barcha mamlakatlar bilan xalqaro munosabat o„rnatish, diplomatik va konsullik
aloqalari masalalarini mustaqil hal etishlari kerak. Yana ta‟kidlab aytaman, bu
hech kimning buyrug„isiz va aralashuvisiz mustaqil amalga oshirilishi kerak.
Mana shu sharoitga, sabablarga asoslanib, xalqimiz xohish-irodasini bajo
keltirib, Oliy Kengash diqqatiga faqat bir masalani qo„ymoqchiman:
O„zbekistonning mustaqilligi haqidagi Qonunni muhokama etish va uni qabul
qilishni taklif etaman. Bu qonunda qadimiy va yangilanayotgan diyorimizda
istiqomat qilayotgan barcha kishilarning xohish-irodasi o„z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |