Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

Ikkinchidan

,  ayrim  mahalliy  rahbarlar,  xususan,  O„zbekiston  Kompartiyasi 

Markaziy  Qo„mitasining  sobiq  mahalliy  millatga  mansub  rahbarlari  o„sha  davrda 

amal  kursisini  yo„qotmaslik  uchun  markazga  qo„g„irchoq  bo„lib  qoldilar,  sotqinlik 

qilishdan  o„zlarini  tiya  olmadilar.  Natijada  xalqning  urf-odatlari,  an‟analari, 

madaniyati  oyoq  osti  qilindi.  Ona  tilining  qo„llanish  sohasi  sun‟iy  tarzda  cheklab 

qo„yildi.  Hatto  shundoq  ham  milliy  an‟analardan  ancha  olisda  bo„lgan  ayrim  san‟at 

turlari kimlargadir  maqbul  bo„lmay,  ularni  milliy  mahdudlikda  ayblashib,  mualliflar 

ta‟qib  ostiga  olindi.  Birgina  misol,  1986-yil  4-oktabrda  O„zbekiston  KPMKning  III 

Plenumi  «Ideologiya  ishining  samaradorligini  yanada  oshirish  yuzasidan  respublika 

partiya tashkilotining vazifalari» masalasini muhokama qildi. Unda real hayotga mos 

bo„lmagan  xalqning  milliy  o„zligini  anglashiga  zid  ko„rsatmalar  berildi.  Jumladan, 

«O„tmishni  ideallashtirish,  nosinfiy  va  notarixiy  yondashish  shunga  olib  keldiki, 

Temur kabi feodal zolimlar teatr sahnalarida, kino ekranlarida, kitob sahifalarida shu 

vaqtga  qadar  ko„zga  tashlanib  turibdi,  ayrim  yozuvchilarning  e‟tiborida  tarix 

haqiqatiga  zid    ravishda  u  insonparvar  va  uzoqni  ko„ra    biluvchi  siyosatchi  qilib 

ko„rsatilgan. Bu borada  tipik  o„rta  asrga xos jihatlarni ko„ra olish uchun Pirimqul 

Qodirovda  sinfiy  yetuklik  yetishmadi.  Yozuvchi  Boburning  haqiqiy  bosqinchilik 

faoliyatlarini sezmay, uning go„yo ma‟rifatparvar podsholigi, nozik didli lirik shoir va 

ulkan tarixchiligiga qoyil qolib, erib ketadi-yu ko„z yoshi qiladi. 

Bunday kaltabinlik dastlab qaraganda beozor ko„rinsa-da aslo bunday emas. Uning 

zamirida  tarixni  qaytadan  yozishga  urinish,  patriarxal  davrni  qo„msashni  targ„ib 

qilish,  islomni  milliy  madaniyatning  xazinachisi  qilib  ko„rsatishga  urinish  yotadi», 

deb ta‟kidlandi yuqoridagi Plenumda. Ana shunday qarashlardan kelib chiqib, Plenum 

«ideologiya  ishidagi  mavjud  buzilishlar  murosasizlik  bilan  tugatilsin,  tarixiy 

o„tmishni  idrok  qilishda  markscha-lenincha  metodologiyadan  og„ish  yo„lidagi  har 

qanday urinishlarga zarba berilsin», deb ko„rsatma berdi. 

Ko„rinib  turibdiki,  Plenum  kishilarni  vatanparvarlik  va  internatsionalizm  ruhida 

tarbiyalash kabi g„oyalarni ilgari sura turib, o„zi xalqni asl ma‟nodagi vatanparvarlik 

ruhida  tarbiyalashga  zid  yo„l-yo„riqlar  belgilab  berdi.  Bunday  noto„g„ri  pozitsiya 

1987-yil 17-yanvarda Toshkentda bo„lib o„tgan jamiyatshunos olimlarning respublika 

Kengashida  ham  yana  bir  bor    ta‟kidlandi.  Kengash    respublika    olimlariga    tarixiy  

voqea  va  hodisalarga  baho  berishda    partiyaviy,  sinfiy  prinsiplardan  kelib  chiqib 

yondashish kerakligini  tavsiya  qildi. Biroq, bunday  tarixiy  haqiqatga zid  mafkuraviy 

yo„l-yo„riq  xalq  tomonidan  ma‟qullanmadi,  ziyolilarning  qarshiligiga  uchradi. 

O„zbekiston  Kompartiyasi  Markaziy  Qo„mitasi  bu  borada  o„zi  yo„l  qo„ygan  xatoni 

o„zi tuzatishga majbur bo„ldi. O„zKP XXII syezdida (1990-y. iyun) siyosiy ma‟ruza 

qilgan,  uning  birinchi  kotibi  I.A.Karimov  shunday  dedi: 




Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish