Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


Milliy  g„oya,  O„zbekistonning  mustaqillika  erishishi  haqidagi  siyosiy,  ilmiy



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

Milliy  g„oya,  O„zbekistonning  mustaqillika  erishishi  haqidagi  siyosiy,  ilmiy, 

nazariy,  falsafiy,  tarixiy,  badiiy  va  diniy  qarashlar  majmui,  xalqni  kelajakka 

ishonch, e‟tiqod ruhida tarbiyalovchi g„oyaviy qurol, barcha toifa kishilarini shu 

maqsad yo„lida birlashtiruvchi g„oyat qudratli ma‟naviy omil hisoblanadi.

 

Shundan kelib chiqib: 



–  O„zbekistonning  mustaqillikka  erishishini  tarixiy  muqarrar  jarayonligini 

ko„rsatish; 




 

375 


–  Yangi  Konstitutsiyada  qonunan  maqsad  qilib  qo„yilgan  adolatli,  demokratik, 

fuqarolik jamiyat haqida ilmiy-nazariy  qoidalarni ishlab chiqish; 

–  O„zbekistonning  kelajagiga  ishonch  va  kishilarda  yangi  ijtimoiy-siyosiy 

dunyoqarashni  shakllantirishni  milliy  g„oyaga  asos  bo„luvchi  qarashlar  deyish 

mumkin. Biroq, yuqorida keltirilganlar jamoat tashkilotlari, ilmiy muassasalar, ayrim 

siyosatshunoslarning milliy istiqlol mafkurasi xususidagi nuqtayi  nazarlari va shaxsiy 

qarashlari edi, xolos. Hali asl ma‟noda istiqlol mafkurasining  nazariy  jihatdan, uning 

amaliy tomonlari dastur shaklida, qo„llanma sifatida yetarlicha ochib berilmagan edi. 

Milliy istiqlol mafkurasining nazariy jihatlari Prezident I.A.Karimovning, ayniqsa, 

keyingi yillardagi nutq va risolalarida atroflicha yoritib berildi. Xususan, 1995-yil 24-

fevralida  O„zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  birinchi  sessiyasida 

«O„zbekistonning  siyosiy,  ijtimoiy  va  iqtisodiy  istiqbolining  asosiy  tamoyillari» 

mavzuida keng qamrovli ma‟ruza qildi. 

Avvalo ushbu risola o„zining nazariy jihatdan puxta, rivojlanishimizga doir amaliy 

taklif  va  mulohazalarga  boy  qo„llanmaliligi  bilan  xarakterlidir.  Darhahiqat, 

kitobchada  mustaqillik  yillarida  amalga  oshirilgan  ishlar  tahlil  qilinadi,  bugungi 

ijtimoiy  siyosiy  hayotga  tavsif  beriladi,  ichki  va  tashqi  siyosatga  doir  vazifalar 

oydinlashtiriladi.  Bir  so„z  bilan  aytganda  xalqimiz  XXI  asrga  qanday  o„tadi,  degan 

savollarga  aniq  javob  beriladi.  Shuning  uchun  ham  ushbu  nutq  siyosiy  hayot  uchun 

dasturiy hujjat, amaliy faoliyat uchun qo„llanma bo„ldi. 

Bir so„z bilan aytganda ana shu sessiyada so„zlangan nutq bizning qariyb to„rt yil 

mobaynida  to„plangan  tajribalarimizni  to„plab,  davlat  siyosatining  taktika  va 

strategiyasini  aniq-ravshan  belgilab  berdi.  Milliy  istiqlol  mafkurasining  asl  o„zagini, 

butun mazmun-mohiyatini, ko„lami va miqyosini ko„rsatib berdi. 

Mustaqillikning  to„rt  yilligi  arafasida  jamoatchilik  yana  bir  sovg„a  oldi. 

I.A.Karimovning «O„zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo„lida» kitobi 

nashrdan  chiqdi.  Bir-biri  bilan  uzviy  bog„langan,  bir-birini  mantiqiy  jihatdan  davom 

ettiradigan  ushbu  monografiya  «Iqtisodiy  islohotlar  birinchi  bosqichining  yakunlari 

va saboqlari» hamda «Iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichining vazifalari va ustuvor 

yo„nalishlari»  kabi  qismlardan  iborat.  Mazkur  asarda  yo„naltirilgan  barqaror  bozor 

iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo„lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni 

va fuqarolik jamiyatini barpo etishga, inson uchun munosib turmush va faoliyat sha-

roitini  vujudga  keltirish,  jamiyatni  ma‟naviy-axloqiy  jihatdan  yangilash  va  taraqqiy 

ettirishning  nazariy  hamda  amaliy  negizlarini    belgilab  berish    tamoyillari  ishlab  

chiqildi. 

Asar  o„zining  hayotiy  faoliyatini  Vatanimizning  mustaqilligini  mustahkamlashga 

bag„ishlagan  har  bir  fuqaroni:  u  olim  bo„ladimi,  ishchi-xizmatchi  yoki  dehqon 

bo„ladimi,  o„z  ishiga  mas‟uliyat  bilan  qarashga,  o„z  faoliyatini  tahlil  qilish,  hayotiy 

saboqlar chiqarish ruhida tarbiyalaydi. 

Bugungi  kunda  ushbu  kitob  jahonning  ko„p  mamlakatlarida  nashr  etildi,  o„nlab 

tillarga  tarjima  qilindi.  Uni  dunyo  xalqlari  o„rganayotganligi  asarning  ilmiy  qiymati 



 

376 


naqadar yuksakligini ham nazariy, ham amaliy xulosalari qator mamlakatlar ijtimoiy-

iqtisodiy taraqqiyotda yangi yo„nalish yuz berayotganini ko„rsatadi.  




Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish