«Rossiya Federatsiyasi bilan teng
huquqli va o„zaro manfaatli aloqalar o„rnatish O„zbekiston uchun juda
muhimdir. Va biz bu maqsadimizga erishish uchun bor kuchimiz va
imkoniyatlarimizni ayamaymiz»
, – degan edi.
1992-yil 25-mayda Toshkentda MDHga a‟zo davlatlar rahbarlari bilan bo„lgan
uchrashuv katta ahamiyatga ega bo„ldi. O„zbekiston Hamdo„stlik doirasida kollektiv
xavfsizlik tizimini barpo etish tashabbusi bilan chiqdi va ana shu muhim masalaga
doir shartnoma imzolandi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo„stligiga a‟zo bo„lib kirgan mamlakatlar bilan ikki
tomonlama va ko„p tomonlama iqtisodiy hamda madaniy munosabatlarni
rivojlantirish O„zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo„nalishlaridan biri
hisoblanadi. Bu borada 1992-yil 30-mayda Rossiya Prezidenti B.N.Yelsin taklifiga
binoan O„zbekiston rasmiy delegatsiyasining Moskvaga qilgan tashrifi, muzokaralar,
uchrashuvlar, imzolangan hujjatlar – o„zaro hurmat va bir-birini qo„llab-quvvatlash
siyosatining timsoli bo„ldi. Bu kechagina mustamlaka, tayyor va beminnat xomashyo
bazasi bo„lgan mamlakat bilan bugungi munosabatning naqadar o„zgachaligi, jiddiy
siyosiy hodisa ekanligini ko„rsatadi. Shu kuni Prezidentlar B.Yelsin va I.Karimovlar
ikki mamlakat o„rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari to„g„risidagi
shartnomani imzoladilar. Ushbu uchrashuv yakuni haqida mulohaza yuritar ekan,
Islom Karimov «eng quvonchli jihati shuki, bu muhim voqeani ham rus, ham o„zbek
xalqi katta xursandchilik va mamnuniyat bilan kutib oldi.
O„zbekiston – Rossiya o„rtasidagi teng huquqli hamkorlik, o„zaro iqtisodiy va
madaniy aloqalar istiqlolning keyingi yillarida ham davom etadi», – dedi.
1995-yil 27-28-iyun kunlari Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Viktor
Chernomirdinning O„zbekistonga rasmiy tashrifi, Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar
vaziri, keyinchalik Rossiya Hukumati Raisi bo„lib ishlagan Yevgeniy Primakovning
respublikamizga ketma-ket tashriflari, 1998-yil 11-12-oktabr kunlari Rossiya
Federatsiyasi Prezidenti Boris Yelsinning davlat tashrifi bilan O„zbekistonda bo„lishi
yoki 1999-yil 10-11-dekabr kunlari Rossiya Hukumati raisi, hozir Rossiya Federativ
Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga rasmiy tashrifi Rossiyaning
O„zbekiston bilan teng huquqli sherik sifatida hamkorlik qilishga qaratilgan siyosat
olib borayotganligidan dalolat berib turibdi.
O„zbekiston Hamdo„stlik mamlakatlari ichida Ukraina va Belorus respublikalari
bilan ham hamkorlik va do„stona munosabatlar o„rnatishga alohida e‟tibor bermoqda.
570
Chunki, bu har ikki davlat ham siyosiy, iqtisodiy va madaniy imkoniyatlari, tarixiy
tajriba va zamonaviy taraqqiyot omillari bilan MDH doirasidagi davlatlar o„rtasida
katta nufuzga ega.
1994-yil 10-noyabrda Kiyev shahrida O„zbekiston respublikasi bilan Ukraina
o„rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo„nalishlari to„g„risida Deklaratsiya qabul
qilindi. Unga ko„ra O„zbekiston respublikasi bilan Ukraina o„rtasidagi iqtisodiy
hamkorlik sanoat (shu jumladan samolyotsozlik, yengil sanoat) energetika, transport,
aloqa, qishloq xo„jaligi, mineral xomashyo qazib olish va uni qayta ishlash, fan va
texnikaning ustuvor yo„nalishlarida, shuningdek, turizm va ekologiya sohalarini o„z
ichiga oladi. O„sha kuni O„zbekiston Respublikasi bilan Ukraina o„rtasida madaniyat
sohasidagi hamkorlik to„g„risida bitim imzolandi. Unga ko„ra har ikki tomon bir-
birini madaniyati bilan tanishish uchun imkon yaratib beradi, O„zbekiston va Ukraina
xalqlarining ko„p asrlik va madaniy aloqalariga tayanib, ular o„rtasidagi madaniyat va
san‟at sohasidagi hamkorlikni bundan keyin ham rivojlantirishga ko„maklashadilar,
deb ta‟kidlandi. Ayni chog„da, O„zbekiston Respublikasi va Ukraina o„rtasida
daromadlar va mulklarga ikki tomonlama soliq solishga yo„l qo„ymaslik to„g„risida
ham bitim imzolandi.
O„zbekiston – Ukraina munosabatlari yanada rivojlana bordi. 1995-yil 20-iyunda
Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma davlat tashrifi bilan O„zbekistonga keldi.
Do„rmon Qarorgohida bo„lgan uchrashuvda O„zbekiston va Ukraina o„rtasidagi
munosabatlarni yanada rivojlantirish bilan bog„liq masalalar yuzasidan fikr
almashildi. Ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi
muzokaralari Xalqlar Do„stligi saroyida davom ettirildi. Bu yerda O„zbek – Ukrain
hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish to„g„risida Deklaratsiya qabul qilindi.
Unda «O„zbekiston Respublikasi va Ukraina o„z munosabatlarini uzoq muddatli
umumiy manfaatdorlikka ega do„st davlatlar tarzida rivojlantirishni mo„ljallaydi», deb
yozib qo„yildi. Shuningdek, muzokaralar davomida O„zbekiston Respublikasi bilan
Ukraina o„rtasida iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish to„g„risida shartnoma
imzolandi. Ushbu shartnomaning 1-moddasida «tomonlar iqtisodiy islohotlarni
o„tkazish jarayonida harakatlarni muvofiqlashtiradilar, O„zbekiston Respublikasi va
Ukrainaning hamma shakldagi mulkchilik xo„jalik subyektlari, viloyatlari hamda
mintaqaviy tuzilmalari o„rtasida o„zaro foydali iqtisodiy aloqalarning saqlanib qolishi
va rivojlanishiga ko„maklashadilar», – deb aniq aytildi.
21-iyun kuni har ikki davlat munosabatlarini yanada yaxshilashga qaratilgan
hujjatlar qabul qilingandan so„ng Leonid Kuchma Samarqandga tashrif buyurdi,
shaharning diqqatga sazovor joylarini ko„rdi. Registon maydonida Leonid Kuchma
o„zbekistonlik bir guruh ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga «Ukraina ozod
etilganligining 50 yilligi medali» va esdalik sovg„alarini topshirdi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1996-yil 27-may kuni rasmiy
tashrif bilan Ozarbayjonga keldi. Prezident Saroyida I.Karimov va Ozarbayjon
Prezidenti H.Aliyev ikki mamlakat o„rtasida do„stlik va hamkorlik to„g„risida
shartnoma, ikki mamlakat o„rtasida sarmoyalarni o„zaro rag„batlantirish va
571
himoyalash, soliq, bojxona, havo yo„llari, avtomobil va temir yo„llar aloqalari, yuk
tashish va boshqalar haqida 20 ga yaqin hujjat imzoladilar. I.Karimov Boku Davlat
Universitetiga tashrif buyurdi. Bu yerda u talabalar bilan uchrashdi. O„zbekiston
Davlat rahbariga iqtisodiyot, fan, maorifni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Boku
Universiteti doktori degan faxriy unvon berildi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov shu yili 28-may kuni rasmiy tashrif
bilan Gruziyaga bordi. Islom Karimov va Gruziya Respublikasi sobiq Prezidenti
Eduard Shevardnadze o„rtasidagi muzokaralarda har ikki mamlakat o„rtasidagi
munosabatlar, mintaqaviy va xalqaro vaziyat, MDH doirasidagi hamkorlik bilan
bog„liq masalalar muhokama qilindi. So„ng Prezidentlar ishtirokida kengaytirilgan
muzokaralar bo„ldi va unda Trans-Kavkaz yo„lining Gruziyadan o„tadigan qismini
jadal barpo etish, uning keng imkoniyatlaridan samarali foydalanish bosh mavzu
bo„ldi. Muzokaralar nihoyasida O„zbekiston bilan Gruziya o„rtasidagi ikki tomonlama
hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish to„g„risida Deklaratsiya qabul
qilindi, ikki mamlakat o„rtasidagi iqtisodiy, savdo aloqalariga doir 15 ga yaqin hujjat
imzolandi.
1999-yil 8-mart kuni Gruziya Respublikasi Prezidenti Eduard Shevardnadze
amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. Do„rmon qarorgohida ikki mamlakat
davlat rahbarlarining yakkama-yakka uchrashuvi bo„ldi. Unda ikki tomonlama
munosabatlarni rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlik ko„lamlarini kengaytirish,
mintaqaviy xavfsizlik, jahonda yuz berayotgan dolzarb voqealar bilan bog„liq
masalalar yuzasidan fikr almashildi.
O„zbekiston Respublikasi va Gruziya Respublikasi Prezidentlarining yakkama-
yakka uchrashuvi davom etayotgan bir paytda qarorgohning majlislar zalida ikki
mamlakat delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi.
Savdo-iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish, transport kommunikatsiyasi
sohasidagi hamda ikki mamlakat tadbirkorlari o„rtasidagi aloqalarni rivojlantirish
bilan bog„liq masalalar muloqotning asosiy mavzusi bo„ldi. Ikki mamlakat o„rtasida
tovar ayirboshlash hajmi yil sayin ortib borayotgani singari bugungi kunda har
tomonlama o„zaro ishonchga asoslangan aloqalar ham tobora rivoj topib, strategik
ahamiyat kasb etayotgani muzokaralarda alohida ta‟kidlandi. Mehmonlar O„zbekiston
ulkan iqtisodiy imkoniyatlar mamlakati ekanini qayd etishdi. Ikki mamlakat
o„rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan aniq amaliy
takliflar ham ishtirokchilar e‟tiboriga havola qilindi.
Muzokaralar nihoyasiga yetgach, amaliy uchrashuvga oid Protokol imzolandi.
Hujjatga Islom Karimov va Eduard Shevardnadze imzo chekdilar.
Shundan so„ng Prezidentlarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan
uchrashuvi bo„ldi. Matbuot anjumanida ikki mamlakatning TRASEKA dasturi
doirasidagi ishtirok xususidagi savolga javob berar ekan, mamlakatimiz rahbari
Transkavkaz koridori O„zbekiston uchun ulkan ahamiyatga molik, ta‟bir joiz bo„lsa,
strategik ahamiyat kasb etadigan masala ekanini ta‟kidladi. Buyuk Ipak yo„lini
tiklash, TRASEKA doirasida bugun amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat savdo-
572
iqtisodiy, balki katta siyosiy ahamiyat ham kasb etadi, dedi Islom Karimov. Birgina
o„tgan yili Gruziyaning Poti porti orqali qariyb 725 ming tonna yukning
mamlakatimizga tashib keltirilganining o„ziyoq uning beqiyos ahamiyatga ega
ekanidan dalolatdir. Zero, Yevropa Ittifoqi tarkibidagi deyarli barcha davlatlar mazkur
loyihada bajonidil ishtirok etish istagini bildirayotgani ham bejiz emas.
1995-yil 25-26-may kunlari Islom Karimov MDHga a‟zo davlat boshliqlari bilan
navbatdagi uchrashuvda qatnashish uchun Minskka keldi. 26-may kuni MDHga a‟zo
mamlakatlar davlat rahbarlarining Kengashi bo„lib o„tdi. Unda davlatlararo Valyuta
Qo„mitasini tuzish, MDH chegaralarini mustahkamlash, iqtisodiy integratsiyani
kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi. Ayni paytda hukumat rahbarlari turli
sohalarda o„zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir 20 dan ziyod masalalarni
muhokama qildilar.
Istiqlol yillarida O„zbekiston o„zining qat‟iy mustaqil taraqqiyot yo„lidan borish,
o„zgalarga tahdid qilmaslik, boshqalar suverenitetini hurmat qilish bilan Mustaqil
Davlatlar Hamdo„stligida o„zining munosib va qat‟i nuqtayi nazariga ega bo„ldi. Bu
quyidagilarda namoyon bo„ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |