«Mulkchilik masalasini hal qilish bozorni
vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo„lib
xizmat qiladi... Xuddi shu masalani hal qilish bilan yangi jamiyat, yangi iqtisodiy
munosabatlar poydevoriga birinchi g„isht qo„yildi. Ushbu masalaning davr
talablariga muvofiq muvaffaqiyatli hal etilishi respublikamiz iqtisodiyotini
jahondagi rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorga qo„yadigan asosiy
omildir»
.
Darhaqiqat, keyingi yillar davomida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, shuni
aytish mumkinki, O„zbekistonda mulkchilik huquqi iqtisodiy o„zgarishlarning asosini
tashkil qiladi. Shuning uchun ham O„zbekistonda mulkdor huquqi qonun bilan tan
olindi va himoya qilinmoqda.
O„zbekistonda bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiyotning
asosini turli shakllardagi mulkchilik tashkil etishi O„zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida aniq belgilab berildi.
Yuqorida keltirilgan misollardan ma‟lumki, xususiylashtirish jarayoni tabiiy
ravishda jamiyatda mulkdorlar sinfini shakllantirishga olib keldi. Bu borada kichik va
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish mulkdorlarni vujudga keltirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Bu birinchi omil. Mulkdorlar sinfini shakllantirishning ikkinchi
omili bu qimmatbaho qog„ozlar bozorini rivojlantirishdir. Biroq, yaqin vaqtlarga
qadar bu borada zarur shart-sharoit ham yaratilmagan edi. Shunga ko„ra, Oliy Majlis
mulkdorlar sinfini shakllantirishning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida 1996-yil
25-aprelda «Aksiyadorlar jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish
haqida», hamda «Qimmatli qog„ozlar bozorining faoliyat ko„rsatish mexanizmi
to„g„risida» Qonunlar qabul qildi.
1996-yilning birinchi yarmida aksiyalar sotuvidan 1,7 milliard so„m mablag„
tushdi. Bu ko„rsatkich 1995-yildagiga nisbatan 15, 6 marta ko„p bo„ldi. Umuman,
1992–1996-yillarda davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tufayli 1 million 74
ming kishi turarjoy egasi, 2 million kishi xalq xo„jaligining barcha tarmoqlarida
xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari, paylarining egalari; qishloq joylarida esa, 3
million kishi yordamchi xo„jalik, 19 ming kishi ko„chmas mulk egasi bo„lib qoldilar.
Bu raqamlar, shubhasiz jamiyatda mulkdorlar sinfi shakllantirilganini yaqqol
ko„rsatadi.
Insoniyat tarixi davlat mulkini ommaviy ravishda xususiylashtirish hodisasini
endigina sobiq Ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan mamlakatlarda amalga oshirilayotgan
ishlar misolida ko„rmoqda. Ma‟lumki, mulkchilik taraqqiyoti yer yuzining barcha
mamlakatlari va mintaqalarida turli davrlarda, turli holatlarda yuz bergani bilan
shaklan va mazmunan ayni bir xil tartibda amalga oshgan. Jumladan, mulkchilik,
mulkka munosabat jamiyat tabiiy taraqqiyotining va kishilar dunyoqarashi hamda
ehtiyojlarining mahsuli sifatida shakllangan. Xususiy mulk hajmi va miqdoridan qat‟i
347
nazar jamiyat fuqarosi yashash huquqining qonuniy ifodasi, mulkka egalik esa, tur-
mush tarzining ma‟naviy-huquqiy kafolati bo„lib qolavergan. Ko„p hollarda u fan-
texnika taraqqiyoti, madaniy ravnaq va boshqa ijtimoiy-siyosiy omillar ta‟sirida
qisman shaklini, miqyosi va ko„lamini takomillashtirgan, xolos. Mazmunan esa o„z
mohiyatini yo„qotmagan.
Darvoqe, insoniyat tarixi xususiy mulkni zo„ravonlik va tazyiq bilan davlat
tasarrufiga olish hodisasini ham ko„rgan. XX asrning boshlarida yuz bergan va biz 73
yil mobaynida o„zimizni o„zimiz aldab, quyushqonga sig„maydigan dabdabalar bilan
bayram qilib kelgan qonli Oktabr inqilobi ana shunday g„ayriinsoniy hodisani amalga
oshirgan edi. Odamlarning asrlar mobaynida misqollab terib to„plagan moddiy va
ma‟naviy boyliklarini bir to„polon bilan davlat mulkiga, odamlarni esa mehnat
vositasiga, ishlab chiqaruvchi kuchlarga aylantirib qo„ydi.
Mana endi inson haq-huquqlari to„la tiklangan va har tomonlama kafolatlangan
jamiyat qurayotgan bir paytimizda yaqin o„tmishimiz asoratlaridan qutulish ancha
qiyin kechmoqda. Har bir kishining o„z yaratuvchilik qobiliyatini ko„rsata olish,
tadbirkorlik va xususiy mulkni rivojlantirish asosida mehnatga munosabatni tubdan
o„zgartirish, kishilar ongida o„rnashib qolgan boqimandalik illatlariga barham berish
ancha vaqt talab etmoqda. Bu chinakamiga ongimiz va tushunchalarimiz orqali yuz
berayotgan ma‟naviy-ruhiy yangilanish jarayonidir.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko„rsatadiki, mulkka egalik va xususiy
mulkning chegarasi bo„lmasligi kerak. Ya‟ni shaxsiy boylikni ko„paytirish qandaydir
qolip yoki miqdorda bo„lishini davlat belgilab qo„ymasligi, aksincha, u mamlakatda
hammaning har qanday vaziyatda boy bo„lishini ta‟minlash asosida alohida ijtimoiy
muhofazaga muhtoj odamlar turmush darajasini oshirish yo„lidan bormog„i lozim.
Bunga ayrim siyosatshunoslar dunyoning turli mamlakatlarida o„z korxonasi
filiallarini qurib, jahon bozorini egallab olgan yirik korporatsiya va firmalar rahbarlari
faoliyatini va katta miqdordagi jamg„armalarini misol qilib ko„rsatishadi.
Biroq, O„zbekiston hukumati butunlay yangi tipdagi jamiyatni shakllantirishda har
qanday tayyor andozalarga sig„inmaydi. Jahon tajribalari va milliy ehtiyojlarni
uyg„unlashtirgan holda mavjud hodisalarga o„ziga xos yondashadi. Jumladan,
mulkchilikka munosabatda ham uning o„ziga xos usuli bor. Masalan, Prezident
I.Karimov:
Do'stlaringiz bilan baham: |