Terrorizm
– insoniyat dushmani, taraqqiyot va yuksalish kushandasi.
Terrorizm
ma‟lum bir guruhning shaxsiy manfaatlari, o„z orzu-umidlari va
g„ayriinsoniy xatti-harakatlarining majmuasidir. Ayni paytda u ana shu maqsadlarning
amalga oshishi uchun har qanday xunrezliklardan, qotilliklar va zulmdan qaytmaydi.
Terrorizm xatti-harakatlarining mazmuni va mohiyati bevosita zo„ravonlik, inson
hayotiga tahdid va uning huquqlarini poymol etish bilan bog„liq bo„lgan, butun
mamlakatni xonavayron qilishga olib keladigan, xalq, millat va mamlakat taqdirini
butunlay boshqa o„zanga burib yuborib, o„z maqsadi va g„oyalarining ro„yobi uchun
hech narsadan tap tortmaslikdir. Ayni paytda u har qanday fikrlash, aql-idrok
doirasida ish yuritishdan xoli bo„lgan shafqatsizlik, ashaddiy xunxo„rlik, jazava va
tazyiq bilan yovuz niyatini amalga oshiradigan bir to„da olomon faoliyatidir.
Terrorizm turli mamlakatlarda turli shakllarda va har xil maqsadlar asosida
dunyoga keladi, urchiydi, ko„payadi va yashaydi. Ma‟lum bir mamlakat xalqlarining
dunyoqarashi, ma‟naviy-ruhiy qiyofasi, aniqrog„i ehtiyojlari, turmush tarzi bevosita
262
ana shunday jarayonlarning shaklini, qiyofasini, mohiyatini va rivojlanish
jarayonlarini, boshqacha qilib aytganda evolutsiyasini belgilaydi.
O„zbekistonda yuz bergan terrorchilik harakati ayni xalqimiz turmushi, an‟analari,
urf-odatlari va aqidalarini o„zida mujassam etgan, uning eng nozik his-tuyg„ularini
hisobga olgan holda yuzaga keldi. Darhaqiqat, xalqni qo„zg„atish va ularga o„z
ta‟sirlarini o„tkazish uchun xuddi ana shu nozik va ta‟sirchan omillardan Islom
omilidan ustomonlik bilan foydalandilar va bu tendensiya hozir ham davom etmoqda.
Zotan, Islom dini o„zbek xalqi ma‟naviy, ma‟rifiy va ruhiy olamiga katta ta‟sir
o„tkazgan, xalqimiz turmush tarzidan juda chuqur o„rin olgan katta ijtimoiy hodisa
hisoblanadi. Haqiqatan ham Islom dini yuksak madaniyat va axloqiy mezonlarni
o„zida mujassam etgan qudratli mafkura, ilohiy ta‟limot sifatida hayotimizdan, qalbi-
mizdan, ongimiz va shuurimizdan alohida o„rin egallagan. Terrorchilar millat
hissiyoti, tuyg„ulari va ehtirorslari bilan bog„liq bo„lgan ana shu omildan ayyorlik
bilan foydalandilar.
Islom niqobi ostida amalga oshirilgan qo„poruvchilik harakatlari bir guruh
aqidaparastlarning qonuniy hokimiyatni ag„darib tashlash va shu yo„l bilan davlat
tepasiga chiqib olish singari maqsadlari tufayli yuz berdi. 1999-yil 16-fevral kuni
sodir bo„lgan qonli fojialarning butun mazmuni va mohiyati ana shundan iborat.
Fevral voqealari bugunning mahsuli emas. U yillar mobaynida maddalab,
yiringlab, oxir-oqibatda millat va mamlakat jism-u jonini azobga soladigan, so„ng esa
butunlay halokatga keltiradigan ashaddiy yovuzlikdir.
Mustaqillik arafasida, aniqrog„i 1980-yillarning ikkinchi yarmida sobiq Ittifoq
hududida, jumladan, O„zbekistonda ham vujudga kelgan demokratiya o„yinlari
natijasi bo„lmish bu illat yillar o„tgan sari faoliyat doirasini, shaklini, ta‟sir etish
yo„llarini o„zgartirib turdi. Biroq, mazmun-mohiyati o„sha-o„shaligicha qolaverdi –
qon to„kish, zo„ravonlik yo„li bilan hokimiyat tepasiga chiqib olish! O„zlarining qabih
niyatlariga erishish uchun hech narsadan tap tortmaydigan, chirkin va jirkanch
maqsadlari yo„lida millionlab begunoh odamlar yostig„ini quritishdan toymaydigan,
fikrlashdan uzoq bo„lgan kishilar guruhi ayni ana shunday yo„l tutadi.
Hayotda o„zining qat‟iy pozitsiyasiga, mustaqil fikriga ega bo„lmagan, voqelikka
aql-idrok bilan emas, balki hissiyot bilan yondashadigan odamlar havoyi da‟vatlarga
tez uchadilar. Terrorchilik harakati tashkilotchilari aholining xuddi ana shunday
irodasi bo„sh, iymoni sust, dunyoqarashi cheklangan, fe‟l-atvori shakllanmagan
qatlami ichiga kirib olishdi. Ularning zaif jihatlaridan ustomonlik bilan foydalanishdi.
Mamlakat Prezidenti fevral voqealariga daxldor bo„lgan terrorchilik guruhi
ta‟siriga uchgan, bilib-bilmay ko„r-ko„rona ularga ergashganlarni yurt va millat otasi
sifatida gunohlaridan kechishi haqida bayonot berganidan keyin sodir bo„lgan
voqealar diqqatga sazovor.
Darhaqiqat, bir necha yuzlab yoshlar o„z ota-onalari bilan tanlagan yo„llarining
noto„g„ri ekanligini anglab yetdilar. Kimlarningdir tazyig„i va ta‟siri bilan
g„ayriislomiy – g„ayriinsoniy yo„lga kirib qolganliklaridan pushaymon bo„lib, uzr
263
so„ramoqdalar. Ana shu fojiaviy holatning o„zi diniy aqidaparastlik nima ekanligini
yaqqol ko„rsatmoqda.
Farg„ona vodiysida, xususan, Andijon viloyatida payt poylab yurgan aqidaparast,
ekstremistik guruhlar o„zlarining uzoq vaqtdan beri pinhona tayyorlab kelgan
rejalarini 2005-yil 13-may kuni amalga oshirishga urindi. Ular Qirg„izistondagi kabi
O„zbekistonda ham mahalliy va markaziy hokimiyat zaiflik qiladi, degan xomxayolga
borgan edi. Jangarilar ongi zaharlangan yoshlarni o„zlariga ergashtirib, ma‟muriy
binolarni egallash yo„li bilan o„z qabih maqsadiga erishishni rejalashtirgan edi.
Andijonda xalq saylagan konstitutsiyaviy hokimiyatni ag„darishni, bu yerda
musulmon xalifaligi tuzishni mo„ljallagan edi.
Ayrim davlatlarning Markaziy Osiyo mintaqasiga demokratiyani majburan
o„rnatishga urinishidan uchinchi kuch foydalanib qolishi mumkin. Bu kuch – islom
dinini niqob qilib olgan yovuz niyatli radikal oqimlardir.
Oldindan puxta tayyorgarlik ko„rgan qurollangan jangarilar yarim tunda
shahardagi post-patrul xizmati batalyoni hududiga bostirib kirib, to„rt nafar
navbatchini otib tashlaydi. O„nlab avtomat, granata, ikkita qo„l pulemyoti va boshqa
qurol-yarog„ni qo„lga kiritgan bosqinchilar tunda Mudofaa vazirligining harbiy
qismiga borib navbatchini otib tashlab, qo„shimcha qurol-aslahani qo„lga kiritadi.
Qamoqxona darvozasini buzib kiradi, qurol bilan qo„rqitish orqali hibsxonalardan
qariyb 600 nafar mahbusni chiqarib yuboradi.
Bosqinchilar tinch aholiga tegishli yengil mashinalarni egallab oladi, qurollardan
o„q otgan holda viloyat hokimligi, Milliy xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi va
viloyat ichki ishlar boshqarmasi binolariga hujum uyushtiradi. Ular viloyat hokimligi
binosini egallaydi.
Jangarilar har bir harakatini ayollar, bolalar, qariyalar va boshqa garovga olingan
kishilar panasida turib amalga oshiradi.
Mamlakatimiz Prezidenti shu kuni erta tongdayoq Andijonga yetib bordi. Shahar
va viloyat jamoatchiligi vakillari, mahalla oqsoqollari bilan uchrashdi. Ular bilan
maslahatlashgan holda vaziyatni izga solish bo„yicha aniq chora-tadbirlar belgiladi.
Mamlakatimiz, xalqimiz istiqlolning ilk kunlarida belgilab olgan oliy maslagimiz –
huquqiy demokratik davlat barpo etish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish
yo„lidan dadil boraveradi. Jamiyatni demokratlashtirish hamda yangilash, mamlakatni
modernizatsiya va isloh etish – bosh maqsadimizdir. Erkin, demokratik fuqarolik
jamiyati talablariga to„liq javob beradigan yuksak taraqqiyotga erishish yo„lidan bizni
hech kim, hech qachon qaytara olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |