Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi

«Biz  ittifoq  va 

respublikalarning  vazifalarini,  burchlarini  va  o„zaro  majburiyatlarini  aniq-


 

25 


ravshan  belgilab  qo„yish,  respublikalar  mustaqilligini  har  jihatdan 

mustahkamlash  tarafdorimiz»,

  –  deb  ta‟kidladi.  Oradan  biroz  o„tgandan  so„ng  – 

O„zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1990-yil 23-martidagi Plenumida u 

O„zbekistonning  iqtisodiy  mustaqillikka  erishishning  asosiy  yo„llarini  ko„rsatib: 



«Siyosiy sistemani yangilash masalalarini O„zbekistonning iqtisodiy mustaqilligi 

muammolaridan  ajralgan  holda  qarash  mumkin  emas.  Bizda  bunday 

mustaqillik uchun shart-sharoit bor»,

 – degan fikrni bildiradi. 

Darhaqiqat,  1980-yillarning  oxirlaridan  boshlab  respublikada  iqtisodiy  va  siyosiy 

suverenitet  uchun  qadam-baqadam  chora-tadbirlar  ko„rildi.  Masalan,  O„zbekiston 

SSR  Oliy  Soveti  1989-yil  25-noyabrida  bo„lgan  «O„zbekiston  SSRni  iqtisodiy  va 

sotsial  rivojlantirishning  1990-yilgi  Davlat  plani  to„g„risida»gi  masalani  muhokama 

qilar  ekan,  respublikaning  iqtisodiy  mustaqilligiga  oid  muhim  tadbirlarni  belgiladi. 

«1990-yilga  mo„ljallangan  plan,  –  deb  ta‟kidlanadi  sessiyada,  –  respublikaning  o„z-

o„zini  mablag„  bilan  ta‟minlash  prinsiplariga      o„tish  arafasida    uning  iqtisodiy 

mustaqilligini kengaytirish talablarini hisobga olgan holda tuzilgan edi... Eng asosiysi 

respublikaning sharoiti, o„ziga xos xususiyati, an‟anaviy marosimlari va manbalaridan 

kelib  chiqqan  holda  territorial  xo„jalik  hisobining  o„z  konsepsiyasini  ishlab 

chiqishdir». 

Sessiya  1990-yil  plani  budjet  loyihalarida  hukumatning  o„zlashtirilgan  kapital 

mablag„lari sotsial ehtiyojlarga sarf qilinishini qonunan to„g„ri va asosli deb hisobladi 

hamda «respublikaning suvereniteti ayni shunda yaqqol ko„rinadi», – deb ta‟kidladi. 

Sessiyada  respublikaning  iqtisodiy  mustaqilligini  ta‟minlashga  qaratilgan 

quyidagicha qaror qabul qilindi: 

«1990-yilda  sovet  va  xo„jalik  organlari,  ilmiy  muassasalar  ishining  muhim 

yo„nalishi  respublikani  o„z-o„zini  boshqarish  va  o„z-o„zini  mablag„  bilan  ta‟minlash 

prinsipiga  o„tishga  tayyorlash yuzasidan amaliy tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat, 

deb hisoblansin. 

O„zbekiston SSR Ministrlar Soveti bu ish jarayonida ijtimoiy ishlab chiqarishning 

real  resurslarini  hamda  amal  qilish  imkoniyatlari  –  strukturani  tubdan 

takomillashtirish  va  uning  ilmiy-texnikaviy  hamda  tashkiliy  darajasini  oshirish 

imkoniyatlarini har tomonlama qarab chiqsin... amalga oshirilayotgan siyosiy sistema 

islohotini,  ishlab  chiqarish  munosabatlarini  takomillashtirishni  hisobga  olgan  holda 

respublikaning iqtisodiy suverenitetini kengaytirishning asosiy yo„llarini belgilasin». 

1990-yil  23-martida  O„zbekiston  Kompartiyasi  Markaziy  Komitetining  Plenumi 

bo„ldi.  Unda  O„zbekiston  SSRning  siyosiy  suvereniteti  masalalariga  oid 

muammolarni tahlil etishga va konsepsiyalarini ishlab chiqishga jiddiy e‟tibor berildi. 

Plenum  yangilanayotgan  siyosiy  tizimda  respublika  Kompartiyasining  o„rni  va 

mavqei,  uning  davlat  hokimiyati  idoralari  va  jamoat  tashkilotlari  bilan  o„zaro 

munosabati  prinsiplari  to„g„risidagi  masalalarini  muhokama  qilib,  buyruqbozlikdan, 

ma‟muriyatchilikdan  voz  kechish  lozimligini  uqtirdi.  Shu  bilan  birga  Plenum 

respublika  siyosiy  tizimi  to„g„risidagi  masalani  ko„rib  chiqishni  hayot  taqozo 

qilayotganligini ko„rsatib, real hokimiyat O„zbekiston Kompartiyasidan, uning barcha 



 

26 


darajalaridagi  komitetlaridan  xalq  deputatlari  Sovetlariga  berilishi  bilan  bog„liq 

barcha  qiyinchiliklarni  yengib  o„tishlari  lozimligini  ta‟kidlab,  yuzaga  kelgan 

vaziyatda  O„zbekiston  SSR  Prezidenti  lavozimini  ta‟sis  etish  muhim  ahamiyat  kasb 

etadi», – deb ta‟kidladi. 

O„zbekistonda 


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish