1999-yil, 19-20-iyul kunlari Toshkentda Afg„oniston muammosini hal qilish
Afg„oniston bilan chegaradosh olti davlat – Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston,
Turkmaniston hamda O„zbekiston, shuningdek, Amerika Qo„shma Shtatlari va
Rossiya kiradi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahbarligida tashkil etilgan mazkur
unga qo„shni davlatlarning, qolaversa, butun xalqaro jamoatchilikning muammosiga
aylangan. Negaki, bugun bu tuproqda davom etayotgan urush balosi bilan birga,
narkotik moddalar va qurol-yaroq kontrabandasi, diniy ekstremizm va fanatizm,
terrorchilik xavfi mintaqadagi barcha davlatlarga, binobarin yalpi xavfsizlikka jiddiy
tahdid solayapti. «6+2» guruhining Toshkent uchrashuvi mazkur mojaroni tinch yo„l
Uchrashuvda so„zga chiqqan BMT Bosh kotibining Afg„oniston bo„yicha o„sha
paytdagi maxsus vakili L.Braximi BMT O„zbekistonning ushbu mojaroni hal etish
260
borasidagi sa‟y-harakatlarini yuksak baholashini ta‟kidladi. U BMTning o„sha
paytdagi Bosh kotibi Kofi Annanning «6+2» guruhining Toshkent uchrashuvini
qo„llab-quvvatlab, Prezident Islom Karimov nomiga yo„llagan maktubini o„qib
eshittirdi.
Ta‟kidlash kerakki, «6+2» guruhining tashkil topishi, uning uchrashuvlarini
muntazam tashkil etish o„z-o„zidan bo„layotgan ish emas. U nihoyatda mashaqqatli va
og„ir mehnat mahsulidir. Xususan, bu jarayonda O„zbekiston hukumatining salmoqli
hissasi bor. Negaki, Afg„onistonda tinchlik va barqarorlik o„rnatilishi mamlakatimiz,
qolaversa, butun mintaqa xavfsizligini ta‟minlash uchun sharoit yaratadi. Xavfsizlik
va barqarorlik esa taraqqiyotning eng muhim shartidir.
Shu boisdan O„zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1993-yilda BMT Bosh
Assambleyasining 48-sessiyasida so„zlagan nutqida Afg„oniston muammosiga jahon
hamjamiyatining e‟tiborini qaratib, bu masalaning nechog„li jiddiy ekanini alohida
ta‟kidlagan edi. BMT Bosh Assambleyasining 1995-yilda bo„lib o„tgan 50-sessiyasida
esa davlatimiz rahbari Afg„oniston muammosini bartaraf etish borasida qator amaliy
takliflarni ilgari surdi. Xususan, bu davlatga qurol-yaroq kiritishni qat‟iy taqiqlash
zarurligini alohida qayd etdi.
Shuningdek, Islom Karimov boshqa ko„plab xalqaro anjumanlarda, turli davlatlar
rahbarlari bilan muzokaralarda mintaqa xavfsizligini mustahkamlash, buning uchun
eng avvalo, Afg„oniston mojarosini tinch yo„l bilan bartaraf etish zarurligini
takrorlashdan charchamaydi.
Zero, Afg„onistondagi urush nafaqat bizga yoinki mintaqamizga, balki xalqaro
xavfsizlikka, hatto insoniyat kelajagiga jiddiy xavf tug„dirayotgani sir emas. Ya‟ni,
bugun mazkur muammo faqatgina qurolli harakatlar bilangina bog„liq emas, balki bu
tuproqda ulkan miqdorda narkotik moddalar va qurol-yaroq kontrabandasi avj
olayotgani, terrorchilik va diniy ekstremizm unsurlari urchib borayotgani ham jahon
ahlini haqli ravishda tashvishga solayotgani tabiiy.
1997-yili O„zbekiston Prezidenti Afg„onistonga chegaradosh olti mamlakat va
AQSH hamda Rossiya ishtirokida muloqot guruhi tashkil etish tashabbusini ilgari
surdi. Oradan ko„p o„tmay, bu tashabbus hayotda o„z in‟ikosini topdi. «6+2» guruhi
tashkil etildi. Uning birinchi uchrashuvi 1997-yil 16-oktabrda Nyu-Yorkda bo„lib
o„tgan edi.
Toshkent anjumanida ishtirokchilar Afg„oniston mojarosini tinch yo„l bilan hal
etish chora-tadbirlari xususida o„z fikr-mulohazalarini bayon qildilar. Afg„onistonning
ichki muammolarini bartaraf etishda tashqi kuchlarning aralashuviga chek qo„yish,
o„zaro nifoqdagi tomonlar o„rtasida to„g„ridan-to„g„ri muzokaralarni boshlash
zarurligi ta‟kidlandi.
Anjuman nihoyasida «Afg„onistondagi mojaroni tinch yo„l bilan bartaraf etishning
asosiy tamoyillari to„g„risida»gi Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.
Uchrashuv yakunida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari
uchun matbuot anjumani bo„ldi. Unda L.Braximi «6+2» guruhi uchrashuvining
bevosita Afg„oniston joylashgan mintaqa – O„zbekistonda o„tayotgani muhim
261
ahamiyat kasb etajagini ta‟kidladi. Yana bir e‟tiborga molik tomoni shundaki,
Toshkent uchrashuvida Afg„onistondagi ikki asosiy guruh «Tolibon» harakati hamda
Afg„oniston Birlashgan fronti vakillari ilk bor bir stol atrofiga yig„ildi. Shuningdek,
qabul qilingan Toshkent Deklaratsiyasi Afg„onistonda tinchlik o„rnatish yo„lidagi
zalvorli qadam bo„lganini qayd etdi. BMT Bosh kotibining Afg„oniston bo„yicha
maxsus vakili mazkur Deklaratsiya uzoq vaqt mobaynida ishlab chiqilgan va o„zida
Afg„oniston zaminida tinchlik o„rnatishning asosiy tamoyillarini jamlash bilan birga,
endilikda «6+2» guruhi a‟zolarining nuqtayi nazari va qarashlarini umumlashtiradigan
muhim hujjat sifatida ham amal qilishini aytdi.
Darhaqiqat, Toshkent Deklaratsiyasining qabul qilinishi katta ahamiyatga ega. U
«6+2» guruhiga a‟zo davlatlar hamda Afg„onistonda nizolashayotgan tomonlar uchun
tinchlikka eltuvchi xarita vazifasini bajarishga qaratilgan. Matbuot anjumanida
ta‟kidlandiki, Deklaratsiya so„nggi manzil emas. U «Tolibon» bilan Birlashgan front
o„rtasida, shuningdek, ular bilan «6+2» guruhi a‟zolari o„rtasida to„g„ridan-to„g„ri
muloqot yo„lga qo„yilishiga va Afg„onistonda tinchlik o„rnatish jarayoni izchil davom
etishiga umid uyg„otdi.
Do'stlaringiz bilan baham: