Xalqimiz o„tmishining ajralmas qismi bo„lmish Buxoro tarixi shukuhli va muborak
kunlar bilan bir qatorda juda og„ir va musibatli damlarga guvoh bo„ldi. Ko„plab
bosqinlarni boshdan kechirdi, necha marta vayron etildi, o„t ichida qoldi. Bu
muqaddas tuproqda begunoh qonlar to„kildi, muhtasham obida, minora va aziz-
avliyolarning qabrlari oyoqosti qilindi. Ammo buxoroliklar o„z ona shaharlarini
ma‟lum. Inqilob bahonasida bu sharofatli shahar obidalari yana bir bor vayrona etildi,
uning asl farzandlari qatag„on qilindi. Xalq va uning moddiy-ma‟naviy merosiga
ko„rsatilgan bunday munosabat sobiq sho„rolar tuzumining qanchalik g„ayriinsoniy va
Har bir xalq o„z yurtiga haqiqiy ega bo„lganda uning tarixi va salohiyati bo„y-
bastini, uning go„zalligini dunyo ko„z o„ngida to„la-to„kis namoyon eta oladi. Bugun
bu qadim shahar to„yi dunyo miqyosida keng nishonlanayotgan ekan, bu ham
467
Istiqlol ko„hna Buxoro hayotiga yangi bir nafas olib keldi. Buxoro viloyati va
shahrida bugungi kunda zamonaviy sanoat, qishloq xo„jaligi, ilm-fan, madaniyat va
san‟at yangi yuksalish yo„liga kirdi. Buxoro yurtining qiyofasi yildan-yilga
o„zgarmoqda, yangi shukuh topmoqda.
Buxoro neftni qayta ishlash korxonasining ishga tushgani dunyo ahli tarafidan
muhim voqea sifatida e‟tirof etildi. Shahar va viloyatda juda katta qurilish va
obodonchilik ishlari olib borilmoqda.
Buxoro dehqonlari va mirishkorlari o„z saxovatli mehnati bilan Vatanimiz
taraqqiyotiga munosib hissa qo„shmoqdalar.
Buxoroning tengsiz zardo„zi liboslari, oltinga teng pillasi, qorako„l terilari jahon
bozorida munosib bahosini olmoqda.
Sharq me‟morchilik san‟atining noyob namunalari bo„lgan barcha qadimiy
obidalar mustaqillik sharofati bilan yana asl shakliga qaytmoqda.
Buxoroning va buxoroliklarning yana bir katta yutug„i shundaki, bugun bu
tabarruk zaminda turli millat-u dinga mansub kishilar – tojiklar, turkmanlar, ruslar,
yahudiylar, qozoqlar, koreyslar, armanlar va boshqa o„nlab millat vakillari o„zbeklar
bilan birga qo„lni-qo„lga berib, do„stona, ahil, hamkor va hamjihat bo„lib
yashamoqdalar.
Bugungi fursatdan foydalanib, mard va tanti, g„ururi baland, ilmparvar va
mehnatsevar Buxoro ahliga xalqimiz nomidan, shaxsan o„z nomimdan minnatdorlik
izhor etishni va ularga chuqur ta‟zim qilishni o„zimning muqaddas burchim deb
bilaman.
Aziz vatandoshlar!
Zamonlar o„tar, yillar, asrlar o„tadi. Hech shubha yo„qki, farzandlarimiz,
nevaralarimiz, kelajak nasllar Buxoroga, uning qadim tarixiga qayta-qayta murojaat
etadilar.
Vatanimizni ozod va obod qilish uchun kurashda qurbon bo„lganlarni, mustaqillik
imorati poydevoriga birinchi g„isht qo„ygan ota-bobolarini sira unutmaydilar.
Yangi o„sib kelayotgan avlodlarimiz o„z tarixini, yurtini, aziz-avliyolarini, osori
atiqalarini boshiga ko„tarib, shu tariqa milliy tuyg„u, milliy g„urur, milliy iftixor
hissiyotini ko„kka ko„tarib, umumshabariy qadriyatlar xazinasiga o„zlarining munosib
hissasini qo„shadilar.
Aziz do„stlarim, vatandoshlarim!
Sizlarni yana bir karra Buxoroi sharifning qutlug„ to„yi bilan chin ko„ngildan
tabriklayman!
Barchamizga ajdodlarimizga munosib, yana ming yillarga davomdor buyuk ishlar
qilish baxti nasib etsin!
Yaratganning o„zi bizning barcha ezgu ishlarimizda madadkor bo„lsin!
1997-yil 19-oktabr