Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


-yili  Buxoroda  Mirzo  Ulug„bek  qurdirgan  madrasa  darvozasiga  «Ilm



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet390/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

1417-yili  Buxoroda  Mirzo  Ulug„bek  qurdirgan  madrasa  darvozasiga  «Ilm 

olmoqqa intilish har bir muslim va muslima uchun qarz-u farzdir»,

 degan so„zlar 

o„yib  yozilganida  judda  katta  ma‟no  mujassam.  Xuddi  shuningdek,  1433-yili 

Ulug„bek  tomonidan  G„ijduvonda  barpo  etilgan  madrasa  ne-ne  avlodlarga  ilm-u 

ma‟rifat ziyosini tarqatgan. 

Bugun  ham  zamin  uzra  savlat  ko„tarib  turgan  me‟morchilik  obidalari,  masjid-u 

madrasalar,  savdo  va  hunarmandlar  timlari,  shifoxonalar  va  xonaqohlar,  hovuzlar, 

maydonlar Buxoro boshdan kechirgan buyuk tarixning guvohlaridir. 

Buxoro nafaqat yurtimiz, balki butun Sharqning ilm markazi bo„lib kelgan. Imom 

al-Buxoriy,  Abu  Nasr  Forobiy,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Mir  Kulol,  Boboi  Samosiy, 

Faqnaviy,  Ahmad  Donish,  Abdurauf  Fitrat,  Fayzulla  Xo„jayev  va  boshqa  shu  kabi 

buyuk  zotlar  yetishib  chiqqan,  tahsil  olgan  bu  makon  bundan  buyon  ham  ilm-u  fan, 

ma‟rifat va ijod beshigi bo„lib qolaveradi. 

Xalqimiz buyuk ajdodlarimiz mo„tabar nomlarini, umuminsoniy ma‟naviyatga va 

umuman  bashariyat  rivojiga  katta  hissa  qo„shgan,  go„zal  Buxoroni  bezab,  unga 

betakror  nafosat,  shakl  va  salobat  baxsh  etib  turgan  imorat-u  inshootlarni,  masjid-u 

maqbaralarni,  madrasalarni,  islom  dinining,  Sharq  falsafasining  o„chmas 

qadriyatlarini  bugungi  avlodlarga  meros  qilib  qoldirgan  buyuk  ajdodlar  nomini 

abadul-abad saqlaydi. 

Muhtaram do„stlar! 

Aziz mehmonlar! 

Bu  yil  Buxoro  va  Xiva  shaharlari  2500  yillik  muborak  sanalarining  Parijda  keng 

nishonlanishi,  xalqaro  anjuman  va  ko„rgazmalar  o„tkazilishi,  bugungi  bayram 

tantanalarida ko„plab xorijlik aziz mehmonlarimiz – olimlar, faylasuflar, tarixchilar va 

din peshvolarining ishtirok etishi o„lkamizning ilmiy, me‟moriy va madaniy merosiga 

xalqaro jamoatchilikning tobora oshib borayotgan katta qiziqishidan dalolat beradi. 

Tarixini  bilmaganning  kelajagi  yo„q,  deydilar.  Buxoroning  bugungi  qutlug„ 

ayyomi, eng avvalo, o„tmishga ehtirom va buyuk ajdodlarimiz xotirasiga hurmatimiz 

namoyishidir. 

Elim  deb,  yurtim  deb,  kelajagini  o„ylab  zahmat  chekkan,  Vatanimiz  ozodligi 

yo„lida  kurashgan,  millatimiz  ravnaqi  uchun  umrini  bag„ishlagan,  o„zidan  obod 



 

466 


shahar-u  vohalar,  betakror  go„zal  yodgorliklar  qoldirgan  ajdodlarimiz  mehnatini 

yuzaga  chiqarish,  ularni  qadrlash,  ruhi  poklarini  shod  qilish,  ezgu  ishlarini  davom 

ettirish biz uchun, bugungi avlod uchun ham farz, ham qarzdir. 

Buxoroning  2500  yilligi  shu  yurtda  yashayotgan  har  bir  fuqaroni,  jumladan, 

yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko„z qorachig„idek avaylab-

asrashga,  yurak-yurakdan  iftixor  qilishga  o„rgatadi.  O„zimizning  boy  o„tmish 

merosimizdan  madad  va  ibrat  olishga  imkon  beradi.  Odamlar  qalbida  ezgulik 

tuyg„ularini  uyg„otib,  bugungi  avlod  kimlarning  avlodi,  kimlarning  zoti  va  vorislari 

ekanini anglashga undaydi. 

Bu  tantanalar  biz  bugun  mustaqillikka  erishgan  yagona  bir  xalq  sifatida  buyuk 

kelajak  sari  intilayotganimiz  shunchaki  orzu-havas  bo„lmay,  balki  xalqimizning 

tarixiy  salohiyati,  asrlar  davomidagi  davlatchiligi,  madaniyati  va  qudratidan  kelib 

chiqib qo„yilgan aniq maqsad ekanini tasdiqlaydi. 

Bu  masalaning  yana  bir  tomoni  borki,  uni  aytib  o„tmasdan  bo„lmaydi  deb 

o„ylayman. Biz bugun istiqlol yo„lida, ozod va obod Vatanimizni qurish yo„lida dadil 

qadam  qo„yayotgan  damlarda,  bizning  shu  intilishlarimizni  ko„rolmaydigan, 

yo„limizni to„sib olmoqchi bo„lgan yovuz kuchlar tariximizni chalg„itib ko„rsatishga, 

yolg„on gaplarni ko„tarishga, shu saxovatli yerda yashayotgan millat va elatlar orasiga 

adovat  urug„ini  sepishga  harakat  qilayotganlarning  to„g„ri  bahosini  bermog„imiz 

darkor.  Shuning  uchun  ham  tarixiy  haqiqatni  bilish,  uni  muhrlash,  yosh  avlodga 

xolisona yetkazish chuqur ma‟noga ega. 

Bu shunday haqiqatkim, ba‟zi ashaddiy millatchilik yo„liga o„tib olgan, o„zgalarni 

ko„rolmaydigan,  hasad  bilan  yashaydiganlarning  kuchini  qirqadi,  boshqalarning 

tinchligini  buzish  niyatida  osoyishta  taraqqiyot  yo„liga  g„ov  bo„ladiganlarning 

tomirini  qirqadi.  Farzandlarimizning  ko„zini  haqiqatga  ochib  beradi.  Haqiqiy  tarix 


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish