Inson hayot ekan, u hamisha ikki kuch – yovuzlik va ezgulik o„rtasida yashaydi.
Biroq, ma‟naviyat, ma‟naviy yetuklik va komillik singari tushunchalar ham borki,
u hamisha kishini hushyorlikka, o„zini o„zi boshqarib turishga, atrofidagilarga e‟tibor
bilan qarashga da‟vat etib turadi. Ana shunday paytda shaxsning beqiyos
imkoniyatlari, o„zini o„zi idora qilish salohiyati ko„zga yaqqolroq tashlanadi. Agar
kishi siyosiy arbob, davlat boshqaruvchisi yoki bunday nufuzlarga da‟vogar bo„lsa,
undan yana ham ko„proq mas‟uliyat talab etiladi. Zotan, jamiyat taraqqiyoti, kishilik
hayotidagi barqarorlik, mamlakatda shakllanadigan ma‟naviy-ruhiy muhit bevosita
Fikrlar xilma-xilligi, so„z va fikr erkinligi jamiyatni sog„lomlashtiruvchi, uni
barkamol qiluvchi noyob voqelik. Biroq, bu xayolga kelgan gapni aytish, ko„ngil
tusagan ishni qilish, o„z manfaati uchun hamma narsaga tayyor turish degani emas.
sog„lom fikr yuritish, imon-e‟tiqod yuzasidan ish tutish demakdir. Ulug„
bobokalonimiz Abu Nasr Farobiy ham «Agar fikrlari va harakatlari jamiyat
manfaatlariga xizmat qilmaydigan bo„lsa, mamlakatni bunday kishilardan ozod qilish
kerak», deya bejiz aytmagan edi. Bir necha ming yillar mobaynida milliy
davlatchiligimiz tarixiy tajribalarida sinovlardan o„tgan bunday xulosalar hozir ham
Ma‟naviy yetuklik, ma‟naviy barkamollik rahbarning beqiyos fazilati. Zotan,
Sharqda azaldan rahbar kishi yurt otasi, xalq yo„lboshchisi sifatida tan olingan.
165
Yurtboshi o„z xalqini farzandi kabi ulug„lagan, uning kundalik tashvishi, orzu-
armonlari, sevinch-u quvonchlaridan har doim xabardor bo„lgan. Fuqarolar esa o„z
davlatboshchisini padari buzrukvori darajasida ko„rgan. Unga ergashgan. Jahon
siyosatdonlari Sharqda bunday munosabatni yuksak ma‟naviyat va komillik mahsuli,
deb talqin etishadi.
Darhaqiqat, xalq tashvishi, yurt istiqboli siyosiy yetakchining maqsad va g„oyasi
bilan qorishib ketgan taqdirda u o„z davrining yo„lchi yulduziga, haqiqat timsoliga
aylanadi. Natijada hamisha odamlar ko„ksidagi ezgulik tuyg„ulariga jon bag„ishlaydi,
hayot baxsh etadi. O„z mamlakati fuqarolarini yaxshilikka undaydi. Yaratishga,
yashnatishga, bunyod etishga, o„zidan kelgusi avlodlarga munosib meros qoldirishga
da‟vat etadi.
G„oyalari va maqsadlari shaxsiy manfaat atrofida o„ralashib qolgan «arbob»lar
ham tarixda ko„p uchraydi. Ular hamisha o„z mamlakati va xalqi manfaatini shaxsiy
shon-shuhrat, soxta obro„-e‟tibor va manfaat yo„lida qurbon qiladi. Mustaqillikning
o„tgan qisqa davri, xususan, uning dastlabki yillari xalqimizni ana shunday
«arbob»larga ham ro„baro„ qildi...
Turli qarama-qarshi g„oyalar bilan yashayotgan siyosiy guruhlar va partiyalar agar
chindan ham xalq va mamlakat manfaatini ko„zlaydigan bo„lishsa, ular o„tish davrida,
jamiyat tubdan yangilanayotgan bir sharoitda birlashib faoliyat ko„rsatadilar. Chunki
eng avvalo jamiyatni sifat jihatidan sog„lomlashtirish, uning har tomonlama
taraqqiyotiga zamin yaratish umumiy manfaatlar mazmunini belgilaydi va ana shu
maqsad ularni birlashib harakat qilishga da‟vat etadi.
Chinakam yangilanishlar butun jamiyat hayotida ham, odamlar ongi va tafakkurida
ham, ularning turmush tarzida ham tub burilishlar yasaydi. Yangicha yashash va
yangicha fikrlash tarzi shakllangunga qadar har qanday g„oyaviy po„rtanalar va
siyosiy bo„hronlarga erk bermaslik, og„ir-vazminlik, qat‟iy iroda va siyosiy yetuklik
namunasini ko„rsatish katta ahamiyatga ega ekanligini hayot ko„rsatmoqda.
Yurt farovonligi, Vatan ravnaqi, til, matbuot va vijdon erkinligi kabi xalqimizning
azaliy orzu-umidlarini o„ziga shior qilib olgan «Birlik» harakati ma‟lum bir muddat
turli nomaqbul yo„llar bilan respublika siyosiy hayotiga o„z ta‟sirini o„tkazishga
harakat qilib ko„rdi. Lekin mamlakatni ma‟naviy va iqtisodiy inqirozdan olib
chiqishga qaratilgan biron-bir aniq dasturga, xalqni bir yoqadan bosh chiqarib yurt
osoyishtaligi va Vatan ravnaqini ta‟minlashdek yagona maqsadga chorlovchi g„oyaga
ega bo„lmaganligi sababli ko„p o„tmay ushbu harakat xalq ishonchsizligiga uchradi va
respublika siyosiy sahnasidan tushib ketishga majbur bo„ldi.
Tashqi g„animlarning respublikada mavjud barqarorlikni buzishga qaratilgan xavf-
xatarlarini bartaraf etish endigina oyoqqa turgan mustaqil O„zbekiston uchun katta
muammo bo„lib turgan bir paytda, «Birlik» harakati tarafdorlari kabi ichki
g„animlarning ba‟zan ko„r-ko„rona, ba‟zan atayin yuzaga qalqib chiqishi respublikada
barqarorlikni ta‟minlashga jiddiy tahdid tug„dirar, xalq hayoti osoyishtaligini jiddiy
xavf ostiga qo„yar edi. Respublikada barqarorlikni ta‟minlash, xalqimiz yakdilligiga
raxna soluvchi, xalqimiz uchun ham, davlatimiz uchun koni ziyon bo„lgan bunday
166
harakatlar faoliyatini bartaraf etish, respublika xalqini buyuk kelajak qurishdek
yagona maqsad sari chorlovchi sog„lom siyosiy muhit yuzaga kelishiga imkon
yaratish maqsadida yuqorida bayon etilganlarni inobatga olib Yurtboshimiz qat‟iy
ta‟kidlagan edi:
Do'stlaringiz bilan baham: