Milliy bank aholiga xizmatlarni kengaytirish siyosatiga qat‟iy amal qilib, xususiy
omonatlar va aholining jalb etilgan mablag„lari bo„yicha ham mamlakat moliya
bozorida peshqadamlar jumlasiga kiradi. Bugungi kunda bank faqat chakana
xizmatlarning 70 dan ortiq turlarini amalga oshirmoqda. Mijozlar bazasining ancha
o„sishi – «O„zmilliybank» filial va bo„limlari orqali elektron xizmatlar miqyosining
332
kengayishi, bankka nisbatan aholi ishonchining oshishi, omonatlar shartlarini
maqbullashtirish bo„yicha maqsadli ishlar olib borilishi, yangi depozitlarning ishlab
chiqilishi va joriy etilishi, xizmatlar sifatining oshirilishi natijasidir. Bankning bu
yo„nalishdagi faoliyati aholining ham milliy valyutada, ham xorijiy valyutadagi
depozitlari hajmini so„mga nisbatan ekvivalentda 184,6 milliard so„mga oshirdi, bu
esa 2006-yil boshidagiga nisbatan 51,6 milliard so„m ko„p, demakdir. Bugungi kunda
bank mablag„larni jalb etish bo„yicha ham peshqadamlikni egallab kelmoqda.
2006-yil aprel oyida Rossiya Federatsiyasi banklari bilan birgalikda Milliy bank
o„zining «Osiyo Ekspress» tezkor pul o„tkazmalari tizimini ham joriy etdi. Mazkur
tizim Rossiyadan O„zbekistonga va O„zbekistondan Rossiyaga o„tkazmalarni amalga
oshirish imkonini beradi. Hozirgi kunda respublikamizning barcha hududlarida
bankning «Osiyo Ekspress» pul o„tkazmalari yangi tizimida ro„yxatga olingan 28 ta
shoxobchasi ishlab turibdi. Ushbu xizmat ko„rsatish turi boshqa pul o„tkazish
tizimlaridan o„zining arzonligi, ishonchliligi va samaradorligi bilan ajralib turadi.
Ta‟bir joiz bo„lsa, O„zbekiston bilan Rossiya o„rtasida banklararo aloqalarning
mustahkamlanishi ikki mamlakat banklariga bitimlarni amalga oshirish jarayonini
jadallashtirish, taklif etilayotgan xizmatlar turini ko„paytirish imkonini beradi. Buning
natijasida tashqi savdo operatsiyalari ko„paydi.
Keyingi uch yil mobaynida Rossiya Federatsiyasi rezidentlari bilan, ayniqsa,
savdoni moliyalash yo„nalishlari bo„yicha amalga oshirilayotgan operatsiyalar hajmi
ancha ko„paydi. Banklar qishloq xo„jaligi texnikasi, sanoat va tog„-kon uskunalari,
paxta tolasi va to„qimachilik mahsulotlari, aviatsiya uchun ehtiyoj qismlari va
xizmatlar, kabel va misdan tayyorlangan buyumlar hamda boshqa mahsulotlarni
yetkazib berilishini moliyalashda ishtirok etishmoqda. Shuni ham ta‟kidlash zarurki,
bu yo„nalishda Rossiya Federatsiyasi Jamg„arma bank, «ВнешTоргбанк»,
«Внешекономбанк» va «Промсвязбанк» kabi banklar Milliy bankning Rossiyadagi
asosiy sheriklari sanaladi.
Ayni paytda neft-gaz, metallurgiya va to„qimachilik tarmoqlari singari statistik
yo„nalishlarda hamkorlik qilish bilan birga, hozirgi vaqtda iqtisodiyotning xususiy
sho„basida ham hamkorlik faol rivojlanmoqda. Ho„l meva va sabzavotni qayta
ishlovchi, akkumulator batareyalari, xalq iste‟moli mollari va boshqa mahsulotlarni
ishlab chiqaruvchi qo„shma korxonalarning tashkil etilishi buning yaqqol misolidir.
2007-yilda, shuningdek, xorijiy banklar va xalqaro moliya muassasalari bilan
hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan bank siyosati amalga oshirildi. Xususan,
Xitoy, Janubiy Koreya banklari va Osiyo hamda Tinch Okeani mintaqasidagi boshqa
mamlakatlar banklari bilan munosabatlarni yanada integratsiyalash ishlari davom
ettirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: