgarish noto’g’ri bajarilgan?
A) 2,45 g = 2,45∙103 mg
B) 2 mm = 2·10-3 m
C) 2,5 dm3 = 250 ml
D) 37°C = 310°K
4. Quyidagi qaysi qisqartirish noto’g’ri amalga oshirilgan?
A) 1,358 → 1,36 B) 1,657 → 1,66
C) 18,439 → 18,45 D) 0,0786 → 0,079
5. O’zgarishlardan qaysilari to’g’ri amalga oshirilgan?
I. 0,0021 = 2,1∙10 -3
II. 1,82∙10 -4 = 0,00182
III. 0,035∙108 = 3,5∙106
IV. 2,61∙104 = 26100
A) I,II,III B) I,II,IV
C) I,III,IV D) I,II,III,IV
6. Kimyoviy toza bo’lgan moddani aniqlang.
A) olmos B) dengiz suvi
C) generator gazi D) benzin
7. Quyidagilardan kimyoviy toza moddalarni belgilang.
A) bronza B) tabiiy gaz
C) havo D) soda
8. Qanday yol bilan osh tuzi eritmasidan tuzni ajratib olish mumkin?
A) Filtrlash yoli bilan
B) Buglatish yoli bilan
C) Magnit yordamida
D) Ajratish voronkasi bilan
9. Moddalarni qattiq holatdan suyuqlanmasdan bug holatiga otib ketish hodisasiga ...................... deyiladi.
A) kondensatlanish B) sublimatlanish
C) dissosiyalanish D) konveksiyalanish
10. Sublimatsiya xossasiga ega bolgan birikmalarni ko`rsating.
I Iod kristallari II Muz
III CO2 (qattiq) IV Osh tuzi
A) I, II B) II, III C) I, III D) II, IV
11. Quyida moddalarning suyuqlanish va qaynash temperatura-lari berilgan. Unga ko'ra xona temperaturasida ( 20oC ) qaysi modda qanday agregat holatida boladi?
Modda
|
s.t. (°C)
|
q.t. (oC)
|
A
|
- 160
|
- 10
|
B
|
35
|
130
|
C
|
10
|
90
|
A) A qattiq, B suyuq, C gaz
B) A gaz, B suyuq, C qattiq
C) A gaz, B qattiq, C suyuq
D) A gaz, B va C suyuq
12. Suyuq holatdagi moddalar .............. .
A) molekulalari zich, hususiy hajmga ega, lekin shakli yoq, bolgalanadi, turgun
B) molekulalari zich, hususiy hajmga ega, lekin shakli yoq, bolgalanmaydi va siqilmaydi, oquvchan
C) molekulalari zich, hususiy hajmga va shaklga ega, bolgalanadi, turgun
D) molekulalari siyrak, hususiy hajmi va shakli yoq, siqiladi, uchuvchan
13. Qaysi hususiyat gazlarga taalluqli emas?
A) molekulalari orasidagi masofa katta
B) bolg’alanmaydi, lekin siqilishi mumkin
C) hajmi umuman yo’q
D) molekulalari siyrak, tartibsiz
14. 750 ml.li plastik idishdagi “MIRA” – kunga-boqar moyi massasini aniqlang. (p = 0,86 g∙sm-3)
A) 645 B) 750 C) 800 D) 872
15. 224,6 g massali silindrga 40 ml suyuqlik quyilgandan keyin uning massasi 256,2 g keldi. Suyuqlikning zichligini toping. (zichlikni topish formulasi - ρ = massa / hajm )
A) 1,26 g/ml B) 0,79 g/ml
C) 0,72 g/ml D) 0,95 g/ml
16. Quyidagilardan fizikaviy hodisani aniqlang.
A) sutdan qatiq olish B) shamning yonishi
C) muzning erishi D) temirning zanglashi
17. Quyidagilardan kimyoviy hodisani aniqlang.
A) havodan azot olish B) sutning achishi
C) misning suyuqlanishi D) shamning erishi
18. Quyidagilardan qaysilari fizikaviy jarayon hisoblanadi.
1) sumalakning erishi.
2) sumalak pishirish.
3) temirning zanglashi.
4) kisloroddan ozon olish
5) havoni suyultirib kislorod olish.
6) suvni elektrolizidan kislorod olish
A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 1,5 D) 1,2,5,6
19. Quyidagi jarayonlardan kimyoviy hodisani aniqlang.
1) oltingugurtni suyuqlanishi.
2) oltingugurtning yonishi.
3) shisha pishirish.
4) shishani maydalash.
5) shakarning erishi.
6) shakarning komirlanishi.
A) 1-2-3 B) 2-4-5 C) 1-4-5 D) 2-3-6
20. Quyidagilardan qaysilari kimyoviy jarayon?
1) qo`rg`oshining suyuqlanishi
2) temirning xlorlanishi
3) kalsiy karbonatning parchalanishi
4) kislotadan vodorodning siqib chiqarilishi
5) iodning sublimatlanishi
6) osh tuzining suvda erishi
A) 2,3,4 B) 2,3,4,6 C) 1,2,3,4 D) 3,4,5,6
21. Quyidagilardan qaysilari fizikaviy jarayon?
a. muzning erishi
b. magniyning xlorlanishi
c. sutning achishi
d. naftalinning sublimatlanishi
e. metanning yonishi
A) a,d B) b,c,e C) a,c,d D) faqat a
22. Atomning tarkibini ifoda qiladigan tolaroq tarifini korsating.
A) kimyoviy moddaning barcha xossalarini ozida saqlovchi eng kichik zarracha.
B) Musbat zaryadli yadro va uning atrofida aylanuvchi elektronlardan iborat elektroneytral zarracha.
C) Kimyoviy jihatdan bo`linmaydigan eng kichik zarracha.
D) Yadro zaryadi bir xil bo`lgan atomlar to`plami
23. Molekula bu ..
A) Kimyoviy jihatdan bo`linmaydigan eng kichik zarracha.
B) Musbat zaryadli yadro, manfiy zaryadli elektronlardan iborat.
C) Moddaning barcha kimyoviy hossalarini o`zida saqlovchi eng kichik zarracha.
D) Turli kimyoviy element atomlaridan tuzilgan modda.
24. Atom-molekulyar talimotga mos tariflarni aniqlang.
1) barcha moddalar molekulalardan iborat bolib, ular toxtovsiz harakatda boladi.
2) molekulalar esa atomlardan iborat, atomlar harakatsiz boladi.
3) oddiy moddalar molekulalari bir kimyoviy element atomlaridan, murakkab moddalarning molekulalari esa turli kimyoviy element atomlaridan tashkil topadi.
4) molekulalar ortasida ozaro tortishish va itarilish kuchlari mavjud.
5) kimyoviy reaksiyalar paytida molekulalar saqlanmaydi, lekin ularni tashkil qilgan atomlar saqlanib qoladi
A) 1,3,4 B) 1,2,4 C) 1,3,4,5 D) 2,3,4,5
25. Molekula togrisidagi notogri fikrni aniqlang.
A) Molekula atomlardan iborat, atomlar ham molekulalar singari toxtovsiz harakatda boladi.
B) Molekulalar tarkibi fizikaviy jarayonlarda ozgarmay qoladi
C) Molekulalar doimo harakatda boladi
D) Molekulalar kimyoviy hodisalarda deyarli ozgarishga uchramaydi.
26. Quyidagilardan xato malumotlarni toping.
1) fizikaviy hodisalar paytida molekulalar saqlanib qoladi, kimyoviy hodisalar paytida esa ularning ornida yangi moddalar hosil boladi.
2) Molekulalar toxtovsiz harakatda boladi, ularning harakat tezligi temperatura kotarilishi bilan kamayadi.
3) modda molekulalari orasida malum masofa bolib, uning olchami moddaning agregat holatiga bogliq boladi.
4) qattiq moddalarda molekulalarning ozaro tortilishi kuchi gazlardagiga kora kuchsiz.
5) bir turdagi atomlar boshqa turdagi atomlardan massasi va xossalari jihatidan farq qiladi.
A) 1,3,5 B) 2,3,5 C) 1,3,4,5 D) 2,4
27. Faqat kimyoviy elementlar berilgan qatorni aniqlang.
A) uglerod, olmos, azot, ozon
B) azot, ozon, vodorod, kislorod
C) ozon, kislorod, olmos, vodorod
D) uglerod, kislorod, vodorod, azot
28. Metallmaslar berilgan qatorni korsating.
A) azot, oltin, vodorod, kislorod
B) uglerod, oltingugurt, brom, selen
C) osmiy, kislorod, vodorod, ftor
D) xrom, mis, temir, aluminiy
29. Qaysi qatorda aktiv metallar berilgan?
A) Cu, Hg, Ag, Pt, Au
B) Fe, Co, Ni, Sn, Pb
C) Mg, Ca, Sr, Ba, K
D) K, Li, Fr, Cs, Ra
30. Passiv metallni aniqlang.
A) rux B) qalay
C) simob D) qorgoshin
31. Oddiy moddalar berilgan qatorni aniqlang.
A) ozon, olmos, karbid, grafit, generator gazi
B) malaxit, azot, vodorod, xlor, suv gazi
C) fullerin, temir, argon, lantan, qaldiroq gaz
D) berilliy, ksenon, bor, oq fosfor, sintez gaz
32. Oddiy moddalarni ko`rsating.
1) ozon 2) suv 3) olmos
4) silan 5) grafit 6) karbid
7) oq fosfor 8) qizil fosfor 9) fosfin
A) 2,4,6,9 B) 1,3,4,6,7
C) 1,2,4,5,9 D) 1,3,5,7,8
33. Quyidagilardan qaysi birida allatropiya hodisasi kuzatilmaydi?
A) vodorod B) kislorod
C) fosfor D) oltingugurt
34. Allotropik shakl o`zgarishlarga ega bo`lmagan moddani aniqlang.
A) qalay B) surma
C) uglerod D) ftor
35. Allotropik shakl o`zgarishlariga ega bo`lgan tortinchi guruh elementini aniqlang.
A) uglerod B) fosfor
C) kremniy D) azot
36. Fosforning qaysi modifikatsiyasi grafitga oxshaydi?
A) oq B) qizil C) qora D) binafsha
37. Tarkibida allotropik shakl o`zgarishli elementlar bo`lgan moddalarni toping.
1) N2H4 2) KBr 3) FeS2 4) LiF
5) CH4 6) HNO3 7) SnCl4 8) Fr2Se
A) 2,4,5,7 B) 1,3,4,6,8
C) 3,5,6,7,8 D) 1,3,5,7,8
38. Quyidagi malumotlarni mantiqan mos ravishda keltiring.
1) Allotropiya bir kimyoviy elementning turli oddiy moddalar hosil qilish hodisasi
2) oddiy moddalar soni elementlar sonidan kop
3) kisorod, uglerod, fosfor, oltingugurt va boshqa bazi elementlarda allotropiya hosisasi kuzatiladi
4) bunga allotropiya hodisasi sababchi.
A) 1-2-4-3 B) 2-4-3-1
C) 1-3-4-2 D) 2-4-1-3
39. Quyidagilardan qaysi biri oddiy moddaga tegishli emas?
A) yadro zaryadi B) hid
C) zichlik D) tam
40. Kimyoviy elementga tegishli bolgan xossalarni toping.
1) zichlik 2) rang 3) izotoplar
4) qaynash va suyuqlanish temperaturasi
5) elektron qobiq 6) yadro zaryadi
A) 2,3,6 B) 1,2,4 C) 1,5,6 D) 3,5,6
41. Quyidagilardan qaysi birida oddiy modda haqida soz boradi?
A) sulfat kislota tarkibida kislorod bor
B) baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas oladi
C) qon tarkibidagi temir kislorod tashish uchun xizmat qiladi
D) Magniy xlorofill tarkibiga kirib fotosintezda qatnashadi
42. Quyidagilardan qaysilari oddiy moddaga tegishli?
1) kalsiy odam tanasining 2% qismini tashkil qiladi
2) fosfor o’z - o’zidan shula chiqarish xossasiga ega
3) vodorodning uchta izotopi bor protiy, deyteriy va tritiy
4) kislorodning ikkita allotropik shakl korinishi mavjud.
5) kulrang selen fotoelement sifatida ishlatiladi.
A) 1,3,5 B) 2,4 C) 2,4,5 D) 2,5
43. Qaysi hollarda kimyoviy element haqida gap boradi?
1) havo tarkibida azot bor
2) dengiz suvi qaynatilganda kislorod ajralib chiqadi
3) bertole tuzi tarkibida xlor bor
4) temir xlorda yonganda FeCl3 hosil boladi.
5) uchta kisloroddan ikkita ozon hosil bo`ladi.
6) alyuminiy odatda +3 oksidlanish darjali boladi, lekin u 150oC dan yuqori temperaturada ftor bilan +1 oksidlanish daraja hosil qiladi.
A) 1,2 B) 2,3 C) 3,6 D) 4,5
44. Stolda qalam va ruchkalar bor. Ularning yigindisi 80 ta . Qalamlar soni ruchkalardan 3 marta kop. Qalam va ruchkalar sonini aniqlang.
A) 30; 10 B) 75; 25 C) 50; 30 D) 60; 20
45. Olimtoy bogdan tergan olmalarini ukalariga ulashib berdi. Eng kattasiga barcha olmalarning
yarmini va yarimta olma berdi. Ortanchasiga qolgan olmalarnig yarmini va yana yarimta olma, kenjasiga ham oxirida qolgan olmalarning yarmini va yana yarimta olma tegdi. Pirovardida Olimtoyda bir dona ham olma qolmagan bolsa, u bogdan qancha olma olib chiqqan?
Do'stlaringiz bilan baham: |