Birinchidan
, xususiylashtirish qandaydir kishilar yoki ma‟lum mafkura manfaati
uchun xizmat qilmasligi lozim. Chunki xususiylashtirish eng avvalo, mamlakat
miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar mantig„iga mos bo„lmog„i kerak edi.
«O„zbekistonda davlat bosh islohotchi» vazifasini amalga oshirar ekan, uning
xususiylashtirishni o„zi boshqarib borishi ko„zda tutildi. Shuning uchun
O„zbekistonda chek vositasi bilan xususiylashtirish g„oyasidan voz kechildi. Bu
boradagi muhim xulosa shundan iborat bo„ldiki, davlat mol-mulki faqat yangi
mulkdorga sotish yo„li bilangina mulkchilikning boshqa shakliga aylantirila
boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |