Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


barcha  ishlarni  qilamiz»



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

barcha  ishlarni  qilamiz»

.  O„zbekiston  yangi  rahbariyatining  bunday  pozitsiyasi 

respublikada  ma‟naviy  poklanish,  yangilanish  davrining  boshlanishi,  ma‟naviy 

inqirozdan chiqish uchun dadil qadam edi. 

Shundan  so„ng  adib  Primqul  Qodirovning  Bobur  va  boburiylar  haqida  hikoya 

qiluvchi «Yulduzli tunlar» romani nashr qilindi, Boburning «Boburnoma»si yangidan 

chop etildi. O„zbekiston SSR Fanlar akademiyasining akademigi, tarix fanlari doktori 

Bo„riboy  Ahmedov  so„zboshisi  bilan  «Sharq  yulduzi»  jurnalida  «Temur 

tuzuklari»ning to„la ravishda e‟lon qilinishi keng jamoatchilikni behad quvontirdi.  

Qariyb  bir  yarim  asrlik  mustamlakachilik  o„zligimizni  yo„qotishga  olib  keldi. 

Sobiq  markazga  siyosiy-iqtisodiy  va  ma‟naviy  qaramlik  jumhuriyat  ijtimoiy-siyosiy 

taraqqiyoti  uchun,  milliy,  madaniy-ma‟rifiy  ravnaqi  uchun  to„siq  bo„ldi.  Darhaqiqat, 

o„tgan  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  yurtimizdagi  bebaho  kitoblar,  qimmatli 

ashyo–yodgorliklar  mustamlakachilar  tomonidan  talandi,  ular  chor  generallari,  olim 

niqobidagi shaxslar tomonidan Sankt-Peterburgga, Moskvaga va dunyoning ko„pgina 

mamlakatlariga  olib  ketildi.  Bu  hol  mavjud  madaniy  boyliklardan  xalqimizning 

bahramand  bo„lish  imkoniyatini  yo„qotdi.  Shu  bilan  bir  qatorda  bunday  noyob 

madaniy  merosni,  buyuk  yodgorliklarni  o„rganishni,  ularni  ilmiy  tadqiq  etishni 

qiyinlashtirdi. Endilikda mamlakat istiqlolga erishgandan so„ng, asrlar davomida ota-

bobolarimiz  yaratgan  bu  boyliklarni  e‟zozlash,  avaylab  asrash,  o„rganish  va 

ko„paytirish imkoniyatiga ega bo„lindi. 

Madaniy  merosni,  olis  o„tmishni  chuqur  o„rganmasdan  turib  istiqbolni  belgilab 

bo„lmaydi.  Kelajakka  intilish  uchun  o„tmishni  o„rganish,  tajribalarni  o„zlashtirish 

darkor. Lekin, bunda bir yoqlamalikka yo„l qo„yib bo„lmaydi.  O„tmish madaniyatini 

xaspo„shlash  ham,  ideallashtirish  ham  mumkin  emas.  Olimlar  va  mutaxassislar 

istiqlol  yillarida  fanning turli  sohalarida madaniy  merosni  chuqur o„rganishga, unga 

xolisona baho berishga harakat qildilar. 

1991-yil,  ya‟ni,  O„zbekiston  yangi  yo„lga  chiqib  olgan,  o„zini  mustaqil  deb  e‟lon 

qilgan yil yana shu bilan ahamiyatliki, bu yilda Mir Alisher Navoiy tavalludining 550 

yilligi  barcha hur fikrli kishilar tomonidan keng nishonlandi. Bu to„yga respublikada 

katta tayyorgarlik ko„rildi va u xalqning katta madaniyat bayramiga aylandi. Avvalo 

buyuk  shoir  asarlarini  keng  xalq  ommasiga  yetkazish  uchun  muhim  ishlar  amalga 

oshirildi.  Uning  yigirma  jildlik  mukammal  asarlar  to„plami  nashr  etila  boshlandi. 

Bundan  tashqari  «Lison-ut  tayr»,  «Sab‟ai  sayyor»,  «Farhod  va  Shirin»,  «Layli  va 




 

382 


Majnun»,  «Hayrat-ul  Abror»  singari  shoh  asarlari  alohida-alohida  holda  bir  necha 

ming nusxada bosmadan chiqarildi. Bir necha ilmiy-ommabop asarlar sovg„a kitoblar 

sifatida nashr qilindi. 

Yubiley  oldidan  Alisher  Navoiyning  buyuk  siymosi  ifoda  etilgan  sahna  asarlari, 

kinofilmlar  yaratildi.  Alisher  Navoiy  nomida  Davlat  mukofoti  ta‟sis  etildi.  Pushkin 

nomidagi  Adabiyot  institutiga  Alisher  Navoiy  nomi  berildi.  Shoir  nomi  berilgan 

Davlat  adabiyot  muzeyi  yangi  eksponatlar  bilan  boyitildi.  Mamlakat  poytaxti 

Toshkentda  ulug„  bobomizning  muhtasham  va  purviqor  haykali  qo„yildiki,  bu  joy 

xalqning muqaddas ziyoratgohiga aylandi. 

Buyuk  bobokalonimiz  Alisher  Navoiy  qoldirgan  ma‟naviy  meros  bugungi  kunda 

yangilanayotgan  jamiyatimizni  ma‟naviy  yuksaltirishda  muhim  omil  bo„lib  xizmat 

qilmoqda. 

1994-yilni  hukumat  qarori  bilan  Ulug„bek  yili,  deb  e‟lon  qilinishi,  uning  600 

yilligini  O„zbekistonda  va  jahon  miqyosida,  xususan,  YuNESKO  qarorgohi  Parijda 

keng  nishonlanishi  ham  buyuk  allomalar  qoldirgan  meros  umuminsoniy  qadriyatga 

aylanganligi nishonasidir. 




Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish