Huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 6,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/467
Sana02.01.2022
Hajmi6,19 Mb.
#311527
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   467
Bog'liq
ozbek filologiyasi bakalavri ixtisosligi


partiyalarni 

moliyalashtirish 

masalalarining  yo„lga  qo„yilishi  va  qonunchilik  palatasi  tomonidan  O„zbekiston 

Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlanishi siyosiy partiyalarning jamiyatidagi 

mavqeini yana bir pog„ona ko„tarishga xizmat qildi desak xato bo„lmaydi. 

O„zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «Jamiyatni  demokratlashtirish  va 

yangilash,  mamlakatni  modernizatsiya  va  isloh  etish,  maqsad  va  vazifalarni  amalga 

oshirish  Dasturi  to„g„risida»gi  qarori  ilovasiga  asosan  siyosiy  partiyalarga  davlat 

tomonidan  berilayotgan  subsidiya,  grant  va  boshqa  tartibdagi  yordamlarni  huquqiy 

jihatdan  kafolatlash,  davlat  hokimiyatining  ayrim  vakolatlarini  bosqichma-bosqich 

jamoat  tashkilotlariga  topshirish  Konsepsiyasini  ishlab  chiqish,  joylardagi  davlat 

hokimiyati organlari faoliyatida siyosiy partiyalarning ishtirokini yanada kuchaytirish 

maqsadida ular ishtirokida ijtimoiy sherikchilik bo„yicha jamoatchilik komissiyalarini 

tashkil qilish kabi tadbirlarni amalga oshirishning belgilanganligi siyosiy partiyalarga 

yaratilayotgan imkoniyatlarni yaqqol namoyon qiladi. 



 

161 


Yuqorida  nazarda  tutilgan  siyosiy  partiyalar  faoliyatini  isloh  qilish  bosqichma-

bosqich,  turli  xil  sakrash  va  inqiloblarsiz,  yuqorida  ta‟kidlaganimizdek,  barqaror 

amalga oshirilib kelinmoqda. Bu o„z navbatida ularning davlat boshqaruv tizimidagi 

rolini oshib borishiga xizmat qilayapti. 

Shu  ma‟noda  Prezident  I.A.Karimov  tomonidan  parlament  quyi  palatasiga 

Qonunchilik tashabbusi tartibida kiritilgan «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada 

demokratlashtirish  hamda  mamlakatni  modernizatsiya  qilishda siyosiy  partiyalarning 

rolini  kuchaytirish  to„g„risida»gi  Konstitutsiyaviy  Qonun  va  «O„zbekiston 

Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (89-moddasiga, 93-moddasining 

15-bandiga,  102-moddasining  2-qismiga)  tuzatishlar  kiritish  to„g„risida»gi  Qonunlar 

loyihalarida  ilgari  surilgan  yangicha  qoidalarga  ham  to„xtash  joiz.  Chunki  ushbu 

qonunlar  mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  uzoqni  ko„zlovchi  «Kuchli  davlatdan 

kuchli  fuqarolik  jamiyati  sari»  tamoyilini  ifodalaydi.  Ushbu  Qonun  loyihalari  Oliy 

Majlis Qonunchilik palatasida qabul qilinib Oliy Majlis Senatining IX (2007-yil mart) 

yalpi sessiyasida ma‟qullandi. Shu bilan birga siyosiy partiyalarning sa‟y-harakatlari 

orqali  fuqarolarning  davlat  boshqaruvida  faol  qatnashishining  huquqiy  asosini 

ta‟minlaydi. 

Shubhasiz,  qonun  chiqaruvchi  hokimiyat  –  parlamentning  samarali  faoliyati 

siyosiy  partiyalar  faolligiga  bog„liq  bo„lgani  bois,  ushbu  qonunlar  siyosiy 

partiyalarning  davlat  va  jamiyat  hayotida  tutgan  o„rni  va  rolini  ko„chaytirishga 

qaratilgan.  «Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada  demokratlashtirish  hamda 

mamlakatni  modernizatsiya  qilishda  siyosiy  partiyalarning  rolini  kuchaytirish 

to„g„risida»gi  Konstitutsiyaviy  Qonun  turli  xil  siyosiy  maqsadlarini  ko„zlaydigan, 

saylovlardan  so„ng  shakllantirilgan  hukumatning  tutadigan  va  dasturiga  o„z 

munosabatini  belgilab  oladigan  siyosiy  partiyalar  fraksiyalarining  huquqiy  maqomi 

aniq  ta‟riflangan.  Unga  muvofiq,  yangidan  shakllantiriladigan  hukumatning  tutgan 

yo„li va dasturi yoki uning ayrim yo„nalishlari borasida o„zgacha fikri bo„lgan siyosiy 

partiyalar fraksiyalari, shuningdek, saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan 

deputatlar  o„zlarini  muxolifat  deb  e‟lon  qilishi  mumkin.  Bu  parlament  muxolifati 

institutining shakllanishi va faoliyat yuritishining huquqiy asoslarini yaratadi. 

Qonundagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va ularga qo„shilgan mustaqil deputatlar 

faoliyatini  baholash  prinsiplari  va      mezonlari  esa      demokratik  davlatlarning 

umume‟tirof etilgan tajribasidan kelib chiqadi. 

Bu  boradagi  yana  bir  yangilik  shuki,  siyosiy  partiyaning  Qonunchilik  palatasida 

tuzilgan fraksiyasi o„z vakilini mazkur palata Spikeri o„rinbosari lavozimlaridan birini 

egallashiga  kafolatli  huquq  berayotgani  sababli  Qonunchilik  palatasi  Spikeri 

o„rinbosari o„z vazifasini bajarish paytida siyosiy partiyaga a‟zolikni to„xtatib turishi 

hamda  fraksiya  va  boshqa  deputatlar  birlashmasi  tarkibiga  kirishi  mumkin  emasligi 

bo„yicha amaldagi tartib tubdan o„zgartirildi. 

O„zbekiston  Bosh  vaziri  nomzodini  tasdiqlash  borasida  partiyalarga  muayyan 

huquqlar  berildi.  Chunonchi,  Oliy  Majlis  palatalarining  mansabdor  shaxslari 

saylanganidan  va  organlari  shakllantirilganidan  keyin  bir  oy  ichida  O„zbekiston 




 

162 


Prezidenti tomonidan Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining har 

biri  va  saylovchilar  tashabbuskor  guruhlaridan  saylangan  deputatlar  bilan 

maslahatlashuvlar  o„tkazadi.  Shundan  so„ng  Bosh  vazir  nomzodi  Oliy  Majlis 

Qonunchilik  palatasi  va  Senatiga  tasdiqlash  uchun  kiritiladi  va  qonunda  belgilangan 

ovoz berish amaliyoti o„tkaziladi. 

Mazkur  amaliyot  ko„plab  demokratik  mamlakatlarda,  xususan,  Germaniya, 

Finlyandiya, Ispaniya, Chexiya, Slovakiya va Gretsiya davlatlarida mavjud. 

Siyosiy  partiyalarning  joylardagi  rolini,  hokimiyatning  mahalliy  vakillik 

organlarini  shakllantirishdagi  ta‟sirini  kuchaytirish  maqsadida  viloyat  va  Toshkent 

shahar  hokimi  nomzodlari  O„zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  xalq 

deputatlari  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  Kengashlaridagi  partiya  guruhlarining  har 

biri  bilan  maslahatlashuvlar  o„tkazilganidan  so„ng  tegishli  xalq  deputatlari 

Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etilishi belgilab qo„yildi. 

Shuningdek, yangi qonunda partiya guruhlariga viloyat va Toshkent shahar hokimi 

lavozimiga  tasdiqlangan  shaxslarning  qoniqarsiz  faoliyati  to„g„risida  O„zbekiston 

Prezidentiga  asoslangan  xulosalar  taqdim  etish  tashabbusi  bilan  chiqish  huquqini 

berish nazarda tutilgan. Agar mazkur tashabbus yetakchi partiya guruhlari tomonidan 

qo„llab-quvvatlansa,  O„zbekiston  Prezidenti  uni  xalq  deputatlari  Kengashi 

muhokamasiga  kiritadi  va  muhokama  natijalariga  muvofiq  ushbu  masala  yuzasidan 

qaror qabul qiladi. 

Yuqorida  ko„rsatib  o„tilgan  o„zgartirishlardan  kelib  chiqib,  O„zbekiston 

Respublikasi  Konstitutsiyasining  ayrim  moddalariga  tuzatishlar  kiritildi.  Masalan, 

Konstitutsiyaning  89-moddasi  yangi  tahririda  berilmoqdaki,  unda  «O„zbekiston 

Respublikasining  Prezidenti  davlat  boshlig„idir  va  davlat  hokimiyati  organlarining 

kelishilgan  holda  faoliyat  yuritishini  hamda  hamkorligini  ta‟minlaydi»,  deb  belgilab 

qo„yilgan. 

Oliy  Majlis  tomonidan  2007-yil  28-martda  ma‟qullangan  har  ikkala  qonunning 

qabul  qilinishi  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  keng  ko„lamli  islohotlarning 

davomi,  huquqiy  va  siyosiy  tizimni  bosqichma-bosqich  rivojlantirishning  samarasi, 

kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari qo„yilgan muhim qadamdir. 

Mamlakatda 


Download 6,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish