Rahmonov rahbarligidagi shu mamlakat delegatsiyasi rasmiy amaliy tashrif bilan
Toshkentga keldi. Xalqlar Do„stligi saroyida har ikki mamlakat rahbarlarining
yakkama-yakka suhbati bo„lib o„tdi. So„ng rasmiy delegatsiyalarning kengaytirilgan
mustaqilligi va ravnaqi uchun kurashuvchi barcha siyosiy kuchlarning 1994-yil
noyabr oyida bo„lib o„tadigan Prezident saylovida teng ishtirokini ta‟minlash va
xalqning barcha qatlamlari bu dolzarb masalaga o„z munosabatini xolis bildirishiga
imkoniyat yaratish nohoyatda muhimligini ta‟kidladi. Imomali Rahmonov qardosh
588
O„zbekistonning tojik xalqiga insonparvarlik yordamini Prezident Islom Karimovning
mintaqada tinchlik va osoyishtalikni ta‟minlash borasidagi tashabbuslarini yuksak
baholadi. Bu yilgi hosilni nes-nobud qilmay terib olish va kelgusi ish hosili uchun
zamin yaratish hamda qishning talofatsiz o„tishi uchun gaz va yoqilqi yetkazib berish
haqidagi iltimosi qondirilgani uchun O„zbekiston rahbariyatiga minnatdorchilik izhor
etadi.
1991–1996-yillarda O„zbekiston va Turkmaniston munosabatlarida ham o„zaro
qardoshlik, do„stlik, birodarlik, iqtisodiy, ma‟naviy sohalarda hamkorlik tamoyiliga
amal qilindi.
Qardosh xalqlar va qo„shni mamlakatlar umumiy xonadonini tashkil etish, yagona
zamin, yagona makonni qaror toptirish, belgilashning ma‟naviy poydevori – bu olis
o„tmish mushtarakligini, shu asosda shakllangan urf-odatlar, an‟analar va turmush
tarzini chuqur o„rganishdir.
Prezident I.Karimov tomonidan 1995-yil 5-mayda Oliy Majlis II sessiyasida
«Turkiston – umumiy uyimiz» shiorini ilgari surilishi, uning mazmuni, ko„zlangan
maqsad va mintaqaviy barqarorlikni ta‟minlashdir.
Markaziy Osiyo Hamdo„stligi mamlakatlari jahonning boshqa ittifoqdosh va
mintaqaviy hamkorlik mamlakatlaridan farqli o„laroq ma‟naviy va madaniy
hamkorlikka ko„proq asoslanadi. Chunki bu hududda asrlar mobaynida ma‟naviyat,
axloq, ta‟lim-tarbiya va madaniyat uyg„un holda turmush tarziga aylangan. Axloq har
qanday sharoitda ham insoniylik va insoniy barkamollikning bosh prinsipi sifatida
tan olingan. Qolgan barcha harakatlar va mezonlar, jumladan, iqtisodiy hamkorlik,
o„zaro yordam, bozor munosabatlari, savdo-sotiq, mol ayirboshlash ham qadimdan
yuksak axloq va odobga tayangan madaniy munosabatlarning bir qismi hisoblangan.
Bu ming yillar mobaynida shakllanib, jahon sivilizatsiyasiga katta ta‟sir ko„rsatgan
ulug„ allomalar hayoti va ijodida, ularning insoniyat tarixida burilish yasagan
asarlarida ham o„ziga xos tarzda ifodasini topgan. Shu bois Sharq allomalari dunyoviy
fanlarning qaysi sohasida ijod qilishmasin, axloq kategoriyasiga qattiq suyanishgan,
unga katta e‟tibor bilan qarab, qomusiy xulosalari bilan boyitib borishgan.
Yuqorida aytilganidek qadimiy Turonda axloqqa katta e‟tibor bilan qarashgan.
Yuksak insoniy fazilat, insonni millatidan qat‟i nazar barcha mavjudotlarning sarvari
sifatida qadrlash, ma‟naviy kamolot va yetuklik, adolat, insof, diyonat va imon kabi
xususiyatlar tiriklikning bosh mazmuni sifatida tushunilgan.
Xalqlarimiz dunyoqarashi, maqsad va intilishlarini ifoda etgan xalq og„zaki ijodi
namunalari ana shu zamin ahlining butun ruhiyatini qamrab olgan. Jumladan, o„zbek,
qozoq va qoraqalpoq xalqlarida «Alpomish», Turkmaniston, Ozarbayjon va
O„zbekistonda «Go„ro„g„li» dostonlarining, qirg„izlarda «Manas» xalq eposining
vujudga kelishi, ularda qariyb bir xil – ezgulik bilan yovuzlik, yaxshilik bilan
yomonlik kurashida to„g„rilik va adolatning tantanasi, donishmandlik, aql-idrok,
xushxulq va xushfe‟llik asosiy g„oya qilib olinganligi ana shu xalqlar qarashlarining
uyg„unligidan dalolat beradi. Yozma adabiyotda esa Yusuf Xos Hojibning «Qutadg„u
bilig» asaridagi singari falsafiy-axloqiy g„oyalar, forsiylarda Umar Xayyom,
589
Firdavsiy, Xusrav Dehlaviy, Sa‟diy Sheroziy, o„zbeklarda Beruniy, Abu Ali ibn Sino,
Xorazmiy, Alisher Navoiy, qozoqlarda Abay, turkmanlarda Maxtumqulilarning buyuk
asarlari vujudga keldi va dunyo madaniyati taraqqiyotiga katta ta‟sir ko„rsatdi.
Ayniqsa, mazkur xalqlar ma‟naviy o„tmishi, tarixiy-etnik jihatlari tarixan birdir.
Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligini vujudga keltirish, ularning
suverenitetini hurmat qilgan holda, qadimdan hamkor-u hamfikr bo„lib kelgan
xalqlarni yaqinlashtirish va shu asosda o„tish davri murakkabliklarini yengish eng
hayotiy, eng ishonchli va eng samarali usuldir. Bu ayni paytda yuqorida tilga olingan
ulug„ ajdodlarimiz qarashlariga va mintaqa xalqlari maqsadlariga to„la mos keladi.
O„zbekistonning Markaziy Osiyodagi tashqi siyosiy yo„li aniq. Bu yo„l mintaqada
yaxlit iqtisodiy hududni vujudga keltirish va rivojlantirishdan iborat. O„zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.Karimov Oliy Majlisning 1995-yil 23-fevlardagi I
sessiyasida Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarni belgilab shunday degan
edi:
Do'stlaringiz bilan baham: