Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

Birinchidan,

 yangi jamiyatga o„tishda boshqaruv tizimida jiddiy buzilishlarga yo„l 

qo„ymasdan,  MDHga  a‟zo  ayrim  mamlakatlarda    bo„lganidek,  iqtisodiyotni 

boshqarishning  real  dastaklarini  qo„ldan  chiqarib  yubormaslik  kerak  edi.  Chunki 

yangi  tuzilayotgan  idoralar  tajribaga  va  bozor  sharoitlarida  o„zini  o„zi  boshqarish 

mexanizmiga  

ega edi. 

Ikkinchidan,

 o„tish davrida yetuk bozor munosabatlari va mexanizmlari ham uzil-

kesil  shakllanmagan  edi.  Shuning  uchun  bozor  munosabatlari  tarkib  topgan  va  bu 

yo„nalishda  endigina  qadamlar  tashlayotgan  mamlakatlardagi  boshqaruvni  tashkil 

etishning  turli  tizimlari  o„rganildi.  Shu  asnoda  butun  xalq  xo„jaligini,  tarmoqlar  va 

hududlarni  boshqarishning  eng  maqbul  va  hozirgi  sharoitlarga  mos    tuzilmalari 

topildi.  Buning  mohiyati  ishlab  chiqarishning 

markazlashtirilgan  tartibda 

rejalashtirish  va  tashkil  etishdan  moliyani,  moddiy  xomashyo  boyliklarini  davlat 

tomonidan boshqarish tizimidan voz kechishni bildirar edi. 

Yana  shuni  aytish  kerakki,  O„zbekistondagi  boshqaruvni  izchil,  bosqichma-

bosqich tashkil etish modeli keng jamoatchilik tomonidan ma‟qul deb hisoblandi. 

1991-yil  6-sentabrida  respublika  mustaqilligi  hamda  hududiy  yaxlitligini  himoya 

qilish  maqsadida  Mudofaa  ishlari  vazirligi  tuzildi.  Shu  maqsadlarni  ko„zlab  uning 

tarkibida  1992-yil  yanvar  oyida  O„zbekiston  Respublikasi  milliy  gvardiyasi 

brigadasini  ham  barpo  etish  lozim  topildi.  1992-yil  iyulidan  u  Mudofaa  vazirligiga 

aylantirildi. 

Mudofaa tizimidagi bunday o„zgartirishlarning sababi nimada? 

Buni  shunday  izohlash  mumkin:  mamlakat  mustaqilligining  dastlabki  (Farmon 

oltinchi  kundayoq  e‟lon  qilindi)  kunlaridanoq    uning    mudofaasini    ta‟minlashga 

kirishish,  SSSRning jazavasi tutgan, o„zining  so„nggi  nafasini olayotgan  bir paytida 

uning  dunyoni  zir  titratgan  qurolli  kuchlari  tarkibidan  asta-sekinlik  bilan,  shovqin 

ko„tarmasdan chiqib olish uchun avval Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish zarur 

edi. Chunki, Mudofaa vazirligi iborasida aniq maqsad va qat‟iy harakat mazmuni bor. 

Shuning  uchun  dastlab  shunchaki  mudofaa  ishlari  bilan  shug„ullanuvchi  mahkama 

tuzilganini ma‟lum qilish, so„ng esa haqiqiy maqsadga bexavotir intilish kerak edi. 




 

102 


Mudofaa ishlari vazirligi tashkil etilganidan so„ng milliy gvardiya brigadasi tuzildi. 

Bu strategik maqsadga erishish yo„lidagi taktika edi. Bir hovuchgina sanoqli askarlar 

brigadasini tuzishdan hech kim shubhaga bormas va unga monelik qilmas edi. Milliy 

gvardiya,  aytish  mumkinki,  har  tomonlama  qurollangan,  huquqiy,  siyosiy  va 

ma‟naviy jihatdan mustahkamlangan milliy armiyaning debochasidir. 

Ana  shunday  murakkab,  ziddiyatli  va,  hatto,  tahlikali  bir  sharoitda  O„zbekiston 

Mudofaa vazirligi va uning qurolli kuchlari tizimi vujudga keldi. 

O„zbekistonda  Adliya  idoralarining  mavqeyi  va  mas‟uliyatini  oshirish,  aholiga 

huquqiy  xizmatni  yaxshilash,  fuqarolarning  konstitutsiyaviy  huquqlari  va  qonuniy 

manfaatlarini  himoya  qilishni  kuchaytirish  maqsadida  Adliya  vazirligi  faoliyatini 

takomillashtirish  tadbirlari  belgilandi.  Vazirlik  mamlakatda  huquqqa  doir  siyosatni 

o„tkazishda  davlat  idoralarining  faoliyatini  muvofiqlashtiradi,  boshqa  markaziy 

idoralar bilan birgalikda O„zbekiston Respublikasi hamda uning fuqarolari huquqlari 

va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini ta‟minlaydi. 

O„zbekiston  iqtisodiyoti  rivoji  bilan  shug„ullanuvchi  davlat  idoralari  tizimida 

tubdan  o„zgarishlar  qilindi.  Mamlakatda  1990-yil  dekabrida  Davlat  reja  qo„mitasi 

Iqtisod  komissiyasiga  aylantirildi.  1992-yilda  shu  komissiya  negizida  Vazirlar 

Mahkamasi huzurida respublikaning Taraqqiyot istiqbolini belgilash qo„mitasi tashkil 

etildi,  uning  avvalgi  vazifalari  yanada  kengaytirildi.  1992-yil  5-avgustida  esa  ushbu 

qo„mita  va  statistika  davlat  qo„mitasi  negizida  Vazirlar  Mahkamasining  Istiqbolni 

belgilash va statistika davlat qo„mitasi va joylarda uning tegishli idoralari barpo etildi. 

Qo„mita  vazifalariga  O„zbekistonni  taraqqiy  ettirishning  ustuvor  yo„nalishlari  va 

tashqi  iqtisodiy  aloqalar  strategiyasini  ishlab  chiqish,  aholi  moddiy  farovonligini 

oshirish va uni ijtimoiy muhofaza etish, yagona statistika siyosatini o„tkazish kabilar 

kiritildi. 

1997-yildan 

ushbu 

Qo„mita 


Makroiqtisodiyot 

vazirligiga 

aylantirildi. 

O„zbekistonda  moliya  idoralarini  boshqarish  tashkiliy  tuzilmasini  va  narx  belgilash 

tizimini  takomillashtirish  tadbirlari  belgilandi.  Shu  boisdan  narxlarga  doir  davlat 

siyosatini  o„tkazish  vazifalari  Moliya  vazirligiga  topshirilib,  u  Davlat  narxlar 

qo„mitasi bilan birlashtirildi. 

Xalq  xo„jaligini  xomashyo,  yoqilg„i  va  boshqa  moddiy-texnika  resurslari  bilan 

ta‟minlashga  ham  jiddiy  e‟tibor  berildi.  Bu  sohaga  rahbarlik  qiluvchi  idoralar 

takomillashtirildi. 

1991-yil 

fevralida  xalq  xo„jaligining  mineral-xomashyo 

zaxiralariga  bo„lgan  ehtiyojlarini  ta‟minlash  maqsadida  geologiya  sohasidagi  ilmiy-

tadqiqot,  ishlab  chiqarish  va  boshqaruv  idoralari  negizida  O„zbekiston  SSR  Davlat 

geologiya va meniralogiya qo„mitasi tashkil etilib, uning vakolatlari belgilandi. 

1992-yil may oyida neft va gaz konlarini har tomonlama va samarali o„zlashtirish, 

xalq  xo„jaligi  va  aholini  gaz,  gaz  kondensati,  neft  hamda  ularni  qayta  ishlash 

mahsulotlari  bilan  barqaror  ta‟minlash,  neft  va  gaz  sanoatini  boshqarish  tuzilmasini 

takomillashtirish maqsadida shu sohada mavjud bo„lgan ishlab chiqarish birlashmalari 

asosida  O„zbekiston  neft  va  gaz  sanoati  davlat  konserni  –  «O„zbekneftgaz»  tashkil 

etildi va uning vazifalari tayin etildi. 



 

103 


Konsernlar  xalq  xo„jaligiga  davlat rahbarligi  tizimidagi  yangi  shakl  edi. U  sanoat 

sohasida bundan ilgari ham barpo etilgan edi. Bu O„zbekistonning o„z mustaqilligiga 

erishishi, ittifoq tobeligidagi sanoat tarmoqlarining ham respublikaga berilishi, bozor 

iqtisodiyotiga  o„tilishi,  ma‟muriy  buyruqbozlik  usulining  cheklana  borishi  bilan 

bog„liq  bo„ldi.  Masalan,  1990-yil  oktabrida  O„zbekiston  SSR  Vazirlar  Kengashi 

sanoat tarmoqlari bo„yicha o„zbek davlat konsernlarini tuzish to„g„risida qaror qabul 

qildi.  Qarorga  binoan,  O„zbekiston  Davlat  kimyo  sanoati,  metallurgiya  sanoati, 

mashinasozlik,  qishloq  xo„jaligi  va  avtomobil  mashinasozligi,  radio  elektronika 

(elektro- texnika va asbobsozlik bilan birga), paxta tozalash sanoati ilmiy-texnikaviy 

ta‟minlash konsernlari tuzildi. 

Prezidentning  1992-yil  27-oktabrdagi  Farmoni  bilan  ijara  kollektiv,  hissadorlik 

tashkilotlarini  hamda  mulkchilikning  boshqa  shakllariga  asoslangan  montaj, 

ixtisoslashtirilgan qurilish, sozlash, ilmiy-tadqiqot  va  loyiha  tashkilotlarini  sanoat  va 

naqliyot  korxonalarini  ixtiyoriy  paychilik  asosida  birlashtiruvchi  «O„zmontaj-

maxsusqurilish»  ishlarni  xo„jalik  assotsiatsiyasi  tashkil  etilib,  shunday  vazirlik  esa 

tugatildi. 

O„zbekiston  Respublikasi  Don  mahsulotlari  vazirligi  negizida  Don  mahsulotlari 

(«O„zdonmahsulot») davlat konserni tashkil  etilib, uning  zimmasiga  xalq xo„jaligini 

va  aholini  ovqatbop  don,  un  va  non,  qandolat  mahsulotlari,  omixta  yem  bilan 

ta‟minlash, nonvoyxona, makaron tegirmonyorma va omixta yem sanoati korxonalari 

faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vazifalari yuklandi. 

Bozor  munosabatlarini  joriy  etish  jarayonida  O„zbekistonda  dehqonchilik  sanoat 

kompleksi  boshqaruv  tuzilmasini  takomillashtirish,  respublika  o„rmon  xo„jaligi 

boshqaruv  ishini  yaxshilash,  milliy  aviakompaniyani  tashkil  qilish  to„g„risida  ham 

Farmonlar  qabul  qilinib,  ularda  sanoat,  qishloq  xo„jaligi  va  naqliyotga  davlat 

rahbarligining navbatdagi muammolari hal etib berildi. Masalan, Prezidentning 1990-

yil  8-dekabrida  imzolagan  Farmonida  shunday  deyiladi:  «Dehqonchilik-sanoat 

kompleksida  davlat  va  xo„jalik  boshqaruv  vazifalarini  farqlab  qo„yishga  oid  aniq 

tadbirlarni  amalga  oshirish,  jamoa  xo„jaliklari,  davlat  xo„jaliklari  va  boshqa  qishloq 

xo„jaligi korxonalarining iqtisodiy mustaqilligini rivojlantirish, bozor munosabatlarini 

joriy etish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida qaror qilaman: 

O„zbekiston  SSR  qishloq  xo„jaligi  davlat  kooperativ  qo„mitasi  kengashi  va 

hay‟atining  O„zbekiston  SSR  qishloq  xo„jaligi  davlat  kooperativ  qo„mitasini 

O„zbekiston  SSR  qishloq  xo„jaligi  jumhuriyat  vazirligiga  aylantirish  to„g„risidagi 

taklifi qabul qilinsin». Shuningdek, Paxtani qayta ishlash va paxta mahsulotini sotish 

davlat hissadorlik assotsiatsiyasi ham tashkil etildi. 

Xalq xo„jaligini rivojlantirishda fan va texnikaning ahamiyati katta. Shu sababdan 

ularni  ravnaq  toptirish,  erishilgan  natijalarni  amaliyotga  tatbiq  etish  sohasidagi 

ishlarga ham jiddiy e‟tibor berildi. Maxsus Farmonlar bilan O„zbekiston Respublikasi 

Fan va texnika davlat qo„mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzurida esa Oliy Attestatsiya 

Komissiyasi  (OAK)  tashkil  qilindi.  Mamlakat  Fanlar  akademiyasiga  o„zini  o„zi 

boshqaruvchi mustaqil tashkilot sifatidagi maqom berildi. 




 

104 


Iqtisodiy hayotda bozor munosabatlariga o„tish aholining ijtimoiy himoyalanishini, 

davlat mustaqilligiga erishish esa milliy va madaniy qadriyatlar ahamiyatini oshirishni 

talab  etadi. Shunday  sharoitda ijtimoiy-madaniy  qurilish sohasida  davlat  rahbarligini 

takomillashtirish  ham  jiddiy  ahamiyatga  ega.  Chunonchi,  1992-yil  5-mayda  aholiga 

savdo  xizmatini  tubdan  yaxshilash,  iste‟mol  bozorini  kengaytirish  maqsadida 

respublika  savdo  vazirligi  «O„zbeksavdo»  O„zbekiston  davlat  hissadorlik 

uyushmasiga aylantirildi. 

Aholiga maishiy xizmat ko„rsatishni va bu sohani boshqarishni yaxshilash dolzarb 

masaladir.  Ana  shu  maqsadlarni  nazarda  tutib,  O„zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasi  huzuridagi  aholiga  maishiy  xizmat  ko„rsatish davlat  kooperativ  markazi 

va  uning  joylardagi  idoralari  o„rniga  maishiy  xizmat  korxonalari  va  tashkilotlari 

O„zbekiston  Respublikasi  va  hududiy  uyushmalari  tashkil  etildi,  ularning  vazifalari 

aniq belgilab qo„yildi. 

Ommaviy  axborot  vositalari  va  targ„ibot-tashviqot  ishlarini  takomillashtirish 

maqsadida  O„zbekiston  Respublikasi  televideniye  va  radio  eshittirishlari  davlat 

qo„mitasi  1992-yil  yanvar  oyidan  O„zbekiston  davlat  teleradio  eshittirishlar 

kompaniyasiga  aylantirildi.  Madaniyat  va  san‟atni  rivojlantirish  hamda  ularning 

ma‟naviy  va  axloqiy  tarbiyadagi  mavqeini  oshirish  maqsadida  1992-yil  mart  oyida 

qabul  etilgan  Farmon  bilan  O„zbekiston  Respublikasi  Madaniyat  vazirligining 

tashkiliy  tuzilmasini  yanada  takomillashtirish  va  uning  faoliyatini  yaxshilash 

tadbirlari  belgilandi.  Shu  vazirlik  negizida  O„zbekiston  Respublikasi  Madaniyat 

ishlari vazirligi va O„zbekiston Respublikasi Davlat kino kompaniyasi tashkil qilindi. 

Xususan,  Madaniyat  ishlari  vazirligi,  milliy  madaniyat  sohasida  davlat  siyosatini 

amalda  ro„yobga  chiqarish,  xalq  boy  an‟analarini  tiklash  va  ularni  yanada 

takomillashtirish, 

mamlakat 

ijodiy 

uyushmalari 

bilan 

uzviy 


hamkorlikni 

mustahkamlash, xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirish kabi vazifalarni bajaradigan 

bo„ldi. 

Respublikaning  tashqi  faoliyati  masalalari  bo„yicha  shug„ullanadigan  idoralari 

tizimi  ham  takomillashtirildi.  Jumladan,  1991-yil  7-sentabrida  O„zbekiston 

Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil qilindi. 

1992-yil  21-fevralida  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  vazirligi  tuzildi,  o„sha  yili  10 

avgustda  esa  O„zbekiston  Respublikasi  davlat  bojxona  qo„mitasi  barpo  etildi, 

shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni rag„batlantirish, xorijiy sarmoyalarni jalb etish 

va  himoya  qilish  choralari  belgilandi.  O„zbekiston  hududida  sayohat  sohasidagi 

yagona siyosatni ishlab chiqib, amalga oshirishni ta‟minlaydigan muvofiqlashtiruvchi 

bosh idora sifatida «O„zbekturizm» milliy kompaniyasi ham barpo etildi.  

1992-yil  oxiri  va  1993-yil  boshida  ham  bir  necha  markaziy  boshqaruv  idoralari 

tashkil  etildi.  Ular  qatoriga  O„zbekiston  sanoat  va  xo„jalik  qurilishi  davlat 

korporatsiyasi,  O„zbekiston  avtomobil  naqliyoti  davlat  hissadorlik  korporatsiyasi, 

O„zbekiston  avtomobil  yo„llari  qurish  va  foydalanish  davlat  hissadorlik  konserni 

kabilar kiradi. 



 

105 


Markaziy boshqaruv idoralari tizimining takomillashuvi va ayrimlarining yangidan 

tashkil  etilishi,  shuningdek,  Prezidentlik  lavozimining  yuzaga  kelishi  Vazirlar 

Mahkamasi  huquqiy  maqomining  o„zgarishi,  asosan,  ikki  holat  bilan  izohlanishi, 

ya‟ni  O„zbekiston  Respublikasining  davlat  mustaqilligiga  erishuvi  va  uning  bozor 

iqtisodiga o„ta boshlashi bilan chambarchas bog„liq ekanligidir. 

Xulosa sifatida ikki muhim jihatni alohida ta‟kidlash lozim.  




Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish