Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


«Men bir haqiqatni aytib charchamasam



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet283/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

«Men bir haqiqatni aytib charchamasam 

kerak.  Buning  mazmuni  shuki,  qishloqda  tub  islohotlar  o„tkazish,  qishloq 

xo„jaligini taraqqiy ettirish, qishloq xo„jaligida ishlab chiqarish samaradorligini 

oshirish  O„zbekiston  iqtisodiyotini  rivojlantirishning  asosiy  omili  va 

manbayidir»

Shu  bois  avvalo  qishloq  xo„jaligi  ishlab  chiqarishi  samaradorligini  oshirish 



borasidagi muhim chora-tadbirlardan biri, bu sohani boshqarishni takomillashtirish va 

tubdan  o„zgartirish,  rahbarlikni  yaxshilash  bo„ldi.  1991–1996-yillarda  qishloq 

xo„jaligi kompleksiga rahbarlikni yaxshilash, qishloqda o„tkazilayotgan islohotlarning 

huquqiy asosini yaratish choralari ko„rildi.  

1996-yil  26-noyabrda  respublika  hukumati  qishloq  va  suv  xo„jaligini 

boshqarishning,  qishloq  xo„jaligi  ishlab  chiqarishining  samaradorligini  oshirishga 

yo„naltirilgan butunlay yangi tizimini yaratish maqsadida «O„zbekiston Respublikasi 

Qishloq va suv xo„jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to„g„risida» qaror 

qabul qildi. Shunga asosan ikki vazirlik birlashtirildi. 

Bundan ilgariroq, aniqrog„i, 1996-yil 3-aprelida Prezident «Qishloq xo„jaligi ishlab 

chiqarishini  davlat  yo„li  bilan  qo„llab-quvvatlash  chora-tadbirlari  to„g„risida» 

farmonni  imzolab  unda  qishloqda  islohotlarni  chuqurlashtirishga  qaratilgan  qator 

tadbirlar ko„zda tutilgan edi. 

Yana  ta‟kidlash  joizki,  mustaqillik  yillarida  qishloq  xo„jaligi  ishlab  chiqarishini 

ustun darajada rivojlantirish borasida yangi qonun va me‟yoriy hujjatlar qabul qilindi. 

Masalan, 1991-yil 21-dekabrda qabul qilingan «Dehqon (fermer) xo„jaliklarini yanada 

mustahkamlash  va  tadbirkorlik  faoliyatini  davlat  tomonidan  qo„llab-quvvatlash 

to„g„risida»gi  Farmon  qishloq  xo„jaligi  ishlab  chiqarishini  zamon  talablari  asosida 

tashkil qilishda katta ahamiyatga ega bo„ldi. 

Shuningdek,  chorvachilikda  islohotlarni  takomillashtirish  va  dehqon  (fermer) 

xo„jaliklari  hamda  xususiylashtirilgan  fermalarning  manfaatlarini  himoya  qilish 

to„g„risida 1994-yil fevralida qabul qilingan hukumat qarorlari ham katta ahamiyatga 

ega bo„ldi. 

Shu yillarda amalga oshirilgan tadbirlar tufayli qishloqda agrar islohot jarayonida 

bozor  iqtisodiyoti  talablariga  mos  yangi  xo„jalik  tizimi  shakllandi.  Avvalgi 

sovxozlarning  hammasi  kooperativ,  uyushma,  shirkatlarga  va  mulkning  boshqa 

nodavlat shakllariga aylantirildi. 

Chorvachilik  fermalari  1994-yilda  mazkur  joydagilar  mulkiga  aylantirildi.  1995-

yilda  qoramol  boqiladigan  588  chorvachilik  fermasi    kimoshdi  savdosida  sotildi. 

Dehqonlarning shaxsiy yordamchi xo„jaliklariga sug„oriladigan yerlardan qo„shimcha 

salkam 350 ming gektar yer ajratildi. Ayni paytda qishloqda 20 mingdan ortiq fermer 

xo„jaligi  faoliyat  ko„rsatmoqda.  Qishloq  xo„jalik  ishlab  chiqarishining  ijtimoiy 




 

361 


tuzilishi  tubdan  o„zgardi.  Hozir  qishloq  xo„jaligi  yalpi  mahsulotlarining  98  foizi 

nodavlat sektori hissasiga to„g„ri kelmoqda. 

Iqtisodiy  islohotlar  respublika  oziq-ovqat  mustaqilligini  ta‟minlash  maqsadida 

ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishini o„zgartirishlar bilan birga amalga oshirildi. 

Paxtazorlar 1,5 million gektarga qisqardi, sug„oriladigan yerlardagi g„allazorlar 1,2 

million  gektarga  ortdi.  G„allachilikni  jadal  rivojlantirish  qisqa  vaqt  ichidayoq  xalq 

iste‟moliga  ishlatiladigan  va  ozuqabop  donga  bo„lgan  ehtiyojni  qondirish,  bug„doy 

sotib olishga sarflanayotgan valyutani tejab qolish imkoniyatini beradigan, eksportga 

ehtiyoj qoldirmaydigan qudratli tarmoq yaratildi. 

Don  ekinlari uchun  ajratilgan  maydonlar 1990-yildan 1998-yilgacha bo„lgan davr 

mobaynida  asosan  paxta  ekinlari  maydonini  qisqartirish  hisobiga  1,7  barobar  oshdi. 

Don  ishlab  chiqarish  ikki  barobardan  ko„proq  oshib,  4,15  mln.  tonnani  tashkil  qildi. 

Mazkur  ekinlarni  yetishtirish  tajribasining  ko„payishi  va  faol  seleksiya  ishlari 

natijasida  hosildorlik  shu  yillar  mobaynida  1,3  barobar  oshdi.  Ushbu  chora-tadbirlar 

don  ekinlari  importini  sezilarli  darajada  qisqartirishga  imkon  berdi.  Agar  1990-yilda 

respublikada  iste‟mol  qilinadigan  bug„doyning  90  dan  ortiq  foizi  importga  to„g„ri 

kelgan bo„lsa, 1998-yilda import ulushi 19 foizdan kamroqni tashkil qildi. 

Qishloq xo„jaligini isloh qilishning moddiy shart-sharoitlarini yaratish, islohotlarni 

yangi sifat darajasiga ko„tarish uchun 1994-yilda davlat tomonidan xarid qilinadigan 

paxta  tolasi  va  donning  narxi  3–8  barobar  oshirildi.  Qolgan  barcha  mahsulotlarni 

dehqonlar  erkin  bozor  narxlarida  sota  boshladilar.  Boshqacha  qilib  aytganda 

qishloqda islohotlarni jadallashtirish va chuqurlashtirishni, bozorga xos ko„p  ukladli 

samarador ishlab chiqarishni ta‟minlaydigan zarur iqtisodiy shart-sharoitlar yaratildi. 

Bu  osonlikcha  bo„lmadi.  Sababi  qishloq  xo„jaligi  mahsulotlari  yetishtirishga  va 

qayta ishlashga ahd qilgan kishilar oldida ko„plab  muammolar paydo bo„lgan edi.  

Mazkur muammolarni qonun yo„li bilan hal qilishni ko„zda tutuvchi yangi hujjatlar 

qabul  qilindi.  Ular  ichida  asosiylaridan  biri,  1992-yil  3-iyulda  qabul  qilingan 

«Dehqon  xo„jaligi  to„g„risida»gi  Qonundir.  Bu  hujjatda  ishlab  chiqarish  vositalarini 

xarid qilish uchun uzoq muddatli kredit ajratilishi hamda, dehqon xo„jaligining joriy 

ishlab  chiqarish  faoliyati  uchun  kredit  shartnomasi  asosida  qisqa  muddatli  kredit 

ajratish ko„zda tutildi. 

Dehqon  xo„jaligi  tashkil  topayotgan  paytida  unga  ssuda  va  kreditlar  berilishida 

mahalliy  hokimiyat  boshqaruv  organlari,  boshqa  to„lovga  qobiliyatli  yuridik  va 

jismoniy shaxslar, shuningdek, dehqon xo„jaliklarining o„zlari o„z mulki evaziga kafil 

bo„ladigan bo„ldilar. 

Qishloq  xo„jalik  vazirligi  ma‟lumotlariga  qaraganda,  1996-yil  boshigacha 

O„zbekistonda 

dehqon 


xo„jaliklarining 

 

umumiy 



soni  

20 ming 244 tani tashkil etdi. 

1995-yilda  dehqon  xo„jaliklarining  soni  jadal  sur‟atlar  bilan  oshib  borgan  yil 

bo„ldi. Birgina 1995-yilda 3 ming xo„jalik qo„shildi. Shunga muvofiq ravishda ularda 

band  bo„lgan  qishloq  mehnatkashlarining  soni  79229  kishidan  105377  kishiga 



 

362 


ko„paydi.  4380  dan  ortiq  kishi  mehnat  shartnomasi  asosida  mavsumiy  ishlarga  jalb 

qilindi.  

O„zbekiston  ulkan  qishloq  xo„jalik  resurslariga  ega  mamlakat.  Uning  asosiy 

qishloq  xo„jalik  ekini  paxta.  Agar  butun  Markaziy  Osiyo  mamlakatlari  2  million 

tonna  paxta  tolasi  yetishtirsa,  birgina  O„zbekiston  1  million  400  ming  tonna  paxta 

tolasi yetishtiradi. 

Respublika paxta tolasini yetkazish bo„yicha jahonda to„rtinchi o„rinda, uni chetga  

chiqaruvchi va jahon bozorida uni sotish hajmi bo„yicha ikkinchi o„rinni egallaydi. Bu 

esa mamlakat xazinasiga valyuta kelib tushishining eng muhim manbayi bo„lib qoldi. 

Respublika sabzavot, meva, uzum yetishtirish bo„yicha ham salmoqli o„ringa ega. 

Hozir O„zbekistonda yiliga 5 million tonnaga yaqin meva-sabzavot yetishtirilmoqda. 

Bu respublika aholisi ehtiyojidan ancha ortiq. 

Respublikada har yili o„rtacha 70 ming tonnaga yaqin pilla yetishtirilib, uning 21 

ming tonnasi respublika korxonalarida qayta ishlanib, ipak tolasi olinadi, qolgani esa  

eksport qilinadi. 

O„zbekistonda qishloq xo„jaligini isloh qilishning puxta o„ylab olib borilishi MDH 

barcha mamlakatlaridan farqli o„laroq, ishlab chiqarishning sezilarli darajada pasayib 

ketishiga yo„l qo„ymaslik imkonini berdi. 

Shu  bilan  birga  qishloqda  islohotlarni  amalga  oshirishda  ekinlar  hosildorligi, 

mehnat unumdorligi o„sishini ta‟minlashda, haqiqiy yer egasi va mahsulot sohibining 

shakllanishida hali bir qator muammolar va yechilmagan masalalar ko„p edi. Shu bois 

1995-yil  21-dekabrda  Oliy  Majlisning  IV  sessiyasida  «Qishloqda  islohotlar  sust 

borayotgani  va  kutilgan  natijalarni  bermayotgani,  mulk  o„z  egasini  topishi  haqida 

ko„p gapirilsa-da, amaliy hayotda esa bu masalalar o„zining kerakli yechimini topma-

yotgani» qat‟iy ta‟kidlab o„tildi. 

O„zbekistonda  qishloq  xo„jaligi  ishlab  chiqarishining  samaradorligini  oshirishda 

urug„chilikka e‟tibor berilishi lozimligi qayta-qayta uqtirildi. Shu bois ham mamlakat 

Oliy  Majlisi  1996-yil  29-avgustida  O„zbekiston  Respublikasining  «Urug„chilik 

to„g„risida»,  «Seleksiya  yutuqlari  to„g„risida»gi  qonunlarni  qabul  qildi.  Ushbu 

qonunlar  respublikada  urug„chilik  masalalariga  doir  davlat  siyosatini  amalga 

oshirishning huquqiy asosini yaratdi. 

Qishloqda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish haqida gapirar ekanmiz, qishloqda  

aholi turmush sharoitini yaxshilashga Prezident va hukumat doimiy ravishda e‟tibor 

berayotganliklarini ham ta‟kidlamoq lozim. 

1996-yilning  21-mayida  O„zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 

«2000-yilgacha  bo„lgan  davrda  O„zbekiston  Respublikasi  qishloq  infrastrukturasini 

rivojlantirish  Dasturi»  to„g„risida  qarori  qabul  qilindi.  Ushbu  qarorda  qishloqning 

iqtisodiy  va  mehnat  imkoniyatlaridan  yanada  to„liq  va  samarali  foydalanish  uchun 

qulay  sharoitlar  yaratish,  qishloq  aholisining  turmush  sharoitlarini  yaxshilash 

maqsadida  Vazirlar  Mahkamasi  «O„zistiqbolstat»  Davlat  Qo„mitasi,  O„zbekiston 

Moliya vazirligi, Sog„liqni saqlash va Xalq ta‟limi vazirligiga 2000-yilgacha qishloq 

infrastrukturasini  rivojlantirishga  doir  ishlarni  amalga  oshirishni  topshirdi. 




 

363 


Shuningdek, ushbu qarorda hukumat komissiyasi tuzilib, har 3 oyda bir marta ushbu 

qaror bajarilishini nazorat qilish ham ko„zda tutildi. 

Vazirlar  Mahkamasining  qishloqni    rivojlantirishga  doir  mazkur  qarori  sohada 

keskin o„zgarish yasashga asos bo„ldi. Masalan, 1996-yil oktabr oyida bo„lib o„tgan 

yig„ilishda  «O„zbekiston  Xalq  ta‟limi  vazirligining  Vazirlar  Mahkamasining  «2000-

yilgacha 

bo„lgan 

davrda 


O„zbekiston 

Respublikasida 

qishloq 

ijtimoiy 

infrastrukturasini  rivojlantirish  dasturi  to„g„risida»gi  qarorini  bajarishi  yuzasidan 

hisoboti tinglandi. 

Komissiya  yig„ilishida  ta‟kidlanishicha,  ko„pdan  beri  orziqib  kutilgan,  tom 

ma‟nosi  bilan  o„zbek  qishlog„ini  madaniy-ma‟rifiy  yuksaltirishga,  sog„lom  yosh 

avlodni kamol toptirishga yo„naltirilgan ushbu qarordan so„ng Xalq ta‟limi vazirligida 

23-mayda  hukumatning  bu  muhim  qarorini  turmushga  tatbiq  qilishni  ta‟minlovchi 

ishchi guruh tuzildi. 

Ishchi  guruh  birinchi  navbatda  mamlakat  o„sha  paytdagi  «Istiqbolstat»  Davlat 

Qo„mitasi mas‟ul xodimlari bilan birgalikda qishloq joylarida 24,3 ming o„quvchiga  

mo„ljallangan  avariya  holatidagi  maktablar  uchun  binolar  qurilib  foydalanishga 

topshirish  1996-yil  reja-dasturini  Qoraqalpog„iston  Vazirlar  Kengashi,  viloyat  hoki-

miyatlari  bilan  hamkorlikda  ko„rib  chiqib  hukumatga  taqdim  etdi.  Mazkur  hujjat 

Vazirlar Mahkamasining 8-iyundagi Majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangandan so„ng 

joylarga  ijro  uchun  yuborildi.  1996-yilning  29-may  kuni  ishchi  guruh  qishloq 

maktablari qurilishida asosiy buyurtmachi hisoblangan Qishloq xo„jalik vazirligining 

mas‟ul xodimlari ishtirokida yig„ilish o„tkazib qishloq maktabining kelajagi haqidagi 

Konsepsiyani yaratish masalasini kelishib oldi. 

Hukumat  Qarorini  amalga  oshirishdagi  muhim  tadbir  shundan  iborat  bo„ldiki, 

1996-yil  28-iyunda  barcha  viloyat  xalq  ta‟limi  boshqarmalarining  boshliqlari 

ishtirokida bo„lib o„tgan hay‟at yig„ilishida bu o„ta dolzarb hukumat tadbirlarini o„z 

vaqtida  puxta  bajarish  sohasida  ta‟lim  muassasalarining  mahalliy  hokimiyatlar, 

qurilish  tashkilotlari  bilan  hamkorlikda  amalga  oshirilishi  ko„zda  tutilgan  vazifalarni 

bajarishi muhokama etildi, ularni amalga oshirish bo„yicha zarur ko„rsatmalar berildi. 

Unda  1996-yilda  qishloq  hududlarida  foydalanishga  topshiriladigan  maktab  binolari 

va  ularning  moddiy  negizini  to„liq  ta‟minlash  bo„yicha  aniq  muddatlar  tasdiqlandi. 

Vazirlar  Mahkamasi  Qaroridan  nafaqat  qishloq  maktablari  uchun  yangi  bino  qurish, 

balki    ularni  gazlashtirish,  ichimlik  suvi  bilan  ta‟minlash,  maktab  binolarini  kapital 

ta‟mirlash,  rekonstruksiya  va  qo„shimcha  binolar  qurish,  zamonaviy  texnika 

vositalari, jihozlar, mebellar bilan ta‟minlash vazifalari ham o„rin oldi. 

Ta‟lim  muassasalarini  jihoz,  mebellar  bilan  o„z  vaqtida  to„liq  ta‟minlash 

maqsadida  Xalq  ta‟limi  vazirligi  bilan  Toshkent  shahar,  Sirg„ali  tumanidagi  «Fayz» 

mebel  ishlab  chiqarish  hissadorlik  jamiyati  o„rtasida  1996–2000-yillarga 

mo„ljallangan shartnoma tuzildi. Shartnomaga asosan hissadorlik jamiyatining ikkita 

sexida  faqat  ta‟lim  muassasalari,  xususan,  maktablar  uchun  mebel,  jihozlar  ishlab 

chiqarilishi  haqida  kelishilib,  bu  ish  1996-yilning  birinchi  choragidayoq  boshlab 



 

364 


yuborildi.  Mazkur  yilning  birinchi  yarmida  qurilib  foydalanishga  topshirilgan 

maktablar uchun 30 million so„mlik mebel joylarga yetkazib berildi. 

Bozor  iqtisodiyotiga  o„tishdagi    murakkabliklar  hisobga  olinib,  ta‟lim 

muassasalarida  mavjud  bo„lgan  o„quv  ko„rgazma  qurollari  va  jihozlarni  ta‟mirlash 

borasida  vazirlik  tasarrufidagi  tashkilotlarda  amaliy  chora-tadbirlar  belgilandi. 

Jumladan,  mamlakat  «Ta‟lim-ta‟minot-jihoz»  va  Andijon  viloyat  «Ta‟lim-ta‟minot» 

korxonalari  qoshida  Rossiya  bilan  lingafon,  fizika,  ximiya  kabinetlari,  elektr 

uskunalarini ampermetr, voltmetr, ossillograf, universal to„g„rilagichlarni ta‟mirlovchi 

«Maktab-lingofon»,  Buxoro  viloyati  «Ta‟lim-ta‟minot»  korxonasi  qoshida  esa, 

kodoskop,  epidpaskop,  epipproyektor,  grafoproyektor,  teleskop  va  filmskoplarni 

ta‟mirlovchi «Maktab-Jihoz-Buxoro» qo„shma korxonalari ochildi. 

Xalq  ta‟limi  vazirligi  maktablarni  zamonaviy  texnika  jihozlari  bilan  ta‟minlash 

masalasiga jiddiy e‟tibor qaratdi, xususan, joriy yilda qishloq hududlarida joylashgan 

maktablar  uchun  eng  zamonaviy  texnika  vositalari  –  160  komplekt  sinf  «IBM» 

kompyuterlari ajratish rejalashtirildi va bulardan 100 komplekti joylarga yetkazildi. 

Shuningdek,  komissiya  yig„ilishida  yangi  ta‟lim  muassasalarini  qurib,  ularni 

foydalanishga topshirish ishlari Respublika viloyatlarida juda sust ketayotganligi ham 

qayd qilindi. 

Qoraqalpog„iston  Respublikasida  va  Andijon,  Qashqadaryo,  Navoiy,  Toshkent, 

Farg„ona viloyatlarida bironta ham maktab binolari foydalanishga topshirilmadi. Shu 

munosabat  bilan,  komissiya  Qishloq  xo„jalik  vazirligi,  uning  joylardagi  viloyat 

agrosanoat  birlashmalari,    qator  viloyat  hokimiyatlari,  xalq  ta‟limi  boshqarmalari  

e‟tiborini qishloq joylarida maktab qurilishiga, ularni tezroq foydalanishga topshirish-

ga qaratdi. 

2008-yilda  ijtimoiy  soha  obyektlarini  quruq  va  foydalanishga  topshirish 

masalalariga  ustuvor  ahamiyat  berilishi  natijasida  113  ming  200  o„quvchiga 

mo„ljallangan 169 ta kasb-hunar kolleji va 14 ming 700 o„rinli 23 ta akademik litsey 

qurildi va rekonstruksiya qilindi. Shu bilan birga, 69 ta yangi maktab barpo etildi va 

582  ta  maktab  kapital  rekonstruksiya  qilindi.  Shular  qatorida  184    ta  bolalar  sporti 

inshooti,  26  ta  qishloq  vrachlik  punkti  va  7  million  240  ming  kvadrat  metr  turarjoy 

binolari va boshqa obyektlar qurildi.  

Vazirlar  Mahkamasi  qarorini  bajarishda  boshqa  vazirliklar  tomonidan  ham 

muayyan  ishlar  qilindi.  Xususan,  qishloq  aholisining  salomatligini  yaxshilash 

masalasiga ham e‟tibor kuchaydi. Faqat 1996-yilning 11 oyi mobaynida respublikada 

62  qishloq  vrachlik  punkti  ishga  tushdi.  Shu  davr  mobaynida  71  ming  kvadrat  metr 

savdo  o„rinlari,  27,9  ming  kvadrat  metr  umumiy  ovqatlanish  shoxobchalari,  1992 

maishiy xizmat obyekti qurib foydalanishga topshirildi. 

Aholini  gaz,  ichimlik  suvi  bilan  ta‟minlash  borasida  ham  sezilarli  ishlar  qilindi. 

Qishloq  aholisini  tabiiy  gaz  va  ichimlik  suvi  bilan  ta‟minlash  yosh  O„zbekiston 

davlati iqtisodiy siyosatining muhim yo„nalishlaridan biri bo„ldi. 

Buni Xorazm viloyati misolida ham yaqqol ko„rish mumkin. Viloyatda bu sohada 

mustaqillikning  5  yili  davomida  80-yillarga  qaraganda  birmuncha  o„sish  sezildi. 




 

365 


Jumladan,  1992–1995-yillarda  824  kilometr  tabiiy  gaz  quvurlari  yotqizilib,  40  ming 

700  xonadonga  «zangori  olov»  o„tkazildi.  Vaholanki,  1990-yilgacha  gazlashtirilgan 

xonadonlar 49 mingni tashkil etgan, ichimlik suvi  bilan ta‟minlashning ahvoli ancha 

og„ir  edi.  Binobarin,  mavjud  ichimlik  suvi  quvurlari  1990-yilgacha  atigi  1000 

kilometrni tashkil etgan. 

Keyingi 5 yilda 127 kilometr katta diametrli suv haydagich, 902 kilometr ichimlik 

suvi  tarmoqlari  qurilib  foydalanishga  topshirildi.  Aholining  tabiiy  gaz  bilan 

ta‟minlanishi 86,7 foizga, ichimlik suvi bilan ta‟minlanishi esa 54,8 foizga yetkazildi. 

Orol  mintaqasida  aholini  toza  ichimlik  suvi  bilan  ta‟minlash  muhim  ijtimoiy-

iqtisodiy tadbir bo„lib insonparvarlik xususiyatiga ega edi. 

Bu g„oyat muhim sohada Namangan viloyatida ham ibratli ishlar amalga oshirildi. 

1990-yilgacha  bo„lgan  davrda  viloyat  bo„yicha  jami  1480  kilometr  gaz  tarmoqlari 

tortilgan  bo„lsa,  1991–1995-yillar  davomida  2025  kilometr  gaz  tarmoqlari 

foydalanishga  topshirildi.  Sobiq  Ittifoq  davrida  hammasi  bo„lib  1423,9  kilometr  suv 

uzatish  tarmoqlari  yotqizilgan  bo„lsa,  1991–1995-yillarda  1039  kilometr  shunday 

tarmoqlar  ishga  tushirildi.  1990-yilgacha  hammasi  bo„lib  95,8  ming  xonadon 

gazlashtirilgan  bo„lsa,  istiqlol  yillarining  o„zidayoq  83,3  ming  xonadonni 

gazlashtirishga  erishildi.  Birgina  1996-yilning  o„zida  viloyatning  eng  chekka 

qishloqlari Chodak va Nanayga gaz yetkazib berildi. 

Qishloqda  islohotlar  amalga  oshirilishi  jarayonida  mehnatga  yaroqli  aholini 

mehnat bilan band qilish masalasiga ham katta e‟tibor berildi.  

Buning  boisi  shundaki,  hozirda  qishloqda  qariyb  2  mln.ga  yaqin  ortiqcha  ishchi 

kuchi  mavjud.  Shu  bois  Respublika  Prezidenti  qishloqda  kichik  korxonalar,  maishiy 

xizmat  obyektlari  tashkil  qilish,  ortiqcha  ishchi  kuchini  shu  sohalarda  band  qilish 

vazifasini  muttasil  sur‟atda  ta‟kidlab  kelmoqda.  Bu  borada  1991–1995-yillarda 

mehnatga  qobiliyatli  yoshdagi  aholini  ish  bilan  ta‟minlash  hukumat  Dasturi  ishlab 

chiqildi.  Unda  ish  bilan  band  bo„lganlar  salmog„ini  59  foizdan  74  foizga  oshirilishi 

mo„ljallangan  edi.  Bu  bajarildi.  Shunday  bo„lsa-da,  rivojlanib  borayotgan  bozor 

iqtisodiyoti sharoitida bu masala hamon dolzarbligicha qolmoqda. 

Shu  bois  Hukumat  tomonidan  ishlab  chiqilgan  Dasturda  1996–2000-yillar 

orasidagi  davrda  qishloqda  qariyb  2  millionga  yaqin  yangi  ish  joyi  yaratish,  deyarli 

950  ming  kishini  kasbga  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirish 

mo„ljallandi. 

1996–98-yillarda qishloq joylarda 631,0 mingta ish joyi barpo etildi. 

1998-yilda  yaratilgan  bu  ish  o„rinlarining  asosiy  qismi  iqtisodiyotning  qishloq 

sohasiga  (79,4  ming),  savdo-sotiq  va  umumiy  ovqatlanishga  (54,1  ming),  sanoatga 

(18,4 ming), shuningdek, transport va aloqa sohalariga (10,0 mingta) to„g„ri keladi. 

1998-yilda  qishloq  joylardagi  yangi  ish  o„rinlarining  deyarli  yarmini  shaxsiy 

faoliyat  tarmog„i  tashkil  etadi  (fermer  xo„jaliklarida  –  47,1  ming,  dehqon 

xo„jaliklarida  –  12,9 ming, shaxsiy-mehnat faoliyatlarida  – 75,4  ming). 34,0 mingta 

o„rinini esa qishloq xo„jaligiga taalluqli bo„lmagan xususiy biznes sohasi tashkil etdi. 



 

366 


Natijada  qishloq  aholisining  bandligi  tizimi  moddiy  ishlab  chiqarish, savdo-sotiq, 

umumiy ovqatlanish sohalaridagi bandligi hisobiga oshdi. 

Shuni  ta‟kidlash  o„rinliki,  Prezident  I.Karimov  va  respublika  hukumati 

O„zbekistonda  qishloqni  har  tomonlama  rivojlantirishga,  qishloq  xo„jaligi  ishlab 

chiqarishida  islohotlarni  chuqurlashtirish,  bu  sohaning  moddiy  bazasi  va  moliyaviy 

ahvolini  mustahkamlashga,  agrar  siyosatning  ustuvor  vazifalarini  amalga  oshirishga 

muntazam, doimiy e‟tibor bermoqdalar.  

Xullas,  yuqoridagilarni  umumlashtirib  aytish  mumkinki,  iqtisodiy  islohotlarni 

amalga  oshirishda  bugun  O„zbekiston  erishgan  yutuqlar  ko„p  jihatdan  respublika 

hukumatining izchil, sobitqadam siyosati bilan bevosita bog„liqdir. 

Avval boshdanoq islohotlarning har bir qadami puxta o„ylangan, avvalgi mafkura 

zo„ravonligi  o„rnini  qonun  ustuvorligi  egalladi.  Xususiy  iqtisodiyotga  rivojlanish 

uchun davlat sektori bilan teng sharoitlar yaratildi. Ijtimoiy siyosat esa, aholi turmush 

darajasini asta-sekin yaxshilashga qaratildi. 

O„zbekistonda milliy iqtisodning eng muhim va ustuvor tarmoqlaridan biri qishloq 

xo„jaligi  bo„lib,  uning  taraqqiyoti  boshqa  sohalar  rivoji  uchun  poydevor  vazifasini 

o„tamoqda. Chunki valyuta tushumining 60 foizi, yalpi  mahsulot muomalasining 70 

foizi qishloq xo„jaligi sohasiga to„g„ri keladi. 

Yana  shuni  aytish  kerakki,  hukumat  tomonidan  ko„rilgan  amaliy  choralar  tufayli 

2005-200-yillarda paxtachilik sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishildi.  

Bugungi  salmoqli  yutuq,  keyingi  yillarda  mamlakatimizda  qishloq  xo„jaligi 

sohasini rivojlantirish, dehqon mehnatini qadrlash va rag„batlantirish, yerga, mulkka 

nisbatan  chinakam  egalik  va  manfaatdorlik  hissiyotini  qaror  toptirish  va 

mustahkamlash  maqsadida  izchil  amalga  oshirilayotgan  keng  ko„lamli  islohotlar, 

avvalambor fermerlik harakatining ustuvorligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etganining 

tasdig„i va natijasidir. 

2005-2006-yillardagi mavsumlarda tayyorlangan paxta hosilining 85 foizi yerning 

haqiqiy 


sohiblariga 

aylanib 


borayotgan 

fermer 


xo„jaliklari 

tomonidan 

yetishtirilganining o„zi fermerlik harakatining qanday katta salohiyat va istiqbolga ega 

ekanini yana bir bor isbotlab berdi. 




Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish