Bunday ijobiy maqsadlarga erishish istiqbolli, ertapishar va serhosil navlar
texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo„jaligining moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash, jumladan, dehqon va fermerlarni kredit resurslari, yangi texnikalar,
mineral o„g„it va boshqa zarur vositalar bilan ta‟minlash, turli zararkunanda
hasharotlarga qarshi biologik usullarni qo„llash kabi ishlarni to„g„ri tashkil etilganligi
367
Shular qatorida paxta hosilini qayta ishlash, zamonaviy texnologiyalardan
foydalanish, eksport talablariga javob beradigan shartlarni qo„yish, shu tariqa
dehqonlarimizning daromadini ko„paytirish asosiy mezonga aylangani tufayli
dunyoda o„zbek paxtasiga bo„lgan qiziqish tobora kuchayib bormoqda.
Mamlakatimizda paxtachilik sohasini rivojlantirish strategiyasiga muvofiq keyingi
yillarda ikki yuzga yaqin to„qimachilik korxonasi zamonaviy asosda modernizatsiya
qilindi va yangidan barpo etildi. Ana shunday o„zgarishlar natijasida yurtimizda
yetishtirilayotgan paxta hosilining 27 foizi hozirgi paytda O„zbekiston korxonalarida
qayta ishlanib, tayyor mahsulot sifatida chiqarilayotgan bo„lsa, yaqin kelajakda bu
raqamni 55 foizga yetkazish maqsadida yengil sanoat tarmog„ida aniq dastur bo„yicha
katta ishlar olib borilmoqda.
Hech shubhasiz, iqtisodiyotimizning baquvvat bo„lib borayotgani qishloq ahlining
turmush farovonligini yuksaltirish, barcha viloyatlar, tuman va qishloqlarimizda
yangi-yangi korxonalar, ko„rkam uy-joylar, ravon yo„llar, yuzlab maktab, litsey va
kollejlar, zamonaviy tibbiyot muassasalari barpo etilishi peshona teri bilan qilgan ana
shunday mashaqqatli mehnatning mevasi va amaliy namoyonidir.
Buni uzoqqa bormasdan, hozirgi kunda aholini ichimlik suvi bilan ta‟minlash
darajasi 84 foizga, tabiiy gaz bilan ta‟minlash darajasi esa 81,5 foizga yetgani,
faqatgina joriy yilning to„qqiz oyi mobaynida respublikamiz bo„yicha 1350 tadan
ortiq umumta‟lim maktabi butunlay yangicha qiyofa kasb etgani, jumladan 65 ta
yangi maktab bunyod etilgani misolida ham yaqqol ko„rish mumkin.
Hech shubhasiz, ishlab chiqarish tarmoqlari iqtisodiyotimizning hal qiluvchi sohasi
bo„lmish qishloq xo„jaligida ish unumi va samarasini oshirish asosida birinchi
navbatda qishloq hayotini yangi bosqichga ko„tarish, shu zaminda yashayotgan
odamlarning og„irini yengil qilish vazifalari bundan buyon ham davlatimiz,
hukumatimizning doimiy e‟tibor markazida bo„lmoqda.
Odamlarda mulkka bo„lgan munosabatni o„zgartirish, dehqonlarimizda yerga
egalik hissini shakllantirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning izchil amalga
oshirilishi natijasida qishloq xo„jaligi sohasida chuqur o„zgarishlar ro„y bermoqda.
Qishloq mehnatkashlarining dunyoqarashi o„zgarmoqda, ularda tashabbuskorlik,
tadbirkorlik, yer hamda suv resurslariga mas‟uliyat va tejamkorlik bilan munosabatda
bo„lish kabi fazilatlar yanada yaqqol namoyon bo„lmoqda.
Hech shubhasiz, bugungi kunda qishloq xo„jaligi samaradorligini tubdan oshirish,
so„nggi yillarda paxtachilik, g„allachilik va meva-sabzavotchilikda mo„l hosil
yetishtirish, ishlab chiqarish hajmlarining o„sishida chuqur o„ylangan va izchillik
bilan amalga oshirilayotgan islohotlar asosiy omil bo„layotganini barchamiz yaxshi
anglaymiz.
Shuni mamnuniyat bilan qayd etish joizki, fermer xo„jaliklari amalda qishloq
xo„jaligi ishlab chiqarishning asosiy shakliga, uni barqaror rivojlantirishni
ta‟minlashda yetakchi harakatlantiruvchi kuchga aylandi.
Hozirgi paytda respublikamizda 190 mingga yaqin fermer xo„jaligi faoliyat
ko„rsatmoqda va ularda salkam 1,4 million kishi mehnat qilmoqda.