Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet434/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   430   431   432   433   434   435   436   437   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

 

Mavzuga doir material 

 

O„zbekiston Respublikasi Prezidenti 



Islom Abdug„aniyevich Karimov 

janobi oliylariga 

 

Muhtaram Prezident janoblari! 



 

Mintaqangizda  tinchlik  va  xavfsizlik  hamda  uni  iqtisodiy  rivojlantirish 

muammolari,  shuningdek,  bu  sohalarda  va  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotida 

O„zbekistonning  tutgan  o„rni  xususida  fikrlashuvimizni  davom  ettirish  uchun  BMT 

taraqqiyot dasturi ma‟muri Gustav Snetning mamlakatingizga tashrifidan foydalanib, 

Sizga quyidagilarni bayon qilmoqchiman. 

Avvalo, Sizga shu yilning boshida Kopengagenda bo„lib o„tgan ijtimoiy taraqqiyot 

masalalari bo„yicha oliy darajadagi uchrashuvda qatnashganingiz uchun minnatdorlik 

bildirmoqchiman.  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  tuzilganining  ellik  yilligi  bayrami 



 

539 


munosabati  bilan  oktabr  oyida  Nyu-Yorkda  Siz  bilan  bo„ladigan  uchrashuvni 

sabrsizlik bilan kutaman. 

Sizning Markaziy Osiyo xavfsizlik va hamkorlik bo„yicha doimiy seminar tashkil 

etishga  doir  tashabbusingizni  mintaqadagi  tinchlik  va  xavfsizlikni  mustahkamlash 

ishiga  qo„shilgan  muhim  va  ijobiy  hissa,  deb  bilaman.  Seminar  tobora  rivojlanib, 

mintaqada  mojarolarning  oldini  oladigan  siyosiy  choralarning  ta‟sirchan  doirasini 

barpo etishda yordam bergan va shu tariqa, BMTning bu sohadagi  sa‟y-harakatlariga 

qo„shimcha kuch-quvvat bag„ishlagan bo„lur edi. 

Men O„zbekiston va uning qo„shnilari – Qozog„iston hamda Qirg„izistonning shu 

mamlakatlarning  harbiy  xodimlaridan  iborat  bo„lgan  va  BMTning  tinchliksevar 

operatsiyalarini  qo„llab-quvvatlash  maqsadlariga  xizmat  qiladigan  qo„shma  organini 

tuzish g„oyasini tabriklayman. Bu organ bosh kotib tasarrufidagi vositalar zaxirasini 

yana bir qimmatli vosita bilan to„ldirgan bo„lur edi. 

Afg„oniston  va  Tojikistondagi  vaziyatning  beqarorligi  hammamizni  tashvishga 

solmoqda.  Men  bu  mamlakatlardagi  mojarolarni  tinch  hal  etish  yo„llarini  izlashda 

O„zbekistonning  mustahkam  hamkorligini  juda  qadrlayman.  Shuningdek,  men  Siz 

hamda  boshqa  mamlakatlar  hukumatlari  Tojikistonga  berayotgan  ezgulik  yordamini 

yuqori baholayman. 

Prezident  janoblari,  bu  xavfli  mojarolarni  siyosiy  vositalar  orqali  hal  etishda 

O„zbekiston  hukumatining  xalqaro  tashkilotlar  bilan  uzoq  hamkorlik  qilishiga 

ishonchim komil. 

Pirovardida  Sizning  rahbarligingizda  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy  islohotlar 

dasturi  muhimligini  ta‟kidlab  o„tmoqchiman.  Janob  Snetning  tashrifi  bu  dasturni 

amalga oshirishda, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning boshqa sohalarida 

BMT  tashkilotlarining  Sizning  hukumatingiz  bilan  hamkorlik  qilishga  qat‟iy  niyat 

qilganini tasdiqlaydi. 

Prezident janoblari, Sizga bo„lgan kamoli ehtiromimni qabul etgaysiz. 

Samimiy istaklar ila, 

Butros  G„oliy, 

BMT Bosh kotibi. 

1995-yil, 26-iyul. 

 

 



 

«Xalq so„zi» 16-avgust 1995-yil.    



* * * 

Albatta, O„zbekiston rahbarining BMT faoliyatini yana ham jonlashtirish, uningy 

yer  yuzida  tinchlikni  mustahkamlash  va  hamkorlikni  kuchaytirish  borasida  olib 

borayotgan  ishlarining  samaradorligini  oshirishga  qaratilgan  amaliy  takliflari 

hamjamiyatga  a‟zo  bo„lgan  davlatlarning  vakillari  orasida  katta  qiziqish  uyg„otdi. 

Chunki, keyingi paytda BMT tizimida islohotlar o„tkazish lozimligi haqida ko„p gap-

so„z  bo„layapti-yu,  ammo  biror  bir  aniq  taklif,  asosli  rejani  hech  kim  ko„tarib 

chiqmagan  edi.  Shu  boisdan  ham  jahonning  ko„p  mintaqalarida  yuz  berayotgan 

qurolli to„qnashuvlarni tugatishda BMTning roli sezilmayapti. Ayniqsa, Yevropaning  

markazidagi,  Bosniya  –  Gersogovinadagi  qonli  fojialarning  uzoq  davom  etishi 




 

540 


BMTning  nufuzini  ancha  tushirib  yubordi.  Ana  shu  nuqtayi  nazardan  olganda 

I.Karimovning takliflari katta ahamiyat kasb etdi. 

O„zbekiston Respublikasining tashqi siyosati xalqaro maydonda ma‟lum salmoqqa 

ega  bo„lib,  nufuzi  tobora  ortib  bordi.  Ayniqsa,  1996-yilda  bu  borada  katta 

muvaffaqiyatlarga  erishildi.  21-22-iyun  kunlari  Italiya  Respublikasining  Florensiya 

shahridagi  «Fortezza  de  basso»  qal‟asida  Yevropa  Ittifoqiga  (YI)  a‟zo  mamlakatlar 

davlat va hukumat boshliqlarining navbatdagi uchrashuvi – Sammit bo„lib o„tdi. 

Unda mazkur Ittifoq bilan O„zbekiston o„rtasida sheriklik va hamkorlik to„g„risida 

bitim imzolandi. Bu, aytish mumkinki, respublika siyosiy hayotida tarixiy ahamiyatga 

molik  voqea  bo„ldi.  Yevropa  Ittifoqiga  a‟zo  mamlakatlar  davlat  va  hukumat 

boshliqlari  ishtirokida  imzolangan  bu  bitim  nafaqat  g„arbiy  Yevropa  mamlakatlari 

bilan  respublikamiz  o„rtasidagi  aloqalar  ravnaqining  muhim  huquqiy  asosi,  balki, 

O„zbekistonda amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy o„zgarishlarning 

tan olinishi  va  yosh mustaqil  davlat  mustaqilligining  xalqaro hamjamiyat  tomonidan 

qo„llab-quvvatlanishidir. 

Masalaning  yana  bir  jihati  shundaki,  tashqi  siyosatimizning  ustuvor  yo„nalishlari 

bo„lmish dunyo  siyosati va iqtisodiyotiga  integratsiyalanish uchun  muhim  poydevor 

yaratilayotganidan dalolat beradi. 

Islom  Karimov  erishilgan  bitimni  O„zbekiston  va  Yevropa  Ittifoqi  o„rtasidagi 

munosabatlarda 




Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   430   431   432   433   434   435   436   437   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish