Ikkinchidan,
bozor iqtisodiyotiga o„tilayotgan hozirgi sharoitda O„zbekistonda
jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy o„zgarishlar sodir bo„lishida Prezident, Vazirlar Mahkamasi
olib borayotgan ishlar ko„lami tobora kengayib boryapti, ular faoliyatida avvalgi
ma‟muriyatchilik uslublari kamayib, yangi sharoit talablariga ko„ra ishlash ustun
kelayapti. Ilgari vazirliklar, davlat qo„mitalari va boshqa markaziy mahkamalar faqat
davlat korxonalari va tashkilotlariga rahbarlik qilgan bo„lsa, endilikda ular o„rniga
barpo etilayotgan konsern, assotsiatsiya, kompaniya, uyushma va korporatsiyalar ham
davlat, ham mulkchilikning boshqa shakllari asosida faoliyat ko„rsatuvchi korxona va
tashkilotlarga rahbarlik qilyapti, yoki ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turyapti.
Shunday qilib, O„zbekiston mustaqil davlat sifatida bozor iqtisodiyotiga o„tish
jarayonida iqtisodiy munosabatlar, mulkchilikning yangi shakli vujudga kelgan
paytda dadillik bilan boshqaruv tizimini o„z milliy taraqqiyotiga mos tarzda o„zgartira
bordi.
Umuman olganda 1991–1996-yillar yosh Mustaqil mamlakatimizda davlat tizimini
takomillashtirish va uni butunlay yangi shaklda barpo etish borasida qator ishlar
amalga oshirildi. Ayrim tashkilot va muassasalar nomi ikki-uch yil orasida bir necha
marta o„zgartirildi. Ba‟zi turdosh tarmoqlar birlashtirildi, bir qismi bo„lib yuborilib,
yangitdan tuzildi. Bir qator sohalar, ayniqsa, bank, pul-kredit, tashqi iqtisodiy
faoliyat, sobiq SSSR markaziy organlari va qator idoralar bilan bog„liq bo„lgan
sohalarda butunlay yangi vazirliklar va boshqa shakldagi muassasalar tashkil etildi.
Tarixan juda qisqa davrda tub islohotlarni amalga oshiradigan, aholi ongi va
dunyoqarashini butunlay o„zgartira oladigan davlat tizimini mustahkamlash, keng
tarmoqli xalq xo„jaligini boshqarishga qodir bo„lgan, eng samarali va eng zamonaviy
usullarni qidirib topish zarur edi. Mamlakatimiz hukumati aholi turmush darajasi va
iqtisodiy-ijtimoiy hayotida barqarorlikni saqlab turish, o„tish davrida jiddiy
qiyinchiliklarga yo„l qo„ymaslik, ma‟naviy-ruhiy ozurdalik, tushkunlik va
qashshoqlikning oldini olish
maqsadida
eng
avvalo
boshqaruv
tizimini
106
takomillashtirish, davlat apparatining har qanday tanglik sharoitida ham barqaror
ishlashini ta‟minlash ishiga jiddiy e‟tibor berdi.
Milliy davlatchilikda yangicha boshqaruv usullari haqida gap ketganda
O„zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilgan islohotlarning ikki muhim
yo„nalishi haqida fikr yuritish joiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |